Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
134 — Yo‘q, bugunoq jo‘naydi. Vaqt o‘tsa — gazak oladi. Men Maskovdan bir sado kelishini kutyatuvdim. Xongirey meni ogohlantirgan edi. Kozlov qochganga o‘xshaydi. Sharifni qamagan prokurorning kelishida ham Xongireyning xizmati bo‘lishi mumkin. Vagonni Xongireyning odamlari xitlarga ro‘para qilgan. — Qo‘rqoq bo‘lib qolibsan, — dedi Kesakpolvon. Alam dengizi to‘lib turgan Asadbekka bu gap malol keldi. G‘azab jilovini uzdi-yu, qo‘lidagi piyolani Kesakpolvonga qarab otganini o‘zi ham bilmay qoldi. Piyola Kesakpolvonning qulog‘i yonidan uchib o‘tdi-da, devorga tegib sindi. Chuvrindi chaqqon turib hojasining yelkasidan ushladi. Kesakpolvon esa o‘rnidan jilmadi. Boshini egib o‘tiraverdi. XII b o b 1 Tunlarni to‘lg‘oq bilan bedor o‘tkazayotgan faqat Asadbek emasdi. Shifoxonadagi Elchin ham shunday holatda edi. Farqlari — Asadbekning jon taslim qilish onlari tobora yaqinlashardi. Elchin esa, aksincha — uzoqlashayotganday edi. Asadbekning uqubatli umr yo‘li adog‘iga yetay deganida Elchinning azobli hayoti davom etadiganday edi. Ilgari Elchin tikonli cho‘l bo‘ylab yalangoyoq yugurgan bo‘lsa, endi olov sahrosida kuyib, qovjiraydi. Ruh azobi xuddi soya kabi unga ilashib yuraveradi. Bora-bora o‘lim Ollohning so‘ng jazosi emas, balki mukofoti ekaniga ishonadi. Ana shu mukofotga yetishmoqni orzu qiladi. Ruhi ezilgan damlarda «Xudo qaysi gunohlarim uchun jazolayapti?» deb o‘ziga-o‘zi savol beradi. Ajab dunyo... faqat Elchin emas, bu dunyo azobidan ozgina tatib ko‘rgan har qanday banda shu savolga javob topmoqni istaydi. Agar bu ojiz bandalar «Qanday yashasam gunohga botmayman, jazoga duch kelmayman», degan savolni ko‘ndalang qo‘yib hayot kechirsalarmi edi, oqibat qaysi gunohlari uchun jazo olayotganlarini bilmay sar-sari bo‘lmaslar edi. Elchinning hali bunday xulosaga kelmog‘iga fursat bor. Shifoxonada hushiga kelgach, u boshqa narsalarni o‘ylaydi. O‘q yeb yiqilgan Hosilboyvachcha tomon yurgani, ko‘cha eshik zarb bilan ochilgani, G‘ilay qo‘lidagi to‘pponcha o‘t ufurgani... sinema tasmasiday qayta-qayta ko‘z oldida gavdalanaveradi. So‘ng... ota-onasi... Noilasi... So‘ng... ilonzordagi Hosilboyvachcha... Nima edi bu? Tushimi edi yo alahsiradimi? Yoki... u dunyoga borib-qaytdimi? Bir o‘lib, bir tirildimi? Bu jumboq edi. Bu jumboqni yechmoq uchun ko‘p bosh qotiradi. Oqibat... qiyomatdagina javob topadi... Elchin dastlab hushi o‘ziga kelganida ko‘zini ochib, oq libosli hamshirani ko‘rdi. Uni farishta qiyofasidagi Noila deb xayol qildi. — Noila, yana ko‘rishdik, endi meni haydama, — dedi. Bu gapni xayolida aytdi — quruqshagan lablari salgina qimirlab qo‘ydi xolos. So‘ng... ko‘rgani hamshira xira pardaga o‘rala boshladi. Xira parda zulumot chodiri bilan almashildi. Ayol kishi ovoz berdi: — Doktor, yuragi to‘xtayapti... Kim u? Nima uchun bunday dedi? Elchinning nazarida yuragi temirchining bosqonidek gupillab urardi, qulog‘i ovozlarni eshitardi. Faqat... ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Keyin... ovozlar uzoqlasha boshladi. Keyin u yengil qushga aylandi. Ucha boshladi. Xuddi G‘ilay- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling