Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
167

Tong qilichi g‘olib kelib, tunning ikki qoshi orasini poraladi. 
Ikki qariya namozni o‘qiyotganida Asadbekda ham ibodat qilmoqqa mayl uyg‘ondi. Uyda 
yolg‘iz qolganida, azon tovshini eshitganida shunday his uyg‘onardi. Hozir uning 
vujudida g‘alati kuch qo‘zg‘olib, turishga majbur etdi. U tahorati bo‘lmasa-da, namoz 
o‘qishni bilmasa-da, Abdurahmon tabibning orqasida namoz o‘qiyotgan Muhiddin otaning 
yonidan joy oldi. Namozxonlar tursa turdi, rukuga borsa, ruku qildi, sajdaga bosh 
qo‘yishganda u ham joynamozga bosh qo‘ydi. Ana shunda ko‘kragida bir o‘ksik uyg‘ondi. 
Zoe ketgan umriga aza ochib, yig‘lagisi keldi. 
Sajdaga bosh qo‘yguncha boshqa odam edi. 
Sajdadan bosh ko‘targanida u bo‘lak inson bolasiga aylandi. 
Har bir narsada zang bor, qalb nurining zanglashi— to‘qlikdir, deydilar. Hozir xolis ixlos 
bilan sajdaga bosh qo‘yganida o‘sha zang to‘kildimi — Xudo biladi. 
«Dillardagi kibr-havoni ketkazishga qaraganda tog‘ni igna bilan ag‘darish osonroq», 
deydilar. Ammo Olloh istasa bu mushkulotni osonlik bilan hal etadi. 
Namoz o‘qib bo‘lingach, avval Muhiddin ota, so‘ng Asadbek turdilar-da, ko‘rpachalar 
to‘shalgan xonaga o‘tdilar. 
Abdurahmon tabib esa o‘rnidan jilmadi. Uning odati shu: Yaratgan bilan xayolan 
gaplashadi. U bu odatini hech qachon kanda qilmagan. Bugun ham munojotini boshlab, 
mehmonlarning turib ketganlarini hatto sezmadi ham. Vujud qarigani sayin aql kuchga 
kirib boradi, deb bejiz aytishmagan. Abdurahmon tabibning munojotini tinglagan har bir 
kimsa bu haqiqatga yana bir karra amin bo‘ladi. 
Avvallari, yoshlik chog‘larida dushmanlarga, ularni qaqshatgan qizil zolimlarga jazo 
berishini so‘rab iltijo qildi. «Al qasosul min-al Haq». Qasos — Haqdandir. Abdurahmon 
tabib avvaliga nima uchun kofirlar qo‘li baland kelayotganidan ajablandi. Hatto ba’zan 
shayton alayhila’na vasvasasiga uchib, «Agar kofirlarni jazolay olmasang qanday qodir 
Xudosan!» (Astag‘firulloh!) degan vaqtlari ham bo‘ldi. Keyinchalik oyati karimada zikr 
etilmish «Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularni tek qo‘yganimizni o‘zlari uchun zinhor 
yaxshilik deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko‘payishi uchungina muhlat 
beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir», degan Haqiqatni anglab yetdi. Yana eng 
muhim bir narsaga — «Olloh nima sababdan bu yurtni kofirlar zulmi ostida ezilishiga 
qo‘yib berdi?» degan savolga javob topdi. Javob oddiy edi — qavm Ollohdan uzoqlasha 
boshladi. Shayton g‘olib mamlakatda kofirlar o‘zlarini daryo suvidagi baliqdek his qilib, 
yayradilar. Kofirlar zulmidan qutulmoqning yo‘li bir — Ollohga yaqinlashish, Ollohga 
qaytish! 
Keyinroq g‘animlarga insof tiladi.
Har insof tilaganida bir voqea esiga tushadi. 
Qishloqni qizillar bosdi. Ular qishloq ahlining tarixini kimdandir bilibdilar. Tarix shuki
ularning qabilasi yuz yillar muqaddam urushdan bezib, tog‘ oshib kelishgan. Bu 
qabilaning g‘oyat katta boylikka ega ekani haqida rivoyatlar yuradi. Aslida bu rivoyat 
emas, haqiqat edi. Chindan ham ularning katta boyliklari mavjud, lekin uning qaerga 
yashiringani qattiq sir saqlanardi. Qabila o‘troq bo‘lib, qishloq vujudga kelgandan so‘ng 
ham boylik sarf qilinmadi. Ayrimlar «Ezilib ishlayveramizmi, ota-bobolardan qolgan 
boylikni ulashing», deyishganda oqsoqol vazmin turib «Agar mehnat bilan yashashni 
chumolidan o‘rganing, desam sizlarga uyatdir. Agar bu nasihatga amal qilmasangiz ikki 
karra uyatdir», deb mojaroga yakun yasagan ekan. Boylik yurtga qaytib borilgandagina 
sarf etilsin, degan vasiyatga barcha avlod sodiq keldi. Ana shu boylikning isini olgan 
sho‘rolar keksalarni siquvga oldilar. Ana shu onda Islom lashkarlari hujum qilib, ular 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling