Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
Asadbek o‘zining bolaligi haqida oz bo‘lsa-da aytishi lozimligini bildi. U maktabdagi
ko‘chadagi haqoratlarni, bir burda qora nonga zor kunlarni ko‘rganini aytmadi. Bu 
kunlarni ko‘rgan birgina u emas edi. 
— Onam olamdan o‘tganlaridan keyin... qimorbozlarga aralashib qoldim. Meni o‘sha 
odamlar tarbiya qilishdi. Uylanganimdan keyin ko‘p o‘ynamadim. Ustozimning gapiga 
kirib, tashladim. Qimorbozlarga qozilik qildim. Keyin... kooperativlar ochdik. Men 
haqimda bo‘lar-bo‘lmas gaplar ko‘p. Men... namoz o‘qimasam ham Xudodan qo‘rqadigan 
insonman. O‘lganimdan so‘ng do‘zaxda kuyishimni bilaman. 
— Xudo saqlasin, gunohlaringizni o‘zi kechirsin. Tavba qiling, bo‘tam. 
Asadbek ko‘kragida alamli faryod bosh ko‘tarayotgan edi. Uni bo‘g‘ish uchun bir necha 
fursat sukut saqladi. 
— Sizni bilmayman-u, ammo men sho‘ro hukumatidan butunlay noroziman. Do‘zaxda 
avval shu hukumat kuyishi kerak edi. 
— Durust aytdingiz, bo‘tam. 
— Ota, maslahat bering. Bolalarim o‘qishni bitirgach, o‘sha yerda qolishini xohlayapman. 
Bu yerga qaytmasin. Mendan keyin yomon bo‘ladi... 
«Mendan keyin...» Shu ikki so‘z aytilayotganda ovozi titradi. Buni ziyrak qariya sezdi. 
Uning rang-ro‘yiga qarab, «Mendan keyin» yaqin kunlar ichi sodir bo‘lishi mumkinligini 
fahmlab ezildi. 
Jalil osh damlashni yigitlarga topshirib, o‘zi boloxonada yigitlarga nasihat qilib 
o‘tirganida Asadbekning yo‘talini eshitdi. Yo‘tal bosilavermagach, shoshilib pastga 
tushdi. Xonaga kirganda Asadbek bukchaygancha yo‘talar, Muhiddin ota esa uning 
yelkalarini uqalar edi. 
— Do‘xtir chaqiring, bo‘tam, — dedi qariya, kirib kelgan Jalilga xavotir bilan qarab. 
Asadbekni har kuni yo‘qlab, boqib turuvchi tabib hayallamadi. Ostona hatlab, mijozining 
ahvoliga ko‘zi tushdi-yu, yanada shoshdi. Em ignasi bilan ketma-ket yuborilgan dorilar 
ta’sir etib, Asadbek bir oz orom olgach, tabib ham yengil xo‘rsinib qo‘ydi. 
— Kasalxonaga yoting, desam ko‘nmayaptilar. Nur berilmasa bo‘lmaydi. 
Yo‘tal azobidan holdan toygan Asadbek bu gapni eshitib, ko‘zini ochdi. Tabibga qarab 
barmoqlarini qimirlatdi-da, «Sen ketaver», degan ishora qildi. Jalil tabibni kuzatib chiqdi. 
Tabib xastaning ahvoli og‘ir ekanligini ta’kidlagach, xayrlashib ketdi. Jalil hovlida turib 
qoldi. Bu orada Muhiddin ota ham hovliga chiqdi-da: 
— Uxladilar shekilli, bir oz orom olsinlar, — dedi. 
Shunda Jalil oshnasining kasali nima ekani, kasalni hammadan yashirayotgani, o‘zining 
tabibga borib kelganini aytdi. Asadbekni u yoqqa olib borish muammosidan 
qiynalayotganini ham bildirdi. Ikkovlon hovlida turganlaricha reja tuzdilar. Rejaga ko‘ra 
ular Asadbekning kasalidan bexabar holda, «yo‘talni tuzatadigan» tabibga borib kelishga 
da’vat etadigan bo‘ldilar. Tabibning o‘jarligini bilgan Muhiddin ota ham birga borishga 
istak bildirdi. 
Asadbek dorining kuchi bilan peshinga qadar uxladi. U uyg‘ongach, rejani amalga 
oshirish boshlandi. Muhiddin otaning birga borajagini bilgach, Asadbek ko‘ndi. 
Qishloqqa yaqinlashganlarida yo‘l chetidagi «Zaporojets»ga ko‘zlari tushib, to‘xtadilar. 
Reja bo‘yicha Kesakpolvon bu yoqqa odam yuborib, eskiroq mashina tayyorlab qo‘yishi, 
ular qishloqqa shu arobada kirib borishlari lozim edi. Ish reja asosida bo‘ldi. 
Qishning sovuq nafasi sezilib tursa-da, yerning iliq bag‘ri kechasi yoqqan qorni eritib 
yuborgan, toshloq yo‘ldan yurish bir oz qiyinlashgan edi. Urinib qolgan «Zaporojets» 
kuchanib bo‘lsa-da, manzilga eson-omon yetib keldi. 
Abdurahmon tabibning darvozasi ochiq, loyda qolgan iz yaqin orada bu hovlidan uch 
g‘ildirakli traktor chiqqanidan ogoh qilib turardi. Darvozaga yetishganda Muhiddin ota 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling