Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
173 qolishi ham mumkin...» — Ular do‘st bo‘lmaydilar. — Vaqti kelib senga yaqin bo‘lishadi. — Hech qachon! Men ularni o‘la-o‘lgunimcha kechirmayman. — Bobomning gaplarini unutma: musulmon kechirimli bo‘lishi kerak. — Yo‘q! Ular musulmonning ishini qildilarmi? Ular musulmonmi? Yo‘q, kechirmayman! Akasi o‘shanda xo‘rsingan edi... Keyin... Keyin o‘qishni tashlaganida ham tun bo‘yi suhbat qurgan edi. — Sen o‘zingcha adolat topmoqchimisan? — deb so‘ragan edi akasi. — Topaman, aka. — Yo‘q narsani topish mumkinmi? — Dunyoni faqat zulmat qoplamagan-ku, yorug‘lik ham bor-ku? — Sen o‘zingni o‘zing nobud qilasan. — Hamma o‘zini olib qochaversa nima bo‘ladi? — Sen tanlagan yo‘lda yuholar bor. Ilonni yutib, dumini ko‘rsatishmaydi. Sen shunday bo‘la olasanmi? — Mening yo‘lim boshqa. — Qo‘y ham, bo‘ri ham bolaligida ona sutini emadi. So‘ng... ulg‘aygach, biri o‘t yeydi, biri esa uning go‘shtini... Bo‘ri qo‘yxonada ulg‘aysa o‘t yeydimi? Zinhor! — Men... bo‘rimanmi? — Yo‘q, qo‘ysan. Bo‘rilarga maysaning ta’mi yaxshiligini o‘rgatmoqchisan... Ehtiyot bo‘l... Dil dog‘langan, bardosh bog‘langan damlar. Turmaning bir kishilik zax xonasi. O‘limtik chiroq xira nur taratadi. Tunmi, kunmi, bilib bo‘lmaydi. Yolg‘izlik saltanatining asiri — Zohidning ruhlari kishanlangan. O‘zining bu yerga kelib qolishi sabablarini axtaradi. Akasi bilan bo‘lgan xayoliy suhbatlari yodiga tushadi, tushaveradi. So‘ng... Tashqarida sharpa eshitildi. Keyin eshik sharaqlab ochiladi. Ana shu sharpa, ana shu sharaqlash yolg‘izlik saltanatini mahv etadi. So‘ng ovoz: — Sharipov, chiqing. Chiqing... qayoqqa chiqadi? So‘roqqami? Kim so‘roq qiladi, o‘sha ajinami? So‘roq xonalarini chetlab o‘tishdi. Buyumlarini qaytarishdi. — Ozodsiz. Buncha sovuq ohangda aytdi bu shirin so‘zni... Tashqariga chiqdi: oftob bulut bilan hanuz olishadi. Kechasi bir sidra yoqqan qorni ushlab qolgan daraxt shoxlari vazmin chayqaladi. Oftob mo‘ralagan paytda qor zumrad kabi yaltiraydi. Osmondagi yulduzlar Yer yuzini charog‘on etolmagani kabi bu manzara uning ko‘ngliga chirog‘ yoqa olmadi. O‘zi bunda, ozodlikda bo‘lsa ham ruhi hali ham bir kishilik qamoqda edi... U ko‘chada turib, qayoqqa borishni o‘yladi. Bir ko‘ngli prokurorga kirib «Xodimlaringizni shunday xor qilib qo‘yasizlarmi?» deb janjallashmoqchi ham bo‘ldi. Keyin bu fikrdan qaytib, Said Qodirovning huzuriga yo‘l oldi. «Har qalay meni ogohlantirgan edi, bir narsani biladi u», deb o‘yladi. — Keling, sizni kutib turgan edim, — dedi Said Qodirov uni qarshilab. — Hozir safarga ketishim kerak. Men hammasidan xabardorman. Siz mendan «Nega bunday bo‘ldi?» deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling