Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
ning to‘pponchasidan o‘q otilgach parvoz qilgani kabi... Uchdi, uchaverdi... 
Shaharni osmondan turib tamosha qildi. 
Odamlar... chumolidan kichik, chumolidan ojiz... 
Yerda yurishlari esa... 
Yerda yurganlarida o‘zlarining bu qadarli ojizliklarini nima uchun bilmaydilar ekan? 
Kekkayib yuruvchi odamzotning aslida chumoli kabi zaifligidan ajablanayotgan Elchin 
endi pastga qulay boshladi. Pastga, o‘zi kabi kibrli odamzot bag‘riga qarab uchdi, 
uchaverdi. Qo‘rqdi... Yer-parchin bo‘lib o‘lishdan qo‘rqdi. 
Birdan... Anvar ko‘rindi! Sog‘ingan do‘st kabi qulochini keng yoyib, unga bag‘rini ochdi. 
Ajablanarlisi shundaki, uning oyoqlari yerda emasdi, balki u ham Elchin kabi uchardi. 
Anvar uni quchoqlab oldi. Elchin qamoqdan qaytayotganida Anvar bilan uchrashuvni ko‘z 
oldiga keltirganda ana shunday quchoqlashishni umid qilgan edi. Afsuski, xayoli puch 
bo‘lib chiqib, uni jinnixonadan topdi. Sog‘ingan do‘stlar quchoqlashib ko‘rishmadilar. 
O‘sha umid... mana endi amalga oshdi. Anvar quchoqladi... 
Ammo... Anvar o‘lgan edi-ku?.. 
— Anvar! — dedi Elchin hapriqib, — Qayoqdan kelding? Meni kutayotganmiding? 
— Yo‘q, seni kutmayotgan edim. O‘zing qayoqdan paydo bo‘lding? Nima bor senga bu 
yerda? 
— Bu yer... deganing nima? 
— Tushunmadingmi?.. Tushunmaysan... 
— Qamoqdaligimda tushlarimga kirarding. Nu-qul kichkina bolaga aylanib o‘ynardik. 
Hatto... o‘qituvchi o‘tiradigan kursiga ingichka mix qoqib qo‘yganimiz ham tushimga 
kiruvdi. Keyin... Chiqqanimdan keyin ham tushimga kirding. Yomon tushlar ko‘r- dim. 
— Qanaqa tush? 
— Aytmayman, xosiyati yo‘q. 
— Ayt, bilgim kelyapti. 
— O‘zingni osib qo‘ygan emishsan. 
— Bu tush emas edi... 
— Sen o‘zingni rostdan ham osdingmi? Sen... rostdan ham... o‘ldingmi? 
— Ha, o‘lganman. 
— Unda hozir men... tush ko‘ryapmanmi? 
— Shunga yaqin. 
— Uyg‘onganimdan keyin seni ko‘rmaymanmi? 
— Ko‘rmaysan. 
— Unda... meni qo‘yib yubor. 
— Avval seni hayotingga eltaman. 
— Hayotimga?.. Qanaqa hayotimga? 
— Sen meni jinnixonadan chiqargan eding. Men qarzimni uzaman. 
— Sening... odamlarni hayotga eltadigan kuching bormi? 
— Yo‘q, men faqat amrni bajaruvchiman. 
— Kimning amri? 
— Aqlingni ishlat... 
So‘nggi so‘zlar aks-sado berib takrorlandi. Takrorlanaverdi. Keyin bu ovoz yurak 
dupuriga aylandi. Yana o‘z yuragining dukurini eshitdi. Keyin notanish ovozlar... Keyin 
ko‘zlarini ochdi. 
Bunday holat bir necha marta takrorlandi. Dam hushini yo‘qotib, dam o‘ziga kelib yotdi. 
Oradan qancha vaqt o‘tganini fahm etmadi. Gohida bu shifoxonaga kechagina kelganday 
tuyulardi. Gohida esa yillab yotganday bo‘lardi go‘yo. 
Ana shunday kunlarning birida Zaynab keldi. Avvaliga uni tanimadi. Bunga ko‘z oldini 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling