Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 boloxonaga telefon qildi. Adasi yo‘qligini biladi, Asadbek tabibnikiga ketayotib, qizini yo‘qlagan. Bir necha daqiqalik yo‘qlovda ko‘p gap aytolmadi: safarga ketayotgani, qaytgach Zaynabni Olmoniyaga to‘yga yuborajagini aytib, «Yolg‘iz ko‘chaga chiqma», deb tayinladi. Hozir raqamlarni terar ekan, «Adam bir nimadan xavotirlangan ekanlar- da», deb fikr qildi. «Balki qaytgandirlar», degan niyatda otasini so‘radi. «Bek akam safardalar», degan javobni eshitgach, Mahmud akasini so‘radi-da, ayni javobni oldi. Shundan so‘ng «Tezda Haydar akamni topib aytinglar: uyimiz atrofida g‘alati odamlar yurishibdi», dedi. Telefondagi yigit «g‘alati odamlar»ga tegishli ayrim savollarni so‘rab bilgach, «Eshikni hech kimga ochmang», deb tayinladi. Yarim soatlardan so‘ng eshik qo‘ng‘irog‘i ketma-ket jiringladi. Chaqiruvchi bunga qanoat qilmay, darvozani taqillatdi. Zaynabning esxonasi chiqib, o‘rnidan qimirlay olmay qoldi. Ajab hol: yaqindagina o‘limdan qo‘rqmagan, o‘ziga o‘zi sirtmoq yasagan juvon notanish kimsalarning tashrifidan qo‘rqib o‘tirsa... U uydan chiqib, hovli o‘rtasiga yetganda qo‘rqib, yana to‘xtadi. Shunda tanish ovozni eshitdi: — Zaynab qizim, menman, och. «Haydar akam!» Tez-tez yurib, eshikni ochdi. — Sen uyingga kirib tur, qizim, — dedi Kesakpolvon ostona hatlab. Uning vajohatini ko‘rib, Zaynab cho‘chidi, salom berishni ham unutdi. Kesakpolvon ham «Menga salom bermadi-ya?» deb o‘ylamadi. Hozir uning xayoli boshqa muhimroq masala bilan band edi. Shu sababli buyrug‘ini takrorladi. — Sen uyingga kirib tur. Bizning hammomda qiladigan ishimiz bor. Zaynab xo‘p, deb iziga qaytdi. Zinadan uyiga ko‘tarilar mahalida beixtiyor orqasiga qarab, og‘zi-burni qon, qo‘llari orqasiga qayrilgan yigitlarni ko‘rib yuragi uvishdi. Uyga kirib «Shular yuzini yuvsa kerak», deb o‘yladi. U bir necha kun muqaddam «Yalta» muzokarasi bo‘lgani, bu muzokarada Hosilboyvachchaning ayrim yigitlari qatnasha olmaganidan bexabar edi. Krasnoyarga Kozlov izidan ketgan bu yigitlarni Chuvrindi kutib olishi zarur edi. U Moskvaga ketib, bu vazifa unutildi. Oqibatda bu yigitlar Xongireyning vakili ixtiyoriga o‘tib, uning topshirig‘i bilan poyloqchilik qilishayotgandi. Bundan ikki maqsad ko‘zlangan edi: biri — Kozlov shu yerga ham kelishi mumkinligi bo‘lsa (buni haqiqatdan yiroqligini o‘zlari ham bilishadi), ikkinchisi — asosiysi — Zaynabni poylash, buyruq berilsa, garovga olish. Bu maqsadning amalga oshuvi ko‘p jihatdan Moskvadagi muzokaralarga, Xongireyning qaroriga bog‘liq edi. Zaynab garovga olindi, degan gap— urush boshlanishidan darak. Urush esa ko‘p qurbonlar berilsa-da, mag‘lubiyat bilan tugashi aniq. Zaynabning baxtiga, ha-ha, baxtiga Xongirey urushni ixtiyor etmadi. Kesakpolvon Hosilboyvachchaning yigitlarini hammomga yuvintirish uchun emas, tergov qilish uchun olib kirgan edi. Yuvinishdan avval yana bir-ikki musht, tepki yeyishlari shart bo‘lgan yigitlar nasibalarini oldilar. Lekin ko‘p gap aytib berolmadilar. Bilganlari Kozlovni izlash, bu yerda poyloqchilik qilish. — Kozlovni topdilaringmi? — deb so‘radi Kesakpolvon. — Topolmadik. Izini bir o‘rmondagi kulbada yo‘qotdik. — Kozlovni kimlar bilan birga qidirdilaring? — Xongireyning yigitlari bilan... Lekin aka, bir g‘alati yangilik bor, aytishga hayronman. — Ayt! — Jamshid akani ko‘rdik. — Jamshidni? Valdirama, u o‘lib ketgan. — Ko‘rdik, rost. — Gaplashdilaringmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling