Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   231
XV b o b 
 
Bir kishilik tor, zax, nimqorong‘i qamoq. Quyosh nuri oqib kelishi mumkin bo‘lgan tirqish 
ham yo‘q. 
Bu zax xonada sog‘lom odam xastalikka chalinishi, xastaning esa o‘limi aniq bo‘lishi ham 
hech gapmas. Zohid bunday xonani endi ko‘rayotgani yo‘q. Lekin avvalgi ko‘rishlari 
boshqa, bunisi boshqa. Avvallari tergovchi sifatida, majoz bilan aytilganda «mehmon» 
sifatida ko‘rar edi. Endi esa o‘zi mahbus, ya’ni «mezbon». Bu yerda bir kun bo‘ladimi yo 
bir yilmi, yoki undan ko‘pmi — bilmaydi. O‘zidan oldin bu xona mezbonlari ham shunday 
edi. 
Bu sovuq beton devorlar necha o‘nlab yoki yuzlab odamlarning ohu faryodini o‘ziga 
singdirgan. Bu yerda qancha begunohlar nola qildi ekan? Devor-ku tosh, nolalarga parvo 
qilmaydi. Devor ortidagi odamlar-chi? Ular «Shu xonada begunoh odam yotibdi», deb 
o‘ylashganmi, achinganmi? Zohidning o‘zi-chi? Shunday xonalar yonidan o‘tayotganda 
nimalarni his qilgan. Eshik tirqishidan mo‘ralayotgan ko‘zlarni ko‘rardi-ku?.. 
Mana hozir u xona o‘rtasida qo‘llarini orqaga qilib turibdi.
Shu devor ortida hovli bor, uning ortida esa ko‘cha, daraxtlar... Bulutlar bilan 
olishayotgan oftob. Ming turli qayg‘u yoki ming turli baxt bilan yurayotgan odamlar. 
Qayg‘udagilar ham, baxtiyorlar ham yurayotgan yo‘llaridan sal naridagi yerto‘lada 
mahbuslar yotganini bilmaydi. Bilsa ham e’tibor bermaydi. Balki hozir shu ko‘chadan 
Zohidning qishloqdan kelgan otasi yoki onasi o‘tib borayotgandir, balki xotini kechki 
ovqatga kechikmay deb shoshilib ketayotgandir... 
Kechki ovqatga Zohid bormaydi. Nonushtaga ham... Xotini dastlab xavotir olmaydi... 
Keyin... 
Keyin nima qiladi? Qayga boradi? 
Ishxonasiga keladi. Birov «Bilmayman», deydi, birov «Falonchiga uchrang», deydi. 
Falonchi pistonchiga yuboradi. Pistonchi esa «Ering poraxo‘r», deydi. Xotini ishonadimi? 
Yo‘q, ishonmaydi. Maoshdan maoshga arang yetib borishadi-ku, axir. Balki... Xotini 
boshqa narsani o‘ylar? Poralarni olib, o‘ynashiga ishlatar, der?.. «E, yo‘q, bunaqa 
o‘ylamaydi, menga ishonadi...» 
Xayollariga erk bergan Zohid adashayotgan edi. Uning ahvolidan xabar topgan Said 
Qodirov «Eringiz shoshilinch safarga ketdi, qishloqqa borib turar ekansiz», deb xotini 
bilan bolasini jo‘natishga ulgurgan edi. Berger esa egasiz uyning qulfini buzdirib ochib
tintib chiqib ketgan edi. 
Dil dog‘langan, bardosh bog‘langan. 
Bu dunyoda qahramonlik ko‘rsatish zarur emas, ammo ablahlik qilmaslik shart, degan 
aqida asosida ulg‘aygan, shu aqida bilan yashayotgan Zohid tamoman gangib qoldi. 
Yorug‘lik bilan qorong‘ulik chegarasini aniq belgilash mumkin bo‘lmaganidek, u adolat 
bilan adolatsizlikning chegarasini tamoman yo‘qotdi. Bunday chegara bormi, bo‘lganmi 
— bilmay ham qoldi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling