Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
159 boshlamadi. Fotihadan so‘ng Muhiddin ota: — Ota yurtimga yo‘lim tushib edi, sizni yo‘qlamay ketolmadim. Poezdim oqshom jilar ekan, ungacha diydoringizga bir to‘yay, — deb kelishdan maqsadini aytdi. — Hali poezdga patta ham oldingizmi? — dedi Jalil. — Ha, endi, safar qaridi-da. — Jalil, xabaring bormi, uch-to‘rt kun poezdlar yurmasmishmi? Temiryo‘lchilar ish tashlashganmishmi? — Eshitmay bo‘ladimi? Kechadan beri Maskovdan aytib yotishibdi. Poezd bir oy yurmas ekan. Hazil aralash bu lutfdan mamnun bo‘lgan mehmon minnatdorlik bildirdi. — Siz qaytganingizdan so‘ng oshnangiz keldilar. Rahmatli dadangizning qabrlariga marmartosh qo‘ydirmoqchi bo‘ldilar. Siz aytgan ekansiz. Picha pul ham tashlab ketgan ekansiz. Bo‘tam, sizni injitmoq niyatim yo‘q, ammo bu ish durust bo‘lmagani bois ijozat bermadim. Ularga tushuntirmoq mumkin bo‘lmagani sababli «Toshni o‘zim qo‘ydiraman», deb pulni oldim. Mana, — u shunday deb qo‘yin cho‘ntagidan gazeta qog‘oziga o‘ralgan pulni olib, uzatdi. — Hozir kelayotib qurdirayotgan masjidingizni ko‘rdim, Olloh sizdan rozi bo‘lsin. Bu pulni shu xayrli ishga ishlating. Asadbek shu maqsadda pul qoldirmoqchi bo‘lganda Kozlov «Bitta toshga qurbimiz yetar», deb olmagan edi. Hozir shuni aytib, qariyaning qo‘lini qaytarmoqchi ham bo‘ldi. Lekin orada uni xijolat qilib qo‘yishi mumkinligi sababli fikridan qaytdi. Uning o‘ylanib qolganini ko‘rgan Jalil chaqqonlik qilib, Muhiddin otaning qo‘lidan pul o‘ramini oldi. — Juda to‘g‘ri qilibsiz, boplabsiz! — dedi u qariyaga dalda berib. — Tosh qo‘yishi nimasi? Islomda yo‘q bunaqasi. Men bolalarimga aytib qo‘ydim. «Mabodo o‘lib qolsam tosh-posh qo‘yib yurmalaring», dedim. Xuddi o‘lik chiqib ketmasin deganday tosh bostirib qo‘yishadi-ya! Odam tuproqdan bo‘lganidan keyin tuproqqa qorishib yotaveradi-da, to‘g‘rimi, taqsir? Jalilning «chala mullaligi» tutib, mehmonni gapga soldi. Ayollarning qabristonga borishlari haqida o‘zicha bahs ham yuritdi. — Mana, siz, ayollar ham ziyorat qilsalar bo‘ladi, deyapsiz. Axir «Qabristonga borgan ayollarga Ollohning la’nati bo‘lsin» degan hadis bor-ku? — Bo‘tam, men Yaratganning ilmi sayoz bir bandasiman, — dedi Muhiddin ota vazmin ohangda. — Shu kunlarda aytilayotgan qaysi bir hadisi sharif sahih, qaysi biri gumonli — mening ojiz fikrim farq eta olmaydi. Siz aytgan hadisi sharifda balki ko‘mish marosimiga borish nazarda tutilgandir, vallohi a’lam? Rivoyat qilishlaricha, arab ayollari qabristonga borgunlaricha hamma yoqlarini yulib, qonatib tashlar ekanlar. Yana Olloh biladi, balki shu holat nazarda tutilgandir. Yana bir fikr shuki, qabristonga faqat tahorat bilan kiriladi. Ayollar ba’zan bu holda bo‘lmaydilar. Bo‘tam, yana bir hadisi sharif borki, unda qabristonni ziyorat qilishga da’vat etiladi. Mozoriston qiyomatni yodga solib turadi, deyiladi. Mazkur hadisi sharifda «faqat erkaklar borsin», deyilmaydi. Mening bilganim shu, bo‘tam, yana ulamolardan so‘rab, o‘rganmoq joizdir. Muhiddin ota Jalil bilan suhbatlasha turib Asadbekka bir-ikki ma’noli qarab oldi. Asadbek bu qarashlardan qariyaning yolg‘iz o‘ziga aytmoqchi bo‘lgan gapi borligini sezdi. Qarasaki, oshnasining gaplari hali-beri tugamaydigan, shu sababli so‘zini shartta uzdi- da: — Jalil, og‘ayni, otamga o‘z qo‘ling bilan bir palov damlab bergin. Sening oshingni ham yemaganimizga ancha bo‘ldi, — dedi. Jalil «Men qachon osh damlagan edim?» degan savol nazari bilan Asadbekka qaradi. So‘zi bekorga bo‘linmagani, tashqariga chiqib turishi lozimligini anglab, noiloj o‘rnidan turdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling