Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
187 gapini esladi. Uning nimadan xavotirda ekanini endi sal tushunganday bo‘ldi. — Mardonani nima qilasan? — Uni... o‘ldiraman! — shunday deb Zaynab mushtlarini siqdi. Kesakpolvon uning vajohati o‘zgarganini sezib, ahdi qat’iy ekanini angladi. Bu ham uning uchun muddaoning o‘zi edi. — Mardona kerak bo‘lsa, topamiz-da, — dedi Kesakpolvon, so‘ng o‘rnidan turib telefon go‘shagini ko‘tardi-da, lozim raqamni terdi. Ayol kishining ovozini eshitgach: — Allo, Mardona, senmisan? — dedi. «Yo‘q, men singillariman», degan javobni eshitgach, «Opangni chaqir», dedi. Buni eshitgan Zaynab hang-mang bo‘lib qoldi. U «Mardona allaqachon qaysi bir shaharga qochib ketgan, uni bir oymi, bir yilmi qidirish kerak», deb o‘ylardi. Xuddi tushda sodir bo‘lganday bir daqiqada topilib tursa?.. Zaynab shunisiga tushuna olmadi. Umuman olganda, u to‘g‘ri fikr yuritgan edi. Mardona boshqa shaharga jo‘nashni ixtiyor etganda G‘ilay qo‘ymadi. Avvaliga «Sen qo‘rqayotgan Asadbek bugun-erta iniga kirib ketadi», dedi. Keyin esa, Chuvrindi ixtiyoriga o‘tib imkon topolmadi. Shu sababli ham Kesakpolvondan uni ehtiyot qilishni so‘ragan edi. Qo‘yni bo‘rining qo‘liga topshirib ketayotganiga uning aqli yetmadi. Mardona u tomondan go‘shakni oldi shekilli, Kesakpolvon Zaynabdan ko‘zini uzmagan holda gapirdi: — Allo, Mardona, o‘zingmisan? Shomilbek Maskovdan telpon qilmadimi? Menga bir gap aytib ketuvdi. Ha, qulog‘ingga aytaman. Hozir boraman, kutib tur. Go‘shakni joyiga ilib, Zaynabga «Xo‘sh, ana, topdim. Endi nima qilasan?» deganday qaradi. Keyin Zaynabning ajablanayotganini ko‘rib izoh berdi: — Hosilning G‘ilay Shomil degan yugurdagi bo‘lardi. Mardona o‘shaniki. Hosil otilgan kun bir borgan edim. «Hosil otilgan kun? Kim otdi?» — deb o‘yladi Zaynab, ammo savolini tiliga chiqarmadi. Chunki u Hosilboyvachchaning isminigina eshitgan, o‘zini esa ko‘rmagan edi. Otilgan vaqti, sababini bilish uning uchun aytarli shart emasdi. — Qani, boramizmi? — dedi Kesakpolvon. — Bilmasam... — dedi Zaynab qat’iyatsizlik bilan. — Bo‘shashma, dadil bo‘l! Sen Asadbekning qizisan. Birinchi qadamda lalaysang, ish pachava bo‘ladi. Tur, ketdik! Yo‘l-yo‘lakay Kesakpolvon Zaynabga qasos olish yo‘llarini o‘rgatdi, qasos olishdan keyingi huzurni ta’rifladi. 3 Zaynabni ko‘rgach hayratdan lol qotgan Mardonaning ahvolini tasvir etmoqqa qalam ojiz. Ha, avval hayratlandi, so‘ng bu hayrat o‘rnini qo‘rquv seli egalladi. Hatto a’zoyi- badanidan jon chiqib ketganday bo‘ldi. Hosilboyvachcha otilgan kuni G‘ilay Shomil bu yerga Kesakpolvonni boshlab kelib, tuni bilan maishat qilgach, erta saharda Mardona yotgan xonaga kirgan edi. — Ish buzildi, — degan edi u afsus bilan. — Shef iniga kirib ketdi. Men bilan kelgan pakana yangi shef. Tayyorlanib tur, seni boshqa yoqqa ko‘chiraman. Bir necha kundan beri Shomilning kelishini, boshqa yoqqa ko‘chirishini kutardi. Kutgani kelmay, kutmagani keldi. U hojasining istagi bilan ko‘p qizlarni ignaga o‘tqazdi, ya’ni giyohvandga aylantirib berdi. Ko‘p bokira, ammo aldangan yoki qo‘rqitilgan qizlarning nomusi ham shu uyda bulg‘andi, bedarak yo‘qolgan yosh qizlarning so‘nggi izlari ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling