Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
men ham yana o‘n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir bir kuni o‘tamiz. O‘rnimizga esa 
kimdir qolishi kerak. Afsuski, mening o‘g‘lim yo‘q. Qizimdan esa bir ish chiqmaydi. Sen 
esa aqllisan, adangga o‘xshaysan. Akalaringdan ham umid yo‘q. Endi ular — olim. 
Bizdagi kooperativ-mooperativlarga, magazinlardan tushadigan cho‘tallarga 
qarashmaydi. Adang juda ko‘p ish qilgan. Bizning shuncha to‘plaganimiz sovrilib 
ketaveradimi? Sovrilmasligi uchun sen adangning qanotiga kir. Ishni o‘rgan, keyin sekin-
asta ishni o‘z qo‘lingga ol! Shunga haqqing bor! Sen cho‘chima. Yoningda men borman, 
Mahmud akang bor. 
Zaynab bu gaplarni eshitib, hayratlandi. Chunki Zaynab o‘zini emas, dilidagi ma’suma, 
pok Kumushbibini, unga qo‘shib ishonchini, gardsiz e’tiqodini osgan kuni otasiga «Ularni 
o‘zimga qo‘yib bering!» degani shunchaki alam tutuni emas, qasos o‘tining yona 
boshlagani edi. Ne shodki, bu o‘tni alanga olishi uchun moy sepuvchi odam topildi. 
Zaynab necha kundan beri qasos yo‘liga qanday kirish, qanday jang qilishni o‘ylardi. 
Uning yo‘lidagi birinchi qurbon Mardona bo‘lishi kerak edi. So‘ng... Mardonani ishga 
solgan odamlar... 
Zaynab mana shularni o‘yladi-da, Kesakpolvon uchun hech kutilmaganda: 
— Xo‘p, amaki, — dedi. 
Kesakpolvon bu gapni eshitib, nima deyishni bilmay qoldi. Chunki u Zaynabdan rad 
javobini kutgan, shunga yarasha gap tayyorlab qo‘ygan edi. U bir necha nafas hukm 
surgan hayronlik iskanjasidan qutulib: 
— Barakalla, do‘ngi qizim, men senga ishongan edim, — dedi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi: — 
Ko‘z yoshlaringni art. Asadbekning qizi yig‘lamasligi kerak... adangning kasalini 
eshitganlarning ba’zilari janozani o‘qishganga o‘xshaydi. Ularning janozalari o‘zlariga 
buyuradi. Men o‘zimning jonimni bersam ham, adangni saqlab qolaman. Jalil amakingga 
ham shunaqa deganman, so‘rab ko‘r. — U bir oz sukut saqladi-da, keyin dadil ovozda 
davom etdi: — Bilmaganlar bilib qo‘yishi kerak: Asadbek o‘lmaydi! Ayniqsa, sen 
adangning yonida turadigan bo‘lsang sira-sira o‘lmaydi! 
Aytganingiz kelsin, — dedi Zaynab ko‘z yoshlarini artib. 
Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland 
ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi 
yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim 
tuzilayotgan edi. Kesakpolvon dastlabki alam-sitam tuzini totib, faryod urayotgan 
juvonni o‘z dunyosiga chorlayotgan edi. 
— Do‘ngi qizim, seni birov ranjitsa, men borman. Sening ko‘z yoshing sira ham 
to‘kilmasligi kerak. Men boshingga tushgan kulfatlarni sal-pal bilaman. Endi bunaqasi 
bo‘lmaydi. 
Zaynab «Rostdan bilasizmi? Adam aytdilarmi?» deganday yalt etib unga qaradi. Bir oz 
uyalib, yuzi qizara boshladi. Lekin o‘zini tezda qo‘lga oldi: yig‘lashi mumkin bo‘lmagan 
Asadbekning qizi uyalmasligi ham shart! 
— Amaki, gapingiz rost bo‘lsa, menga bir odamni topishga yordam bering, — dedi u 
qat’iy ravishda. 
«Jamshidni aytadi shekilli? Jamshidning tirikligini bilarmikin?» — deb o‘yladi 
Kesakpolvon. 
— Yordam berasizmi? — deb qayta so‘radi Zaynab. 
— Albatta yordam beraman, ayt, kimni topib beray? 
— Bir xotinni. 
— Xotinni? Oti nima ekan? 
— Mardona. Men kasalxonada yotganimda u hamshira edi. 
— Mardona degin?.. — Kesakpolvon G‘ilay Shomilning Moskvaga keta turib aytgan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling