Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


  Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   231
4 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
Jalil tilla tangaga ketgach, Abdurahmon tabib muolaja boshladi. Avval eski qonni 
eslatuvchi qo‘lansa dorini ichirdi. So‘ng bir kosa qaynatma sho‘rva keltirdi. Sho‘rvani 
ichib bo‘lgach, Asadbekni po‘stinga o‘rab qo‘ydi. Asadbek shu darajada terladiki, umri 
bo‘yi bunaqa holga tushganini eslolmaydi. U yettita ilonni yeb semirgan ilon sho‘rvasini 
ichganini bilmadi. Sho‘rvaga ilon solinganini bilsa, balki icholmas yoki qayt qilib 
tashlagan bo‘lardi. Muhiddin ota bilan ochilib gaplashayotgan, Asadbekka qaragani 
hamon tundlashadigan tabib «ich», dedi, tamom — bajardi. 
Tongda yengillashib turdi. Xuddi darddan butkul forig‘ bo‘lganday tuyuldi. Namozdan 
keyin esa ruhi ham tetiklashdi. 
Abdurahmon tabib kampirni kuzatib kirgach, o‘rnidan turib salom berdi. 
— Ko‘rinishingiz, Xudoga shukr, durust, — dedi Abdurahmon tabib, salomga alik olib. 
— Tuzalib qolganga o‘xshayman. 
— Olloh shifo bersin. Ammo tuzalishingizga fursat bor. Bu xastalik xiyla o‘jar. 
— O‘g‘lingizning to‘yigacha tuzalib ketasiz, inshoolloh, — deb gapga qo‘shildi Muhiddin 
ota. So‘ng qo‘shib qo‘ydi. — Odamzotning farzandi to‘yini ko‘rish umidida yashamog‘i 
go‘zal hol-da! 
Uning keyingi gapi ohangida farzandsiz o‘tayotganidan bir afsus, bir armon bor edi. 
Tabib buni sezib gapni burdi: 
— Hozirgi kampirni aytasizmi? 
— U chindan ham ikki yil yashaydimi? O‘g‘lining to‘yini ko‘radimi? — deb qiziqdi 
Asadbek. 
Abdurahmon tabib jilmaydi. Uning bu jilmayishida xursandlik yoki quvlik emas, iztirob 
bor edi. 
— Buni Ollohgina biladi. Xasta hali tirik ekan, tuzalishiga Ollohdan umid bor. Ba’zan 
birovning ko‘nglini ko‘taraman, deb gunohga botaman. Shunda hazrat Navoiyni 
yodlayman: 
Ey g‘ofilu g‘aflatqa vujuding mag‘lub, 
Majmui yomonlig‘ nazaringda marg‘ub. 
Bording dag‘i kelmading bu erdi matlub, 
Yolg‘onlaring ichra yo‘q edi mundin xo‘b... 
Odam bu dunyoga o‘lish uchun keladi. Xarobaga aylantirish uchun quradi. Shu haqiqatni 
tushuntirishim qiyin. 
Nonushtadan oldin Asadbekka yana kechagi qo‘lansa doridan berdi. Nonushtadan so‘ng 
esa yumushlari borligini aytib, uzr so‘radi. Shu ketganicha peshinda bir ko‘rindi. 
Mehmonlarni chog‘roq, oynavand xonaga taklif qildi. Bu xonada tancha hozirlab 
qo‘yilgan edi. 
Asadbek tanchaga o‘tirib, bolaligini esladi. 
Tancha sovub qolgan kunni ham yodiga oldi. 
Otasini olib ketgan kunlari. 
So‘ng tancha chetidagi Samandarning murdasi... 
«Tashqariga chiqmay turing», degani uchun shu uyda o‘tirdilar. Ertalab Asadbekning 
namozga turganidan quvongan Muhiddin ota unga ibodat qoidalarini o‘rgata boshladi. 
Qo‘l bog‘lab turishni o‘rgatayotganda tabib kirib, uning harakatlarini kuzatdi. So‘ng 
tanchaga omonat o‘tirib, Asadbekka qaradi. 
— Xudoga shukrki, dilingiz qulfini ocha boshlabdi,— dedi u mamnunlik bilan. — Agar 
kecha bu birodarimning uzrlari aytilmaganda sizni boqmas edim. Men sizning ko‘zingizda 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling