Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
— Avvalgisining qilig‘ini gapirib ber. 
— Da, chut ne zabыl, — dedi Monika xonim. Rus tilidan durust ilmi bo‘lgan Zaynab uning 
erkakchasiga «zabыl» deyishga g‘ashi keldi. — Avvalgi direktorsha, bitta-ikkita 
platyamni berib, qolganini komissionkada sottirar ekan. Vot parazit-a? 
Shu xildagi gaplar Zaynabning ko‘nglini behuzur qildi. Yolg‘izlikni xohlab qolgan, hatto 
Chuvrindining xotiniday muloyim, mehribon ayolga toqat qila olmagan Zaynabni Xudo 
jazoga loyiq bilib, bularga ro‘para qildimikin, vallohi a’lam? 
Dam o‘tmay xonaga sochlarini silliq taragan, xipchinday yigit kirib keldi. 
— Zaynabushka, tanish asalchigim, bu Gogik, sartaroshmas, klass! — dedi faxr bilan. 
Gogikning yarim ta’zim bilan uzatilgan qo‘li muallaq qoldi, Zaynab unga bosh irg‘ab 
qo‘ya qoldi. Gogikning dasturxon atrofida bemalol o‘tirishidan ma’lum bo‘ldiki, u oddiy 
sartarosh emas, balki bu uyning erka mehmonlaridan. Agar tuhmat va g‘iybat gunohi 
kabiralar sirasiga kirmaganida, biz bu gunohdan qo‘rqmaganimizda «Gogik shu qadar 
erka mehmonki, quvvati yetsa ona-bolani oldinma-keyin ko‘nglini ovlab ham ketardi», 
demog‘imiz ham mumkin edi. Yana kim biladi, valadi zinoning oilasida, haromdan 
qaytmas odamning xonadonida bundan battar holat ham bo‘lmog‘i mumkin emasmi? 
Ikki kishining valaqlashiga arang chidab o‘tirgan Zaynab uchinchisi qo‘shilgach, toqat 
qila olmadi. 
— Mazam yo‘q, dori ichib birpas yotadigan vaqtim bo‘ldi, — deb bahona qildi. 
— Yur, mening kabinetimga, — dedi Monika xonim. 
Dori masalasida Zaynab aldamagan edi. Monika xonimning xonasiga kirib narsalarini 
qarasaki, shoshilinchda dorini unutib qoldiribdi. 
— Qo‘yaver, nichego strashnogo, — dedi mezbon. — Bir kun ichmasang ichmabsan. 
Charchagansan. Senga vidik qo‘yib beraman, ko‘rsang nervlaring uspokoit bo‘ladi. Zo‘r 
seks bor, ko‘ramizmi? 
— Yo‘q, yo‘q, — dedi Zaynab uni to‘xtatish uchun qo‘lidan ushlab. — Hecham 
ko‘rmayman. 
Juda ham otstaliysan-da, asalchik. Obijatsya qilmaginu sen xuddi o‘n to‘qqizinchi 
vekning odamiga o‘xshaysan. Ko‘zingni ochib qara: hozir yigirmanchi vek. Hamma 
ko‘radi bunaqani. Bu idiotizm emas, bu— iskusstvo. Men buni bolalarimga ham 
ko‘rsataman... 
— Qo‘ying, kerakmas, men ko‘rmayman. 
— Vot, durochka, kak xochesh. Bo‘lmasa yotib, damingni ol. Postelim yangi, har kuni 
yangisi solinadi. 
U shunday deb chiqib ketdi. 
Zaynab turgan yerida turib qoldi. Uning choyshabi almashtirilgan o‘rniga qarab qo‘ydi-
yu, o‘tirishga ham irgandi. Haydar amakisiga ergashib kelavergani uchun o‘zidan o‘zi 
ranjidi. «Nima bo‘lsa ham uyimda qolaverishim kerak edi», deb o‘ziga o‘zi tanbeh berdi. 
Bu xonadondan chiqib ketishga bahona izlay bosh- ladi. 
Chindan ham ayb o‘zida. Qo‘rquv aqli-hushini olib qo‘yib, amakisi «yur» desa yetaklagan 
yuvosh qo‘yday kelaverdi. Bu ona-bolaning bema’ni, beta’sirligini bilmasmidi? 
Bilardi. Sartarosh Gogikdan boshqa hamma narsa, barcha qiliqlar unga ma’lum edi. 
Shunday ekan, birovdan o‘pkalanishga hojat yo‘q... 
U xonada bo‘zchining mokisiday u yoqdan bu yoqqa yuraverdi. «Haydar amakim kelsalar 
dorini bahona qilib ketaman», deb fikr qildi. 
Kesakpolvon shomga yaqin keldi. Kechki ovqatni yeb bo‘lishgach, u almoyi-aljoyi 
gaplarini boshlagan xotini bilan qiziga «Boshqa xonada o‘tirlaring», deb chiqarib yubordi. 
U boya Zaynabni uyiga qo‘yib chiqqanidan so‘ng tayin bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmadi. 
Balki, Zaynab bilan qay tarzda suhbat qurish rejalarini o‘yladi. Kesakpolvon «Agar shu 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling