Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
ukasining so‘nggi kunlarini so‘ramoqchi edi, lekin «Yarasini tirnamay, vaqti bilan aytar», 
degan o‘yda fikridan qaytdi. U ayni damda yo uydagi, yo ishxonadagi ahvoldan so‘z 
ochishi mumkin edi. Birinchisi o‘ziga ma’qul kelmagach: 
— Institutda nima gaplar o‘zi? — deb so‘radi. 
Bu savol Xonzodaga g‘alati tuyuldi. Qaynog‘asidan tasalli kutgan bu beva unga yer 
ostidan yashirincha bir qarab qo‘ydi-da: 
— Tinchlik, — dedi xasta ovozda. 
— Tinchlik bo‘lsa yaxshi... — dedi Habib Sattorov, so‘ng keliniga sinovchan boqib qo‘shib 
qo‘ydi: — Direktorlaring ham tinchmi? Boshqalarga... g‘alamislik qilmayaptimi? 
Xonzoda «Institutga boribsiz, bilgandirsiz?» degandek savol nazari bilan bir qarab olib, 
yerga tikildi: 
— Kayfiyatlari yomonroqmikin... Bir majlis bo‘luvdi.. 
«Majlis» degan so‘zni eshitib Habib Sattorov sergaklandi: 
— Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh, davom eting-chi, nima gap bo‘ldi o‘sha majlisda? 
— Majlisda... sizning chet ellardagi ishlaringizni gapirishdi. Xullas... aytishdiki... siz... 
— Tortinmay gapiravering, nima deyishdi? 
— Siz... kapitalizmga xizmat qilibsiz. 
— O‘, shunday deyishdimi? Bag‘oyat go‘zal aytilibdi. Kapitalizmga xizmat qilish... — 
Habib Sattorov shunaqa degach peshonasiga asta shapatilab qo‘ydi. — Voy, xomkallalar, 
voy xomkallalar! Axir bu fan, siyosat emas! Fan kapitalizmga ham, sotsializmgayu 
boshqa «izm»lariga ham xizmat qilmaydi. Fan — fanligicha, olim esa olimligicha qoladi. 
Siyosatdonlar yo u «izm»ga, yo bu «izm»ga bo‘ysinadi. Ikkita-uchta «izm»ni o‘ylab 
topib, dunyoni bo‘lib hammani garang qilishadi. Fan olami bunday «izm»larga 
bo‘linmagan, bo‘linmaydi ham! U qovoq kallalar qachon tushunib yetishadi buni?! 
Xonzoda qaynog‘asining gaplariga tushunmaganday qarab turaverdi. Bu gaplarni 
keliniga aytishning foydasi yo‘qligiga aqli yetgan Habib Sattorov kaftlarini bir-biriga urib 
qo‘ydi-da: 
— Ha, mayli, qo‘yavering. Ular itga o‘xshab huraverishadi, — dedi. — Nima bo‘lsa bo‘ldi! 
Kunimiz shunday to‘nkalarga qolganidan keyin nima qilardik. 
Xonzoda qaynog‘asi bilan gaplashib turishdan iymanib, orqasiga asta tislandi. Buni 
sezgan Habib Sattorov ham eshik og‘zidan o‘zini chetroqqa oldi. 
— Hali institutga boruvdim... Ovsiningiz menga bu xabarni aytmovdi-da, — deb o‘zini 
oqladi. — Yangilikdan xabarlaring bormi? 
— Qaysi yangilik? 
— Meni ishdan bo‘shatishibdi-ku? 
— Eshitdik. Akademiyaga xat yozdik. 
— Bekor qilibsizlar. Ertagayoq xatni qaytarib olinglar. Uning odati ma’lum, xatga kim 
qo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bitta-bitta bo‘shatadi. Men... aslida o‘zim ariza yozmoqchi edim. 
Birato‘la Moskvaga ketaman. Bu yerdagi nohaqliklar jonimga tegdi. 
— Maskovda... — dedi o‘ychan tarzda Xonzoda. — Maskovda haqiqat bor deb 
o‘ylaysizmi? 
«Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?..» 
Xasta, o‘ychan tarzda emas, Anvarning kinoyali ovozida aytilganday bo‘ldi bu gap. 
«Maskovda haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?» 
«...haqiqat bor deb o‘ylaysizmi?» 
«...o‘ylaysizmi?..» 
Oshxona ichkarisida xasta ovozda aytilgan bu gap Habib Sattorovning nazarida butun 
mahallani zirillatguday bo‘lib jarangladi, aks-sado berdi. 
So‘nggi uchrashuvlarida Anvar shunday deb edi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling