Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
183 ovqatni yeb, sho‘ltillab ketaveradi. Agar birorta sehrgar urg‘ochisiga yetisholmay yurgan itga «Seni odamga aylantiraman, ammo shu kuyovday bo‘lasan», desa o‘sha it ko‘nmasa kerak. Endi nima uchun Zaynabning Monikaga hushi yo‘qligi ayon bo‘lgandir. Ochig‘ini aytganda, Monika xonim ham Zaynabni uncha xushlamaydi. «Madaniyatsiz, qishloqisifat», deb burnini jiyirib qo‘yadi. Ammo bu qishloqsifat kimning qizi ekanini eslaganida jilmayib muomala qilishga majbur bo‘ladi. Sochlariga jingalak qiluvchi taqinchoqlar osib olgan, sport kiyimidagi Monika xonim Zaynabga ko‘zi tushishi bilan «topgan vaqtini qara», deb bir burnini jiyirdi-yu, lekin sir boy bermay YuZ yillik qadrdonini MING yil ko‘rmay, sog‘ina-sog‘ina ado bo‘layozgan odamday quvonib, quloch yoyib qarshiladi. — Voy Zaynabushka, jonim, asalim, — deb o‘pib ko‘rishdi. — Kelganing yaxshi bo‘ldi, sartaroshni chaqirtiruvdim, senga ham prichyoska qilib qo‘yadi. Bunaqa klass sartarosh shaharda bitta. — Rahmat, sochim o‘zi yaxshi, — dedi Zaynab, yuzini undan burib. — Tы chto, hozir bunaqasi modniy emas. — Oldin uyga olib kir, dasturxon yoz, keyin sochdan gaplashasan, — dedi Kesakpolvon, qiziga tanbeh berib. Kesakpolvonning xotini ham o‘ziga yarasha, o‘xshatmasdan uchratmas, degan toifadan edi. Bo‘yi erinikidan ikki enlikkina baland bu ayol o‘zini dunyodagi hamma odamlardan ustunroq deb fahmlardi. Hatto opasi bilan ko‘rishayotganda ham «Sen ham odammisan?» deganday bepisand qarab qo‘yish odati bor edi. Zaynab bilan ko‘rishayotganda ham bu odatini kanda qilmadi. Manzura o‘zini kamtar olib yurgani, sodda bo‘lgani sababli bu xotin Asadbekka yaqin odamlarning xotinlariga norasmiy qaynona ham edi. Barcha xotinlar unga qarab, titrab turishadi. Qarilikni bo‘yniga olmayotgan bu xotin ham qiziga qo‘shilib barobar pardoz qilardi. Kesakpolvon xotini bilan yotmay qo‘yganiga necha yil bo‘lgan, eslolmaydi. Xotin tushmagur esa pardozini qo‘ymaydi. Er ham «Sen kimning ko‘ziga chiroyli, yosh ko‘rinmoqchisan?» deb so‘ramaydi. Bu xonadondagi xizmatchi ayol ertadan kechgacha ona-bolaning aytganlarini bajaraman, deb holdan toyib ketadi. Kesakpolvon o‘ynash almashtirgani kabi bular xizmatchi almashtirishdan charchashmaydi. To‘g‘rirog‘i, bularga xizmatchi chidamaydi. Agar birorta olim bularga temirdan xizmatchi yasab bersa, bu ham yarim kunda erib tamom bo‘lsa kerak. Salomlashish marosimidan so‘ng tashrifdan «bag‘oyat mamnun» ekanliklarini bayon etishgach, dasturxon tuzog‘liq kichik mehmonxonaga boshladilar. Zaynab bu xonadonga kam kelgan, ammo har kelganida uyning hashamlariga, bezaklariga mahliyo bo‘lib boqib, «Nega adam shunaqalarga e’tibor bermaydilar», deb otasidan g‘oyibona o‘pkalanardi. Bu safar unday bo‘lmadi — hashamlarga ham, to‘kin dasturxonga ham aytarli ahamiyat bermadi. Kesakpolvon xotinini chaqirib, Zaynabning bir-ikki kun shu yerda turajagini tayinlab ketgach, dasturxon atrofidagi suhbat asosan kiyimlar olamidagi yangiliklar xususida bo‘ldi. Gap orasida Monika xonim faqat o‘ziga xos fazilatni ham aytib o‘tishni unutmadi. — Men lyuboy kiyimni bir marta kir bo‘lgunicha kiyaman. Yuvib, dazmol qilingan kiyimning zapaxini terpet ne mogu. Eski kiyimlarimni internatga berayotuvdim. Tak kak savob ham kerak-ku, da, jonim, — deb Zaynabga murojaat qildi. Zaynab ensasi qotsa ham bosh irg‘ab, «ha» ishorasini qildi. — Yangi direktorsha kelib, qabul qildirmabdi. Slishkom modniy emish. Bolalarga mumkin emasmish. Dopustim, o‘zing derevenshinasan, vkusing — nol! Qo‘yib ber boshqalarga. Endi bermayman, plevat qilaman men unaqa parazitga. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling