Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
154 eshitdi. U endi G‘ilayning iqrorini emas, yana o‘z taqdirini o‘ylardi. Yozuv tugagach, vakil Xongireyning ishorasi bilan chiqib ketdi. — G‘ilaying yolg‘on gapiryaptimi? — dedi Xongirey unga sinovchan tikilib. Chuvrindi yelkasini qisib, xotirjam javob berdi: — O‘zingiz tunov kuni aytdingiz: u xo‘jayiniga xiyonat qilgan. Nima uchun? O‘zining joni o‘ziga shirin ko‘ringan. Shunday odam joni qiynalganda nimalarni valdiramaydi. — Durust, aqling joyida, qardoshim. Xongirey shunday deb jilmayib qo‘ydi. «Kayfiyati yaxshi shekilli, jahli chiqmayapti, yo boshqa gap bormi?» deb o‘yladi Chuvrindi. Shuncha tekshirib, hamma haqiqatning tagiga yetgan odamdan marhamat kutish — fohishadan hayo kutish ila barobar bo‘lsa- da, Chuvrindi uning marhamatiga asos bo‘lguvchi bir nima borligini his qilib turar edi. Osmonni bulut qoplashidan murod — yog‘in yog‘mog‘i bo‘lgani kabi Xongireyning chehrasida marhamat nuri ko‘ringanidan murod ne ekani bir necha nafaslik sukutdan so‘ng aniq bo‘ldi. — Doktorlar Asadga necha oy umr va’da qilishdi? Xongireyning bu savoli Chuvrindi uchun kutilmagan bo‘ldi. Shu sababli qoshlarini bir oz chimirgan holda javob qildi: — Buni Xudo biladi. — Bunaqa kasalni doktor ham biladi. Axir u o‘ladi-ku, to‘g‘rimi? — Hammamiz o‘lamiz. — Lekin uniki — naqdroq. Biz e-he, yashayverib, zerikib ketsak ham kerak. Xongirey xuddi taqdir yozug‘ini o‘qiy olgan odamday katta gapirdi. To‘g‘ri, uning yoshida o‘lim haqligi kam o‘ylanadi. Ammo shu yoshda, hatto undan kamroq umr ko‘rib o‘tganlar mavjudligi esa xayolga kelmaydi. Chuvrindi «Hammamiz o‘lamiz», deganida yaqin bir- ikki oyni yoki yilni emas, aql bovar qilmas uzoq davrni nazarda tutgan edi. Shunday bo‘lsa-da, Xongireyning katta ketishi g‘ashini keltirdi. — Xo‘p, masalaga boshqa tomondan qaraylik, — dedi Xongirey mo‘ylabini oliftanamo silab qo‘yib. — Hosil ketdi, orada yo‘q. Uning mulki ham senlarning qo‘llaringda. Hozir Asad bor. U o‘lganidan keyin nima qilmoqchisanlar? Bilishimcha, Asadning ikkita qanoti bor ekan. Bittasi sen, ikkinchisi... — Xongirey ismini eslamoqchi bo‘lib o‘ylandi. — Ha, Gaydarmidi? — Haydar aka, — deb tuzatdi Chuvrindi. — Xo‘sh, mulkni qanday bo‘lishasanlar? — Bizda odam tirikligida mulki bo‘linmaydi. — Sen chiroyli gaplaringni yig‘ishtir. Men senlarni bilaman. «Menga o‘lja kerakmas», deb noz qilib turasanlar-u, payt kelganda tashlanasanlar. O‘g‘il bola gapni ayt: Asadning o‘rnini egallashni xohlamaysanmi? — Mendan yoshi kattalar bor. — Shunday deysan-u, yuragingning bir chekkasida ozgina bo‘lsa ham istak cho‘g‘i bor. Bilib qo‘y: bu cho‘g‘ seni tinch qo‘ymaydi. Baribir yondiradi. Bu — birinchidan. Ikkinchidan: yoshi katta bo‘lishning nima nafi bor? Men uchun katta yoshdagi ahmoqdan, kichikroq yoshdagi aqlli odam muhim. Gap shu: Asadning o‘rnini sen egallashing kerak. — Buni men hal qilmayman. — To‘g‘ri aytding, buni sen emas, men hal qilaman! Bu hukm Chuvrindiga malol keldi. Qoshi uchdi. O‘rnidan bir qo‘zg‘olib oldi, so‘ng og‘ir turdi. Uning vajohatidagi o‘zgarishni sezgan Xongirey «Mamatbey!» deb chaqirdi. Shu nafasning o‘zidayoq eshik ochilib, vakil kirib keldi. Dahlizda yana ikki yigit ko‘rindi. Xongirey unga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling