Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
«Sharif Namozovni qamash, qamoqdan chiqarish haqidagi qog‘ozlarda mening imzom 
yo‘q edi. Uni faqat so‘roq qilganman. Nima uchun menga ayb qo‘yishyapti? Namozov 
nima gunoh qilgan? Moskvadan kelishgan bo‘lsa — ish jiddiy. Vinzavod masalasi bo‘lsa 
kerak. Vinzavod titilsa — Asadbekning tagiga suv ketadi. Maqsad vinzavod bo‘lsa, meni 
nima uchun tiqishtirishadi? Bu kimning ishi? Asadbeklarnikimi? Men ularga xalaqit 
bermay qo‘ydim-ku? Yo bir odamni yemish qilish kerak bo‘lsa prokuraturadagilar meni 
ro‘para qilishdimi? Men ular uchun kimman? Hech kimman! Hali bir ishni qoyillatganim 
yo‘q...» 
Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmaydi. Tun kirdimi, yo‘qmi — buni ham bilmaydi. Ko‘zlari 
o‘ngida hammayoq xira. Bu xona ichra emas, go‘yo dunyo ichra yolg‘iz. Hech kimdan 
nido yo‘q. Faqat tor ko‘kragiga bandi yuragi behalovat tepadi. Tepib-tepib ko‘krak 
qafasini sindirib qochib ketgisi keladi. O‘zini himoya etolmaydigan bu vujudni tark etgisi 
keladi. 
Eti junjikdi. Daraxtlarni ko‘rgisi keldi. Beg‘ubor osmonni, quyoshni qo‘msadi. Xuddi 
ularni ming yillardan beri ko‘rmayotganday sog‘indi. 
«Oy bo‘lishni xohlaysanmi yo quyoshmi?» 
Bu ovoz qaydan keldi? 
Akasining ovozi. Bolalikdagi beg‘ubor, mas’um ovozi... 
Zohid gangib turgan paytda ovoz takrorlandi: 
«Oy bo‘lishni xohlaysanmi yo quyoshmi?» 
— Quyosh bo‘lishni... — Bu kichkina Zohidning ovozi. 
— Qara, oy chiroyli-ku? 
— Quyosh esa issiq. Siz oy bo‘la qoling. 
— Men qush bo‘lgim keladi. 
— Nega? 
— Maza qilib uchaman. Uchaveraman. 
— Men ham uchaman. 
— Yo‘q, sen quyosh bo‘la qol. Men sening atrofingda uchaman. Osmonda ikkalamiz 
bo‘lamiz... 
«— Osmonda quzg‘unlar ham bor.» 
«— Osmonda qora bulutlar ham bor...» 
Bu kimning ovozi? 
Bolalik xotiralariga muhrlangan o‘sha suhbatda «quzg‘unlar, qora bulutlar» yo‘q edi. 
Buni keyinroq anglashgan. Ayniqsa o‘sha ayriliqdan keyin... 
O‘sha mash’um voqeadan so‘ng Zohid akasi bilan g‘oyibona ko‘p gaplashdi. Jisman 
yolg‘iz qolgan kechalarda ruhan akasi bilan birga edi. Faqat... uylanganidan so‘ng bu 
jarayon kamaydi. 
Sudda o‘rtoqlari yolg‘on gapirishganda akasi bilan tun bo‘yi suhbat qurgan edi. O‘g‘lining 
yolg‘iz holda qotib o‘tirishini sezgan onasi xavotirlandi. Unga bildirmay o‘zicha choy, 
qand olib borib domlaga o‘qitib kelib, shirin choylar qilib ichirdi. 
O‘sha kecha yuragi siqilib o‘tirganida birinchi marta akasining ovozini eshitgan edi: 
— Sen ulardan ranjima. Ular meni o‘ldirganlari bilan, ular... do‘stlarim edi. Yolg‘on 
gapirishmasa, og‘irroq jazo olardilar. 
— Ular do‘st emas... Bobom kitobdan o‘qib bergan edilar, esingizdami: «Do‘stingni 
yengilroq sevginki, kuni kelib, dushman bo‘lib qolishi ham mumkin». Do‘stlaringiz 
shunday bo‘lib chiqdi. 
— Unday dema. Vaqti kelganda ular bilan bitta mayizni bo‘lishib yeganman. Bu... tasodif 
bo‘ldi. O‘ldirish niyatlari yo‘q edi. Bobomning o‘qib berganlari — Hadis, uning davomi 
ham bor edi: «Dushmaningga ham yengilroq adovat qilginki, kuni kelib, do‘st bo‘lib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling