Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
3
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 176 Zohid Botirovni yana so‘roqqa chaqirishdan oldin Ne’matilloh allomaning yurtiga borib kelishni lozim topdi. Avval Botirov tasvirlab bergan yo‘l bo‘yicha qabristonni topdi. Botirov yo‘lni shu darajada aniq tasvirlagan ediki, Zohid shaharda ilk bor bo‘lishiga qaramay birovdan «Qabriston qaerda?» deb so‘ramasdanoq topdi. Keyin keng yo‘l, so‘ng o‘ngga burilgan tor yo‘l. Nihoyat... taxtasi olib tashlangan o‘rindiq. «O‘tirib Qur’on o‘qishmasin, deb sug‘irib tashlashgan...» Botirovning gapini eslab g‘ashlandi. Masjid, mozorlarga hujum boshlangan paytni yaxshi biladi. Paytavafahm rahbarlardan chiqqan «aql»ni maydaroq rahbarlar bayroq qildilar. Kommunist farzandlar ota-onalarining janozalaridan qochdilar. Umri ibodat bilan o‘tgan ota-onalar qizil qutiga solib ko‘mildilar. «Olloh» deydigan tillar qirqilish darajasiga yetdi. Qariyalar «Voy tavba, Stalin ham bunday qilmagan edi», deb ajablandilar. Zohid eslaydi: bir kuni ustozi Habib Sattorov ham zorlanib qoldi. «Qanaqa zamon o‘zi bu, otamning qabriga borib gul qo‘ya olmasam? Arafa kuni kechqurun borsam ham poylab yurishibdi». Shunda Zohid bir oz achchiqlanib: «Siz nimadan qo‘rqasiz? Kommunist bo‘lmasangiz, boshliq bo‘lmasangiz», degan edi. O‘sha yaqin o‘tmishdan taxtalari sug‘urib olingan o‘rindiqning temir oyoqlari yodgorlik bo‘lib turibdi. «Ajoyib yodgorlik, — deb o‘yladi Zohid. — Faqat bitta lavha yozib qo‘yish kerak: «Bu o‘rindiq falonchi raykomning ahmoqligi tufayli buzib tashlangan...» Zohid qabr toshlaridagi yozuvlardan «Ne’matulloh» nomini izladi. Atrofda somonsuvoq qilingan qabrlar ham ko‘p edi. Botirovning gapi bo‘yicha shularning birida Ne’matulloh alloma yotibdi. Zohid go‘rkovni topib o‘zini tanishtirdi-da, daftarini olib chiqishini iltimos qildi. So‘ng o‘sha temir oyoq — yodgorlik yoniga qaytib bu qabrlarda kim yotganini surishtirdi. Go‘rkov bir daftardagi, bir qabr tepasidagi raqamlarga qarab ayta boshladi. To‘rtinchi qabrni esa daftarga qaramayoq aytdi: — Bunda rahmatli Ne’matulloh alloma madfunlar. — Aniq bilasizmi? — Shunday odamni bilmay bo‘ladimi? — Qabrni siz qaziganmisiz? — Ha, men. — O‘sha kun esingizdami? Quyosh charaqlab turganmidi yo shamolmidi? — Qishda edi... Avval rosa yomg‘ir yog‘di. Yerning atalasi chiqib ketdi. Lekin Xudoning qudratini qarangki, go‘r qaziyotganimizda devor uvalanmadi. Devori xuddi suvoq qilinganday silliq chiqdi. Lahad kavlayotganimda tepadan bitta kesakcha ham tushmadi. Bunaqasini men hech uchratmaganman. Mayitni olib kelishlaridan oldin maydalab qor yog‘di. «Taborak» o‘qilayotganda oftob charaqlab ketdi. Bu ham Xudoning qudrati. Go‘rkov Botirov aytgan gaplarni takrorlar edi. Bilmagan odam bular avvaldan kelishib olishgan deyishi ham mumkin edi. — Allomaning Shokir Botirov degan shogirdi bormidi? — Rahmatlining shogirdlari ko‘p edi. Men ularni tanimayman. O‘zlarini ham lahadga qo‘ygach, kafanni ochganda ko‘rganman. Yuzlaridan nur chaqnaganday bo‘lib, hatto cho‘chib tushgan edim. — Mendan oldin ham birov shu gaplarni surishtirganmidi? — Yo‘q... Shunga hayron bo‘lib turibman-da. «Ishkalning gapi to‘g‘riga o‘xshaydi, — deb o‘yladi Zohid. — Maqsad har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, qamash bo‘lgan...» Zohid go‘rkovning aytgan gaplarini yozdirib, imzo chekdirib oldi. Go‘rkov cho‘chinqiragan edi, Zohid «Bu ko‘rsatmangiz allomaning bir begunoh shogirdini qamoqdan chiqarishda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling