Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
zulm ko‘rdim. Zulmkor odamlar hayotdan bir kun kech ketganidan ko‘ra, ikki kun 
avvalroq o‘tgani durust. Shunda kamroq odamga zulm o‘tkazadi. 
— Bo‘tamni zamon yo‘ldan chiqardi. 
— Unday demang, inim, o‘sha zamon nima uchun siz bilan meni yo‘ldan chiqarmadi? 
Qush qaerga in qurishni biladi,a? Demak, yashashdan maqsadini ham biladi. Nahotki, 
jonzotlar orasidagi eng oliyi hisoblanmish insonning qush bilgan narsaga fahmi 
yetmaydi? 
— Taqsir, — dedi Muhiddin ota. — Sizga uchratgani uchun Ollohga shukr. Xudo xohlasa 
ham tan xastaligi, ham ruh xastaligiga shifo topajakmiz. 
Bir narsani aniq fahm eting, inim, — dedi tabib Asadbekka. — Kimki hiylai tadbirni 
tashlasa, yaxshi ham tinch yashaydi. 
Tabib shunday deb yana hovliga chiqib ketdi.
Jalil ertasi kun ham kelmagach, Muhiddin ota xavotirlandi. 
— Xavotirlanmang, inim, — dedi tabib kulimsirab. — Hayim osonlik bilan ishonmaydi. 
Kamida uch kun ovora qiladi. 
Shundan keyin Jalilning kelishini sabr bilan kutdilar. 
Tabib Jalil keltirgan tilla tangani yuvib, artib chiroqqa tutdi. Oltin tovlanib ko‘zni oldi. 
Abdurahmon tabib katta kosada tayyorlab qo‘ygan dori bilan kichik egovni olib kelib, 
tangani ularning ko‘zi oldida egovladi. Yetarli miqdorda egovlagach, oltin zarralarini 
doriga aralashtirib chetga olib qo‘ydi-da, tangani Asadbekka uzatdi: 
— Olib qo‘ying, inim. 
— Sizda qolaversin, rozimiz, — dedi Asadbek. 
— Yo‘q, inim, bu yerda qolmasin. 
— Yana birorta kasalga ishlatarsiz?
— Agar lozim bo‘lsa odam jo‘nataman. 
— Buni sotib, masjidga ishlata qolinglar, — dedi Jalil. 
— Masjidga peshona teridan topilgan mablag‘ bo‘lsa, tashlab ketarsiz... 
Xullas, Abdurahmon tabib tangani ham olmadi, «Xudo yuborgan mehmonlardan pul 
olsam, qiyomatda Ollohimning ko‘ziga qanday qarayman?» deb «qo‘l haqi», «nazir» 
deyilguvchi pulni ham olmadi. 
Tabibning maslahati bilan Asadbek yana biron hafta qoladigan bo‘lgach, Jalil uyiga 
qaytdi.
5 
Muhiddin ota Asadbeknikida uzoq qolmadi. Asadbek uning yoniga ikki yigitni qo‘shib, 
«Kozlovni olib kelinglar», deb tayinladi. Muhiddin ota qabriston chekkasining yonib kul 
bo‘lganini uzoqdan ko‘rib, yuragi ezilib ketdi. Bu yerda qanday voqea sodir bo‘lganini 
o‘zicha taxmin etdi. 
Mashinadan tushdi-da, bir to‘p kulga aylangan uyi oldida g‘aribona turib qoldi. 
Yaxshi-yomon kunlari o‘tgan edi bu uyda. 
«Qamoqda halok bo‘lgan birodarlarim ruhi kezib yuradi», deb ko‘ngli taskin topardi. 
Birodarlarining ruhlari chirqiradimi endi? 
Charxpalakning chelakchalari anhordan suv olib novga to‘kkani kabi falak gardishi 
zulmkorlarni zamin yuziga to‘kaveradi, to‘kaveradi. Zulm daryosi esa tuganmas, 
qurimas... 
Kozlovdan ham nom-nishon qolmagan. U kuyib kul bo‘lganmi yo qochib qolganmi — 
Xudo biladi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
Muhiddin ota bir oz turgach, qorda izlar qoldirib qabrlar oralab yurdi. Asadbekning otasi 
yotgan qabrga yaqinlashib, tiz cho‘kdi. Tilovat qildi. Xayolan u bilan suhbatlashdi. 
So‘ng iziga qaytdi. Arobaga o‘tirib, qishloqqa bordilar. U yerdagilar uychaning 
yonganidan bexabar edilar. Yigitlar Muhiddin otani qishloqda qoldirib, qaytishdi. Bir 
haftacha turib Muhiddin ota ham qishloqqa sig‘may qoldimi, u ham yurtiga qaytdi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling