Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
«Hazrat Luqmon hakimdan so‘rabdilar: 
— To‘g‘ri va aniq so‘zlashni kimdan o‘rgandingiz? 
— Ko‘r odamdan, — deb javob beribdilar hazrat. — Ular bir qadam bosishlaridan oldin 
avval hassalari bilan yerni paypaslab ko‘radilar. Men esa so‘z aytishdan avval 
o‘ylayman». Alqissa shulki, siz o‘ylab-o‘ylab durust so‘zlar aytdingiz. Mening ko‘nglim 
bundan tog‘dir. 
Shu zaylda lutf almashilganidan so‘ng har ikki tomonni ajratib turuvchi noqulaylik 
pardasi chetga surildi. Suhbat erkin maqom kasb etib, hatto Jalil ham «mulla» sifatida 
qo‘shila boshladi. Krasnoyardagi suhbatlar chog‘ida Jalilning «mullalik» darajasini yaxshi 
fahm etgan Muhiddin ota vaqti-vaqti bilan uning so‘zini kesib turishga majbur bo‘ldi. 
Hamonki ular aziz mehmonlar martabasiga ko‘tarilgan ekan, Muhiddin ota o‘zlarini 
tanishtirmoqni lozim ko‘rdi. 
— Sizga bir qarashdayoq quvg‘indi ekaningizni yuragim sezgan, — dedi tabib. — Agar 
bilsangiz kamina ham quvg‘indilardan. O‘z shahrimni tashlab kelib, bu qishloqda makon 
tutganman. Bu inimning, — u Asadbekka qaradi, — ko‘p zulm ko‘rganlarini ko‘zlarining 
tubi aytib turibdi. Ammo, ishqilib adashayotgan bo‘lay, ko‘zlarining sirti, ayniqsa 
qorachiqlari o‘zgalarga zulm qilganlarini aytib turibdi. 
Bu gapni eshitib, Muhiddin aka boshini egdi. Asadbek ham bosh egib bir oz jim o‘tirdi-
da, so‘ng tan oldi: 
— Ota, adashmadingiz... 
— Zamon majbur qildi ularni. Bizlar quvg‘inlarda qolganda, bular qarovsiz bo‘ldi. Kechagi 
kuni Asadbek bo‘tam bilan shuni gaplashib edik. Hukumatni ko‘rarga ko‘zlari yo‘q. 
Bizlarni qamoqdan ozod qilishdi, taqsir, omma farzandlarimiz ruhlari shikastlanganicha 
qoldi. 
— Bilaman, inim, bilaman, — dedi tabib og‘ir tin olib. — Bu gaplarga hojat yo‘q. 
Bilsangiz inim, men boshqa olamman. Sovet Ittifoqi degan badbaxt davlatni dunyo tan 
olgan, ammo men tan olmaganman. Sovet Ittifoqining chegarasi siz bosib o‘tgan 
darvoza ostonasida tugaydi. Ostonaning bu tomoni boshqa dunyo. 
— Bu davlat yuragimizdan joy ololmadi. Siz yaxshi aytdingiz, taqsir. Endi bu chegarani 
yanada uzoqroqqa uloqtirish zamoni kelarmikin? Bu haromilar qachon yo‘q bo‘larkin? 
— «Al-birru la yubla, vaz-zanbu la yunsa ad-dayyanu la yamutu i’mal ma-shi’ta kama 
tadiynu tu‘danu»*,— dedi Abdurahmon tabib ma’noli ohangda. 
Jalil hadisning ma’nosiga tushunmasa ham «qarang-a!» degan hayrat bilan bosh irg‘ab 
qo‘ydi. Muhiddin aka esa bir oz o‘yga tolib so‘ng tabibga qarab dedi: 
— Astaiyhzu billah, «Va loqad karromna bani Adama», — Ulug‘ qilib yaratilgan odam 
zurriyodlari shayton yo‘liga kirsa shu ekan-da. Astaiyhzu billah, «Va inna alayka la’nati 
ilo yavmid-din»*. 
Ular ikki alloma singari suhbat yuritardilar. Jalil ularning suhbatiga o‘z fikri bilan 
qo‘shilish uchun og‘iz juftlaganida Asadbek tirsagi bilan biqiniga turtib, ko‘z qarashi bilan 
«Jim o‘tir» deb tahdid qildi. 
Suhbat chiroyli tarzda davom etayotganda, hovlida bir odamning «Abdi!» degan baqirig‘i 
eshitildi. Go‘yo jimirlab turgan ko‘lga tosh tushganday bo‘ldi. 
— Dev akam keldilar, — dedi Abdurahmon tabib miyig‘ida kulib. — Aybsitmanglar, 
mehmonlar. U — Xudoning erka bandasi. Mening doimiy aziz mehmonim. 
Tabib mehmonni qarshilashga turganida ostonada devning chala tug‘ilgan bolasini 
eslatuvchi, baland bo‘yli, to‘ladan kelgan, soch-soqoli oppoq oqargan, usti yupun odam 
ko‘rindi. U ostona hatlab ichkari kirib mehmonlarni ko‘rdi-yu, bir zum to‘xtadi. Ularga 
bir-bir qarab olgach, dadil yurib kelib Muhiddin ota bilan ko‘rishdi: 
— Assomoykum, senga million so‘m beraman, — dedi jiddiy tikilib. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling