Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
152 oldida egilib kun ko‘rasanlar. Yana shuni bilib qo‘yki, ahil yashamas ekansanlar, bir kissavurday, bir mayda boqqolday xor bo‘lib yuraverasanlar. Xongirey Chuvrindi uchun kutilmagan gaplarni so‘zlardi. Hozir u butun mamlakatdagi to‘dalarga hukmini o‘tkazishni istaydigan amirga emas, balki talabalarga ma’ruza qilayotgan falsafa muallimiga o‘xshardi. Chuvrindining nazarida Xongirey o‘z fikrlarini bayon qilmas, balki kimdir yozib bergan gaplarni aytardi. Shu sababli uning aytganlari g‘ayritabiiy tuyulib, o‘rnida bir qimirlab oldi. — Nimaga bezovtalanayapsan? — Xongirey shunday deb so‘radi-da, o‘rnidan turib kerishdi. — Sherigingni sog‘inyapsanmi? — Ha, yuvinishi cho‘zilib ketdi. — Yuvinishimi?.. Hali uzoq cho‘ziladi. Aniqrog‘i, qiyomatgacha. — Hozir shartmidi? — dedi Chuvrindi norozi ohangda. — Hozirmi? Mutlaqo shart emas. Uni o‘ldirishdi deb o‘ylayapsanmi? Kallang bormi, o‘zi? Idorada, uyda odam o‘ldiradimi? Eshitding-ku, yiqilib tushibdi. U endi dam olsin. Sen ham Moskvada uch-to‘rt kun o‘yna. Qachon ketishingni o‘zim aytaman. — Shomilga rahm qiling. U xo‘jayiniga sodiq edi. — Bekor aytibsan! Sodiq bo‘lsa xo‘jayinini oldirib yurmaydi. Ahmoq bo‘lmasa, mening oldimga guvohlikka keladimi? Sen globusni ko‘rganmisan? Mavzuning bu qadar o‘zgarishi boisiga tushunmagan Chuvrindi ajablanganini yashirmay: — Ha, — dedi. — Globus bir tomonga og‘ib turibdi, a? Nimaga, bilasanmi? Yer yuzida ahmoqlar ko‘payib ketgan. Yerni to‘g‘rilash uchun ahmoqlarni kamaytirish kerak. Hech bo‘lmasa bittasini kamaytirib turaylik. Uning tirik qolganidan senga nima foyda? Hosilga hiyonat qilgan senga yararmidi? Uning masalasi hal. Sen qaytishda bir o‘zing uchasan. Ketguningcha birovga, ayniqsa, Asadga telefon qilma. Biz senga mehmonxonadan joy hozirlab qo‘yganmiz. Hamma narsa tayyor. Hattoki eng zo‘r jonon ham. Ko‘chaga chiqmay, maishat qilaverasan. Chiqimi — bizdan. Chuvrindi huquqshunoslar tili bilan aytilganda «Uy hibsxonasi»ga hukm qilinganini angladi. Xongireyning bundan qanday maqsadni ko‘zlaganini esa bilolmay garangsidi. — Menga boshqa gaping yo‘qmi? — dedi Xongirey uning o‘ylanganini ko‘rib. — Bor, — dedi Chuvrindi, xayolini jamlab. — Bir iltimosim bor. — Ayt. — Jamshid degan yigit bor... — Ha, aytmoqchi, Asadning kuyovini otib ketishibdimi? — dedi Xongirey uning gapiga e’tibor ham qilmay. — Shunaqa bo‘ldi. — Kimligini bilmassan? — Bilmayman. — Qizi narkomanka emishmi? — Shunaqa edi, boshlanishida sezib qoldik. Davolanyapti. — Hosil menga bir qiziq videokasseta berib yuborgan ekan, vaqti kelsa senga ko‘rsataman. Ha, Asad nima uchun Jamshidni o‘ldirmoqchi edi? — Buni hech kim bilmaydi. Hatto Jamshidning o‘zi ham bilmaydi. Jamshid o‘g‘lidek qadrdon edi Bek akamga. Chuvrindi yana yolg‘on so‘zladi. Unga taxminan bo‘lsa-da, ma’lum edi. Faqat taxminini bu odamga aytishni istamadi. Sir — ko‘p hollarda sirligicha qolgani ma’qul. Chuvrindining aqidasi shunday edi. Chuvrindi Moskvada besh kun qolib ketdi. Boshqacha aytganda, besh kun «mehmonxona qamog‘ida» bo‘ldi. Xongirey va’dasining ustida turdi — sharoit oliy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling