Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
185 fursatdan foydalanmasam, g‘irt ahmoq bo‘laman», degan qat’iy fikrda harakatini boshlashga ahd qilgan edi. Hozir Zaynab bilan yolg‘iz qolganida gapni nimadan boshlashni bilmay taraddudlandi. U o‘z uslubiga xiyonat qilmagan tarzda «Adang kasal, tuzalmaydigan kasal, sen otangning o‘rnini egalla, men yoningdaman», desa ham bo‘laverardi. Uning daf’atan so‘z ocholmasligining ikki sababi bor: avvalambor dangal, qo‘pol gapi bilan uni hurkitib, cho‘chitib qo‘yishi, ikkinchidan — nojo‘ya gapini Zaynab otasiga aytishi mumkin. Ana unda ish rasvo bo‘ladi. Ana unda gazetachilar tili bilan aytilganda «Davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi». Kesakpolvonning jimligi ko‘pga cho‘zilmadi. Gapni uzoqdan boshladi. — Adang Sibirda shamollab kelib, vaqtida davolanmadi, o‘jar-da, o‘jar. Ming marta aytdim unga, kasalxonaga yot, deb. Tabibga ketgani yaxshi bo‘ldi. Ishqilib, o‘sha yerdan tuzalib qaytsin. Zaynabga bu gap g‘alati ta’sir etib, Kesakpolvonga yalt etib qaradi. U otasining yo‘talib turganini bilardi, ammo tuzalmas xastalikka yo‘liqishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Kesakpolvon undagi o‘zgarishni ilg‘asa-da, o‘zini sezmaganga olib, gapini davom ettirdi: — Adangning kasali og‘ir. Adang o‘jar. Sal o‘tkazib yubordi. Yana kasalini hammadan yashirmoqchi. Men bilan Jalil amakingni qo‘yaver, sendan, onangdan ham yashirgan. Faqat Mahmud akang biladi. Men ham tasodifan bilib qoldim... Nimaga yashiradi? Nima, bitta u kasalmi? Tirik jon, hamma kasal bo‘ladi, yotib davolanadi. Men o‘sha tabibni qidirib topdim. Bu kasalni faqat o‘sha tabib davolar ekan. Do‘xtirlarning o‘zi ham tan berisharkan unga. — Qanaqa kasal? — deb xavotir bilan so‘radi Zaynab. — Bu shunaqa kasalki... — Kesakpolvon chaynaldi.— G‘alati kasal, oti esimda yo‘q, ammo tuzalishi sal og‘irroq ekanmi-ey... U «Otangning kasali — rak» deyishga tili bormadi. Shunday bo‘lsa-da, Zaynab uning dilidagi gapni uqib, birdaniga ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Kesakpolvon «Mayli yig‘lab, ko‘nglini bo‘shatib olsin», deb indamay o‘tirdi. So‘ng peshonasini, sochlarini siladi. «Do‘ngi qizim», deb erkaladi. Zaynab sal ovunganday bo‘lib, yoshli ko‘zlari bilan unga boqdi. Iltijo qildi: — Haydar amaki, jon amakijon, «Noto‘g‘ri aytdim», deng. «Bilmasdan aytdim», deng. Axir bunday bo‘lishi mumkinmas-ku?! — Chindan ham bilmasdan aytdim, do‘ngi qizim. Sen gapimni boshqacha tushunding shekilli. Adang tabibdan qaytsa, o‘zing ham so‘raysan. Faqat mendan bilganingni unga aytma. Qaysarligi tutsa, senga ham hech nima aytmaydi. Menga ishonmasang, Jalil amakingdan so‘ra. U tabibga adang bilan birga ketgan. Endi sen bilan ikkita narsaga kelishib olishimiz kerak. Birinchisi, Manzura telpon qilsa, unga ayt, adangni kutmasdan to‘yni o‘tkazib, kelaversin. Katta to‘y shu yerda bo‘ladi. — Nega endi? — deb ajablandi Zaynab. — Adam bormaydilarmi? — Adang boradigan bo‘lsa, Manzura bilan birga ketardi. — Meni ham yubormoqchi edilar. — Sen ham borma. — Nega? — Sening boshqa ishlaring bor. — Kesakpolvon shunday deb bir oz sukut saqladi. Zaynab «qanday ish ekan?» deb uning og‘zini poyladi. — Senga bu gapni hozir gapirishimning balki o‘rni emasdir. Lekin qachondir aytishim kerak. Oldinroq bilib qo‘yganing yaxshiroqmi, deyman. Sen faqat gapimni to‘g‘ri tushungin. «Adam erta-indin o‘lib qolar ekan», deb vahima qilma. Lekin adang ham, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling