Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Xongirey «xasta edi», degan so‘zlarga urg‘u berib, ahvoldan xabardor ekaniga ishora 
qildi. 
— Sizga salom dedilar, yaxshilar, — dedi Chuvrindi. 
— Sog‘ bo‘lsin, qardoshim. Xo‘sh, meni nima uchun qidirdilaring? 
— Qidirganimizning boisi... — Chuvrindi uning o‘tkir nigohlariga dosh berolmay ko‘zlarini 
pastga qadab oldi. — Bir odamingiz Hosilni izlab borgan ekan. Bilganlarimizni o‘zingizga 
aytgani atayin keldik. 
— Nima, mening odamimga ishonmadilaringmi? — dedi Xongirey bir oz dag‘al ohangda. 
— Ishonishga ishonamiz. Lekin bo‘lgan voqeani o‘zingiz eshitsangiz yaxshi bo‘ladi. 
Vositachiga aytilgan gaplarga yo bitta so‘z qo‘shilishi yoki tushib qolishi mumkin. 
U vositachi emas, u — vakil! — dedi Xongirey. 
— Ha, albatta, sizning vakilingiz, — deb xatosini tuzatdi Chuvrindi. 
— Qani ayt-chi, Asadning vositachisi, nima bo‘ldi? 
— Hosilni noma’lum odamlar o‘g‘irlashgan. 
— O‘g‘irlashgan? — ajablandi Xongirey. — Shunday odamni o‘g‘irlash mumkin ekanmi? 
— Mana bu kishi — Hosilning eng yaqin odami. Ular shaharda ketishayotganda ikkita 
mashina siqib to‘xtatgan. Odamlar Hosilni tushirib olib ketishgan. 
— Tushunarli, demak, noma’lum odamlar. Hosil lapashang esa qarshilik ham ko‘rsata 
olmagan. 
— Ular guvohnoma ko‘rsatishibdi. 
— Qanaqa guvohnoma? — Xongirey shunday deb G‘ilayga o‘qrayib qaradi. 
— «KGB»niki, — dedi G‘ilay. 
— «Qaysi «KGB?» — dedi Xongirey undan nigohini uzmay. 
— Qaysiligini bilmayman. «KGB» deganini eshitdim. 
Familiyasini-chi, eshitmadingmi? «Andropov» emas ekanmi? — deb kesatdi Xongirey. 
Bu pichingni fahmlash uchun G‘ilayda farosat yetmas edi. Shu sababli familiyani 
eslamoqchi bo‘lganday go‘yo o‘ylandi-da: 
— Familiyasi esimda yo‘q, — dedi aybdor odam ovozida. 
— Sen yaqin odami emassan! — dedi Xongirey keskin ohangda. 
— Xudo ursin, bolaligidan yonidaman. Bir marta kelganman bu yerga. Sizga tilla 
haykalcha olib kelganmiz. Men ko‘chada edim, sizni ko‘rmaganman. 
— Bekor aytibsan, g‘ilay! Menga hech kim tilla haykalcha olib kelmagan. Sen Hosilning 
odami emassan, sen qo‘shmachisan. 
— Nega ishonmaysiz? — dedi zorlanib G‘ilay. Uning ko‘ngli ish yomonlik tomon 
burilayotganini sezib, g‘ashlandi. 
— Ikkita sababi bor: birinchisi — ahmoq odam Hosilning yaqin odami bo‘lolmaydi; 
ikkinchisi — sen uni himoya qilmagansan! 
Shu yerda Xongirey yanglishdi. Hosil atrofiga ko‘proq ahmoqlarni to‘plagandi. O‘ziga 
bino qo‘ygani uchun ham «Menga aql so‘qadiganlar kerak emas», derdi. 
— Imkoniyat bo‘lmadi, — dedi G‘ilay ko‘zlarini pirpiratib. 
G‘ilay Shomil biror kimsani siquvga olganida uning ko‘zlarini pirpiratib, yalinishini 
xushlardi. Ko‘zlarning pirpirashi, yoshlanishi ba’zan samara berar, ba’zan esa pirpirab-
pirpirab charchab, manguga berkilardi. Ana shunday odamning ko‘zlari hozir o‘zi 
sezmagan holda pirpirardi... Qarshisidagi odamniki esa aksincha, quvvat manbaidan uzib 
qo‘yilgan robot singari qotgan, hatto kiprik ham qoqmas edi. 
— Xo‘jayinni saqlab qolish uchun imkonni senga kim berishi kerak edi. Tur o‘rningdan, 
choy ichishdan avval aft-basharani yuvish kerak. 
G‘ilay «nima qildik?» deganday Chuvrindiga qaradi. Undan «Tur, deganidan keyin tur», 
degan ishora bo‘lgach, amrga bo‘ysindi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling