Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
150 Dam o‘tmay narigi xonada nimadir taraqladi, so‘ng kimdir ixrandi, keyin kimdir gursillab yiqildi. Xongirey indamay o‘tirdi. Chuvrindi esa nima voqea yuz berganini taxminan chamalab, sabr bilan kutdi. Narigi xonadagilar tinchigach, choy keltirgan yigit ko‘rindi-da: — Vannaxonada oyog‘i sirg‘anib yiqilib tushdi. Hammasi joyida, yuvinyapti, — deb xo‘jayiniga axborot berdi. — Ha, — dedi Xongirey Chuvrindiga sinovchan tikilib. — Bizning vannaxonalar sirg‘anchiq. Bilib oyoq tashlamasang, mayib bo‘lishing hech gapmas. Xongirey ma’noli ohangda shunday deb jim bo‘ldi. Ammo nigohini Chuvrindidan uzmadi. Chuvrindi o‘zini yo‘qotmadi. Nigohini yashirishga urinmadi. — Demak, Hosilni o‘g‘irlashdimi? — dedi nihoyat Xongirey. — Ha, o‘g‘irlashibdi. — Xo‘p, men bunga ishondim, deylik. Xo‘p, senlar meni ahmoq qildilaring ham deylik. Xo‘sh, senlar bundan nimani yutasanlar? — Biz sizni ahmoq qilmoqchi emasmiz. Hosilning yo‘qolishidan bizga manfaat ham yo‘q. Uning mol-mulkiga ko‘z tikkan emasmiz. Biz o‘z-o‘zimizcha ishlar edik. Bir-birimizga sira halaqit bermaganmiz, aksincha, ko‘maklashardik. Hosil Bek akamning shogirdlaridan hisoblanardi. — Ha... yaxshi — shogird, yaxshi — ustoz, — deb Xongirey stolni chertib qo‘ydi. — Bilib qo‘y: senlar bitta xato qildilaring: bu yerga kelmasliklaring kerak edi. Senlar meni ishontirmoqchi bo‘lyapsanlarmi? O‘q ilon aqlini yo‘qotib qo‘yibdi. Yo sen laqmalar uni yo‘ldan uryapsanlarmi? Men uning kasalini bilaman. Lekin o‘lgunicha nima qilmoqchi? Maqsadi nima? Ayt, sendan so‘rayapman? — Bilmayman, — dedi Chuvrindi. — Sen... bilmaysanmi? — Keyingi paytda, kasallarini bilib, g‘alati bo‘lib qolganlar. Maqsadlari aniq emas. — Hosilni o‘ldirmadimi? — Yo‘q. Nega Bek akamdan gumonsirayapsiz? — Men gumonsiramayman... Men har bir narsani aniq bilaman. Agar laqma bo‘lsam, o‘risning poytaxtida hukm surmas edim. Men senlarda nimalar bo‘lib turganini bilib turaman. Men Kremldan ham sezgirroqman, kallangga tugib ol. Sen Asadning maqsadidan bexabar ekansan. Bunga, men laqma, ishondim. Shuni hisobiga endi ayt: Kozlov qaerda? — Kozlov? — Chuvrindi yelkasini qisdi. — Biz uni Krasnoyarda ko‘rgan edik. Shundan beri daragi yo‘q. — Qiziq... «daragi yo‘q», degin? Daragi yo‘q odamga vagonda musallas yubordilaringmi? — Yubordik, — deb tan oldi Chuvrindi. — Men, aloqa qilmalaring, deb ogohlantirsam ham yubordilaringmi? — Shartnoma avvalroq bo‘lgan edi. — O‘sha shartnomangga, — Xongirey bu yog‘iga chechenchalab nimadir dedi. Chuvrindi uning nimani nazarda tutganini o‘zicha taxmin qildi. — Xo‘sh, — deb davom etdi Xongirey ruschalab. — Shuncha molni yuborishga yuborib qo‘yib, uning taqdiri bilan qiziqmadilaringmi? — Qiziqyapmiz. — Xo‘sh? — Mol qo‘lga tushgan. Mol yuborganlarni Moskva prokuraturasidan odamlar borib qamashgan. — Bilganing shumi? — Ha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling