Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Qariyalarning iltifotidan ruhlangan Jalil o‘zining «chala mulla» ekanligini unutib, undan-
bundan eshitgan diniy ma’ruzalaridan esida qolganini aytib, o‘z ko‘nglida da’vat qila 
boshladi. Uning bu da’vati umri sut ichish bilan o‘tgan odamga noshud tabibning sut 
ichish foydasi xususidagi nasihatiga, yoinki yetmish-sakson yillik umrini dalada 
o‘tkazgan dehqonga kechagina o‘qishni bitirib kelgan agronom tomonidan shudgorning 
afzalligi haqida qilingan ma’ruzaga o‘xshab ketardi. Jalil bechora bu o‘tirganlardan 
ikkitasining Buxoroi sharifda madrasa tahsilini ko‘rganligini qaerdan bilsin? 
Jalilning «ilm bisoti» tugab, gaplari bir tog‘dan, bir bog‘dan bo‘la boshlagach, 
mehmonning izzatini qilib indamay o‘tirgan chollardan birining toqati toq bo‘lib, 
suhbatga aralashdi: 
— Birodar, biz tomonlarga qaysi shamol uchirdi? 
Yaxshi odamning shamoli, — dedi Jalil. So‘ng maqsadini aytdi. 
Uning kelishidan maqsadini taxminan chamalab o‘tirgan qariyalar bosh egib, jim 
qolishdi. Suhbatni uzgan qariya esa Jalilga qarab bosh chayqadi: 
— Nafsilamrni aytganda, birodar, muddaoga yetmayoq izingizga qayta qolganingiz 
durustmikin? 
— Nima uchun? «Bormaydilar» demoqchimisiz? Axir tabib degani odamlarni davolashi 
kerak-ku? — deb o‘zicha haqiqatni «kashf» etdi Jalil. 
— Shunaqa deysizu birodar, omma Abdurahmon aka o‘zlarini tabib sanamaydilar. 
— Nega? — deb ajablandi Jalil. — Dovruqlari butun olamga taralgan bo‘lsa... 
— Shunaqaku-ya... omma, Abdurahmon aka tabiblikni kasb qilmaganlar. Tuzata olishga 
ko‘zlari yetsa muhtojlarnigina boqadilar. Shifo — Ollohdan, Abdurahmon aka bir 
vositalar xolos. 
— Qiziq... — Jalil e’tiroz bildirmoqchi edi, qariya so‘zni uzdi: 
— Bir necha kun burun shahar odamlari chiqishib, Abdurahmon akaning ta’blarini xira 
qilibdilar. 
— U-bu narsa debdilarmi? 
— Nimalar deyishganlari bizlarga qorong‘u. Omma, ular ketganlaridan so‘ng yo‘lda 
taqsirimning uloqchi otlarini otib ketishibdi-da... 
— Otib ketishibdi? — Jalilning ko‘z oldiga Kesakpolvon keldi-yu, ichida «Obbo haromi-e, 
ishning ishkalini chiqarib qo‘yib, meni ro‘para qilayotgan ekan-da...» deb o‘yladi. 
— Ha, otib ketishibdi. Shahardan kelganingizni bilsalar, Abdurahmon aka siz bilan 
so‘zlashmasalar ham kerak. Fe’llari nozik juda. 
— O‘sha otlarni rostdan ham shaharliklar otganmi?— deb so‘radi Jalil. 
— Bunisi yolg‘iz Ollohgagina ma’lum. Mening bilganim shuki, o‘sha kuni xuddi shu 
arobada kelishgan edi, — qariya shunday deb ko‘chada turgan «Jiguli»ga qarab qo‘ydi. 
«Tamom, — deb o‘yladi Jalil. — Bu — o‘shaning ishi! Chollar ziyrak. Adashishmaydi, 
yolg‘on ham gapirishmaydi...» 
— Shaharda bunaqa moshinlar ko‘p, o‘xshatayotgandirsiz? — dedi Jalil «Zora adashgan 
bo‘lsa?» degan ilinj bilan. 
— To‘g‘ri aytasiz, birodar, bunaqasi ko‘pdir ehtimol. Omma no‘mirasi bundayin bir xil 
bo‘lmasov. Ikki no‘lu, ikki besh. Esdan chiqmaydigan no‘mira. 
Qariya bu gapi bilan jon tomiriga bolta urgan edi. Jalil boshqa gapirmasa ham bo‘lardi. 
Lekin indamay turib ketishni o‘ziga ep bilmay, so‘nggi umidini aytdi: 
— Chiqmagan jondan umid, balki bir uchrashsammikin?.. Men bu bolani... yaxshi 
tanimayman. Kira qilib kelayotuvdim. Balki mendan avvalgilar... 
Qariya uning yolg‘oniga yo‘l bermay, gapini kesdi: 
— Agar mening maslahatimga kiradag‘on bo‘lsangiz, borib ovora bo‘lmang. Kasalingiz 
oyoqda tura olsa, o‘zini olib keling. Lekin bunaqa arobani bo‘lak kira qila ko‘rmang. Xudo 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling