Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
153 maqomda yaratildi. Har kuni choyshab, yostiqlar, soqchilar almashtirilgani kabi, jononlar ham o‘zgarib turdi. Bir tomondan Chuvrindining ko‘ngliga maishat sig‘magani, ikkinchi tomondan biron marazni yuqtirib ketishdan cho‘chib, ularga yaqinlashmadi. Umid bilan kelgan fohishalar divanda yolg‘iz yotib tong ottirdilar. Chuvrindi uzatgan pulni olmay, lablarini burib «He, erkak bo‘lmay o‘l», deganday chiqib ketdilar. G‘ilayning taqdiri Chuvrindiga picha ayon bo‘lsa-da, o‘ziniki qorong‘i edi. Xongirey uni Butirkada chiritmas-u, ammo o‘ris qabristonidagi chirib yotgan birorta murda yoniga joylab qo‘yishi mumkin. Lekin u nimani kutyapti? Chuvrindiga shu tomoni qorong‘i edi. Holbuki, uning nimani kutayotganini bilish qiyin emas — u vakilining qaytishini kutardi. Shuning qatorida prokuraturadan borganlarning ishi natijasi ham uni qiziqtirayotgan edi. Arina Bergerning hamma yoqni ostin-ustin qilib yuborganini eshitib mamnun bo‘ldi. SSSR prokuraturasida so‘zi o‘tadigan «ko‘p hurmatli o‘rtoq»qa telefon qilib, Bergerni hozircha chaqirib turishni, Kozlov topilgach, ishni qayta boshlashni iltimos qildi. Xongirey «Men gumon qilmayman, ishonaman», deganida katta ketmagan edi. Uning ko‘ngli har nima balolarni sezib turardi. Shunday bo‘lsa ham gumonini tasdiq etish uchun har bir narsani obdon tekshirtiradi. U Hosilning yo‘qolganini eshitiboq, birinchi Asadbekdan gumonsiradi. Hosilning Asadbekni qarmoqqa ilintirgani haqidagi gaplarini esladi. Xongirey videokassetani tomosha qilgach, Hosilga «Uni hozircha Asadga ko‘rsatma», deb tayinlagan edi. «U ahmoq ko‘rsatgan. Buni ko‘rgan qaysi ota tinch yuradi. Agar Asad tinch yursa, u — hezalak!» — deb o‘yladi. Vakili qaytib, uning gumoni asosan tasdiqlangach, Chuvrindi qo‘ngan mehmonxonaga bordi. Xongirey vakili bilan kirib kelgandan keyingina Chuvrindi uning kimni kutganini angladi. Xongirey Chuvrindi tomonidan lutf kutmay divanga o‘tirib, oyoqlarini chalishtirdi-da, ayyorona ko‘z qisib, kulimsiradi: — Ustingdan «SK KPSS»ga shikoyat tushibdi, «partiya»dan o‘chirilasan endi. — Gunohim nima ekan? — dedi Chuvrindi uning yaxshi kayfiyatiga monand jilmayib. — «Sovet fohishalari»ni nazarga ilmabsan. Sen ulardan irgangansan. Shu ishing bilan meni ranjitding. Xongirey sen o‘ylaganday past emas, bilib qo‘y. Ular fohisha bo‘lgani bilan «ekologik toza» edi. Xongireyning ohangida zarda bo‘lmagani uchun, Chuvrindi ham asabiylashmay, tavoze bilan javob qildi: — Ular uchun alohida kelaman. Ayniqsa uchinchi bo‘lib kelganini sovg‘a qilsangiz olib ketardim. — E, yo‘q, qardosh, endi tushingni suvga ayt. Uni «yuqori»dagi o‘zimning odamlarimga ham bermaganman. Shu nomardliging uchun menga yigirma beshta o‘n besh yoshli buzilmaganni berasan. — Yigirma besh donami yoki yigirma besh ming donami? — Sen hazillashma, bu bo‘yningdagi qarz, unutma! Xo‘p, mening valaqlashishga vaqtim yo‘q. Ishga o‘taylik. Vakilimning hisobotini eshitasanmi? Chuvrindi mug‘ombirona jilmayib turgan «vakil»ga qarab oldi-da: — Yo‘q, — dedi. — Nega? — dedi Xongirey ajablanib. — Men sizga to‘g‘risini aytganman. — Demak, yolg‘on gaplaringdan tonmaysan? — Yolg‘on gapim yo‘q. — Unda mana buni eshit. Xongirey ishora qilgan edi, vakil kaftdek diktofonni chiqarib, tugmani bosdi. G‘ilay Shomilning so‘roqlarga bergan javoblarini, kaltak zarblarini Chuvrindi indamay o‘tirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling