Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
edi... Endi... o‘limi oldida bo‘yin egarkanmi?.. Men doim unga qattiq-qattiq gapirib 
keldim. U noto‘g‘ri hayot kechirdi. Adashdi. Nima uchun tug‘ilib, nima uchun 
yashayotganini bilmadi. Shu Haydar pakanani odam deb bilib, o‘sha bilan hamtovoq 
bo‘ldi. Mol-dunyo to‘pladi... Mol-dunyo qoladi, bola-chaqa ham qoladi... O‘zi ketadi... 
Yolg‘iz o‘zi... Nahot chorasi bo‘lmasa?..» 
Jalilning yuragi xapriqib, cho‘kayotgan odam xasga tirmashgani kabi u Abdurahmon 
tabibga oshiqdi. 
Kesakpolvon aytilgan vaqtga yetib keldi. Jalil xotiniga «Bir-ikki kun bo‘lmayman», dedi-
yu, jo‘nadi. Erining halovati yo‘qolganidan tashvishlanayotgan Qamara «Qayoqqa 
ketyapsiz?» deb so‘rashga ham cho‘chib, xavotir chodiriga o‘ralganicha qolaverdi. 
Haydovchi yigit chapdastgina edi. Yo‘lda yurishning qonun-qoidalari bor, deb o‘tirmay, 
mashinani yelday uchirib bordi. Yaxshiki, mashinada qanot yo‘q, bo‘lsami edi, 
rosmanasiga uchib ketishi hech gap emasdi. Boshqa sharoit bo‘lganida Jalil 
«Onangnikiga shoshasanmi?» deb koyishi mumkin edi. Yuragi xapriqib, shoshilib turgani 
uchun tezlikdan bir oz xavotirda o‘tirsa ham indamadi. Ular manzilga kun qiyomdan 
oqqanda yetib kelishdi. Qishloqqa kiraverishdagi choyxona yonidan o‘tishayotganda Jalil 
haydovchiga «To‘xtat moshinani», deb buyurdi. 
Kun salqin bo‘lishiga qaramay, yetti-sakkiz qariya ayvonda davra qurib, choyxo‘rlik qilib 
o‘tirishardi. Mashinadan odam tushganini ko‘rgan choyxonachi ichkaridan chiqib, 
mehmonni qarshiladi. Jalil salom berib ko‘rishgach: 
— Machit qaerda? — deb so‘radi. 
— Machitgacha yana picha yuriladi, — dedi choyxonachi. So‘ng afsus ohangida qo‘shib 
qo‘ydi: — Lekin... birodari aziz, machitimiz qulf... 
— Qulf? Nimaga qulf bo‘ladi? — deb ajablandi Jalil. 
— Bilmasam... kattalar qulf soldirganlar. 
Shaharda ham shunday voqealar sodir bo‘lganidan Jalilning xabari bor. Lekin machitlarni 
yoptirgan kattalar allaqachon ishdan olinib, berkitilgan machitlar yana qayta ochilgan 
edi. Hali ham g‘aflat uyqusidagi bu qishloqqa yangilikning yetib kelmagani Jalilni 
ajablantirdi. 
Jalilning o‘ylanib turgani sababini bilmagan choyxonachi o‘smoqchilab so‘radi: 
— Birodari aziz, machitda qanday yumushingiz bor edi? Yo birovni izlab keldingizmi? 
Bu savol Jalilga g‘alati tuyulib, zaharli jilmaydi: 
— Machitga nima uchun boriladi? Namoz o‘qimoqchiydim. 
— O‘zim ham shunaqadir, deb o‘ylovdim, — dedi choyxonachi ochiq chehra bilan. — 
Machitga qulf solishganidan beri shu yerda berkitiqcha o‘qiyapmiz namozimizni. Ichkari 
kiring, birodar. Biz yaqinginada peshinni o‘qidik. 
— Shaharda yangi machitlar qurilib yotibdi-yu, sizlar bu yerda «Kattalar qulf urdirgan», 
deb o‘tiribsiz. O‘sha kattalaringiz chiqqan joyiga kirib ketgan. Shartta borib qulfni buzib, 
namozni o‘qiyverish kerak. Hozir birov «g‘ing» demaydi. 
— Biz bilmasak, birodari aziz. Bizlar omi odam bo‘lsak, — choyxonachi shunday deb 
o‘zini oqladi-da, Jalilni ichkariga boshladi. 
Jalil farz namozini qasr qilib o‘qib, tezgina chiqdi. Choyxonachining «Mehmon namoz 
o‘qirkan, yaxshi odamga o‘xshaydi», degani ta’sir qilib, qariyalar ayvonda Jalil 
ko‘rinishi bilan o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Jalil ular bilan qo‘shqo‘llab so‘rashgach, 
mezbonlarning o‘tinchiga ko‘ra to‘rga chiqib o‘tirdi-da, Sobitxondan o‘rgangan «Robbi 
anzilni munzalan muborakan va anta xoyrul munzilin», duosini o‘qib yuziga fotiha tortdi. 
Qariyalarning har birlari u bilan lutfan so‘rashdilar. Jalilga yaqinroq o‘tirgan qariya unga 
bir piyolada choy quyib uzatdi-da: 
— Qani, mehmon, bir gurung bering bizga, — dedi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling