Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
ku, mayli, mayda kissavurdan chiqqanman. 
— Dangalchilikni zamon ko‘tarmaydi. 
— Sen charchagansan. Duch kelganni it bo‘lib qopyapsan. Bi-ir dam olsang yaxshi 
bo‘lardi. O‘g‘illaringning to‘yiga borsang yuragingning chigillari bi-ir yozilardi. Ha, 
aytmoqchi, to‘y hali ham aniq bo‘lmabdimi? Tezroq borib kela qolmaysanmi? 
Kesakpolvon shunday deb ayyorona boqdi. Asadbek undan nigohini olib qochdi. Gap 
xastalikka borib taqalishi mumkinligini sezib, javob bermadi. 
Ular nonushtani boshlashga ulgurishmay, boloxonadagi yigitlardan biri eshikni qiya 
ochib: 
— Samatoxun aka keldilar. Zarur gaplari bor ekan, — dedi. 
Bu xabarni eshitib, Kesakpolvon bezovtalandi. Hojasiga bir qarab olib «keyinroq kelsin», 
demoqchi edi, Asadbek: 
— Kirsin, — deb ijozat berdi. So‘ngra Kesakpolvondan so‘radi: — To‘yi qachon edi, esdan 
chiqibdi? 
— Mening ham aniq esimda yo‘q. Bugun-erta shekilli? 
— Xayoldan ko‘tarilgani chakki bo‘libdi. Har qalay, eski qadrdonlardan. 
Bashang kiyingan, o‘zidan farangi atrini taratayotgan Samatoxun kirib, ularning suhbati 
uzildi. Samatoxun deganlarining do‘koni Asadbekning homiyligida. Shaharning gavjum 
joyida joylashgan bu do‘kon mudiri yigirma yilning nari-berisida ularga sariq chaqalik 
ham xiyonat qilmadi. O‘z ishini bilib bajargani uchun Asadbek uni hurmat qilardi. 
Fotiha o‘qilgach, Samatoxun Kesakpolvonga g‘alati qarab oldi. Kesakpolvon undan 
ko‘zini olib qochib, choy quyib uzatdi. 
— Oxun, to‘y harakatlari bilan charchamay yuribsizmi? — deb so‘radi Asadbek 
mehribonlik bilan.— Muborak bo‘lsinga o‘tamiz, deb o‘tolmadik, ranjimang. 
— Xafagarchilik yo‘q, aka. O‘zingiz sog‘ayib qoldingizmi? Bizga sizning sog‘lig‘ingiz 
kerak. Sizning tovoningizga kiradigan tikan bizning ko‘zimizga kirsin. Xudo xohlasa 
bugun nikoh, borsangiz boshimiz ko‘kka yetadi. 
Samatoxun «Xudo xohlasa» degan so‘zga bo‘lakcha urg‘u berib, yana Kesakpolvonga 
qaradi. Asadbek undagi o‘zgarishni sezib so‘radi: 
— Ha, Oxun, mashqingiz pastroqmi? Nima gap, tinchlikmi? 
Xudo xohlasa, tinchlik, — dedi Samatoxun. — Bek aka, orada bir tashvish chiqib 
qoldi: o‘g‘limni o‘g‘irlab ketishibdi. 
— Qaysi o‘g‘lingizni? 
— Shu... uylanayotgan kuyov bolani... 
— Birontadan gumoningiz bormi? 
— Gumonim-ku yo‘q. Ammo... 
— Chaynalmay aytavering. 
— Kecha ZAGS edi. Bir birodarimiz «Mersedes» va’da qilgan edi. «Mersedes» o‘rniga 
«GAZ-31» yuboribdi. «Qo‘lingdan kelsa va’da bergin-da, erkak» deganday qilib
qattiqroq gap aytuvdim. Shuni og‘ir oldilarmikin? Unday bo‘lsa, tavba qildik. «Bu ahmoq 
tilni chaynab tashla», desalar chaynab tashlay. Ammo oshga zahar tushmasin. Men 
yomonman, bo‘yin egib keldim. 
Bu gaplarni eshitib Asadbek Kesakpolvonga qa-radi. 
— Menga qarama, mening ishim emas bu, — dedi Kesakpolvon «qo‘rqqan oldin musht 
ko‘tarar» qabilida jerkib. 
— «Mersedes»ni to‘g‘rilab bermadingmi? 
— O‘sha kuni buzilib qolgan bo‘lsa men nima qilay? Shaharda «Mersedes» ikkita bo‘lsa 
ham boshqa gap edi. O‘n beshta oq «o‘ttiz bir»ni yubordim. Bu akamning hamiyatlariga 
tegibdi. O‘sha sassiq gapni o‘zimga aytmaysizmi, tirrancha sho‘pirga aytib nima 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling