Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
129 yoqlarda butunlay qolishini istardi. Ayniqsa... yaqinlashayotgan o‘limiga o‘zi ham ishonganidan beri bu istak qat’iylasha bordi. Hosilboyvachchaning izidan Elchinni ham jo‘natish rejasi ayni shu istak bulog‘idan suv ichgan edi. Elchin o‘ldirilgach, Zaynabni to‘y bahonasida Olmoniyaga jo‘natmoqni xayol qilib edi. Reja buzildi. Ammo hali niyatdan kechganicha yo‘q. Zaynabning xastaligi bir oz chekingach, yuboradi. Shundan so‘ng o‘zi bu dunyoni xotirjam ravishda tashlab ketishi mumkin. O‘limidan so‘ng... xotini, bolalariga birov tahdid qila olmaydi. Yechilmay qolgan ikki masala bor: biri — Zaynabni jo‘natish, ikkinchisi boyliklarning bir qismini u yoqqa olib o‘tish. Quda g‘oyat boy ekan, ammo o‘g‘illarining qo‘llarida o‘zlarining sarmoyalari bo‘lmog‘i shart! Asadbekning sog‘ingan yuragi bir orziqdi. Shu orziqish bilan telefon go‘shagini ko‘tardi. Manzura erining ovozini eshitib, salom berdi. — Yaxshi yuribsanmi? — deb so‘radi Asadbek, alik olish o‘rniga. — Xudoga shukr, o‘zingiz tuzukmisiz? — Yo‘q, buzuqman, — deb yubordi Asadbek eski odati bo‘yicha. U mana shunaqa savollarga toqat qila olmas edi. Kayfiyati yaxshi bo‘lsa hazil ohangida, g‘ashlangan paytiga to‘g‘ri kelsa kesatiq yoki jahl bilan javob qaytarardi. Manzura «Qorningiz qanaqa?» degan savoliga «Qornim dumaloq», «Tuzukmisiz?»ga «Yo‘q, buzuqman», degan javoblarni turli ohanglarda eshitib, ko‘nikib ketgan. Boshqacharoq tarzda so‘rayman, deb o‘ylardi-yu, eriga ro‘para kelganida beixtiyor yana ayni shu so‘zlar tilidan uchardi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Asadbekning «Yo‘q, buzuqman», deb yumshoq tarzda aytishi Manzuraga yoqib, kuldi. — Zaynab yaxshimi? — Yaxshi. Mendan boshqa hamma yaxshi... — Voy, adasi, unaqa demang, — Manzura «O‘zingiz yaxshisiz», demoqchi edi, yonidagi o‘g‘illaridan uyaldi. Asadbek buni sezdi. Manzura uyda ekanida shunday deb erkalab qo‘yardi. Hozir Asadbek shuni qo‘msadi. Xotinining ko‘proq gapirishini istadi. Ammo so‘zga no‘noq Manzura hol so‘rashdan nariga o‘tmadi. «O‘g‘illaringiz bilan gaplashing», deb oshirib yubora qoldi. O‘g‘illar bilan bo‘lgan gap ham hol so‘rash bilan cheklandi. Gap adog‘iga yetib borayotganini fahmlagan Asadbek o‘g‘liga «Onangga ber», deb buyurdi. Manzura: — Ha, adasi? — deyishi bilan Asadbek uni koyiy boshladi: — Qanaqa xotinsan o‘zing?! Sen nimaga bording u yoqqa, nima ishni qoyillatding? — Voy, adasi, hech qanaqa ishni qoyillatmadim. — To‘y nima bo‘lyapti? — To‘y... sizni kutyapmiz. Nishon to‘yi o‘tdi... Aytdim-ku... — Bir oz kutishsin... Zaynab boradi. — Siz-chi, adasi? — Men... bilmadim. — Birga kelaqoling. Asadbek yolg‘on gap ahvolini oshkor qilib qo‘yishi mumkinligidan qo‘rqib, sinalgan quroli — jahlni ishga soldi: — Germaniya ammangning mahallasimi, xohlagan avtobusga osilib boraveradigan? — Voy adasi, unaqa demadim-ku? — Demagan bo‘lsang, og‘zingni yum. — Endi... — Nima endi? — Odamlar kelib-ketayotganiga aytuvdim-da... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling