Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
178 janozadan qochadigan vaqtlar edi. Turnaqator odamlarga qarab men uyaldim. Bitta ko‘ylak-shimda chiqib ketgan o‘g‘lim odamlar orasida shu darajadagi e’tiborga erishgan ekan. — O‘sha bo‘yi ko‘rishmagan edingizmi? — Yo‘q, ko‘rishardik. Uyga tez-tez kelib turardi. Farzandlik odobi chegarasida turardi. Lekin... uyda ovqat yemasdi. Bundan achchiqlanardim. Bizni onasi murosaga keltirib turardi. Bolam dunyodan o‘tguncha peshonam bir marta sajdaga tegmadi. Hech bo‘lmasa oxirgi kelishida yonida turib namoz o‘qisam edi... ko‘ngli tog‘day ko‘tarilarmidi? Mendan rozi bo‘lib ketarmidi... To‘g‘ri, jon berish oldidan «Ota-onamdan roziman», debdi. Lekin behisob armonim bor... Qiyomatda ko‘rishamiz, u jannatga, men esa do‘zaxga ketar chog‘imizda ko‘rishamiz, ana o‘shanda men uning ko‘ziga qanday qarayman? Men bolamni uydan haydaganimda o‘zimni do‘zaxga hukm qilgan edim... Shu yerga kelganda ota chidab turolmadi. Kipriklari yosh selini to‘sa olmadi. u uzr so‘rab o‘rnidan turib, hovliga chiqib ketdi. O‘n-o‘n besh daqiqadan so‘ng qaytib, yana uzr so‘radi. — Prokurorman deysiz-u, hech unaqa odamga o‘xshamaysiz. Nima uchundir sizga yorilgim keldi. Bir nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, tortinmay so‘rang. Zohid maqsadini aytgan edi, otaning yuzlari yorishdi. «O‘g‘limning eng sodiq, eng iqtidorli shogirdi edi. G‘assolning yonida o‘zi bo‘lgan», deb gapirib, aytganlarini yozib ham berdi. Zohid safari unumli bo‘lganidan quvonib, iziga qaytdi. XVI b o b 1 «Vaqt — qilichdir. U seni har kuni qiymalar. To qiymalab tamom qilguniga qadar sevib qolishga ulgur». Zaynab ulgurolmadi. Muhabbat — qamoq. Muhabbat— qiynoq. Uning qalbi muhabbat omburiga bandi edi. Uning azobidan qutulish qiyin edi, qutula olmadi. Uning avval umidini bo‘g‘izladilar — suymaganiga uzatdilar. Buning uchun kimni ayblashni ham bilmaydi. O‘zining laqmaligi tufayli o‘g‘irlanishinimi yo otasinimi?.. Zaynab Elchinning maqsadini keyinroq fahm etdi. Fahm etsa-da, uni kechira olmadi. Ayniqsa, Jamshid «o‘ldirilganidan» keyin undagi so‘nggi umid cho‘g‘i ham so‘ndirildi. G‘amli kechalarda ohining quyuni osmonni o‘rnidan qo‘zg‘otay dedi. Ko‘z yoshlari selining ajdahosi yer yuzini yutib yuborayozdi. Hammasi befoyda... Hatto... Uning chiroyli bo‘yniga mahtal bo‘lgan sirtmoq ikkinchi marta dog‘da qoldi. Balki... Deydilar-ku, «Baxt vodiysiga baxtsizlik sahrosidan o‘tib boriladi. Shunday qilinmasa baxt vodiysiga yetgani bilinmay qoladi». Uning baxt vodiysiga yetib bormog‘i mumkinmi o‘zi? Baxt nima o‘zi? Baxt bormi bu dunyoda? Baxtning hidi, rangi bormi? Uni kim tatib ko‘ribdi? Shirin narsaning hammasi baxt bo‘laveradimi? «Baxt nima?» degan savolga kim to‘g‘ri javob bera olgan? Avvallari baxtni turlicha tasavvur etardi. Hozir tafakkurida baxt degan tushuncha umuman surib chiqarilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling