Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
— Ishmi?.. Ha, ish bor... Lekin bu ish emas, maslahat. To‘g‘rirog‘i ikkalamizga tegishli 
ish. 
— Ikkalamizga? Men sen bilan hamtovoq bo‘lmagandim shekilli? Chaynalmay, dangalroq 
gapir. 
— Bu... dadil aytadigan gap emas-da... Keling, bir chekib olay, bo‘lmasa, yorilib 
o‘laman. 
— Bo‘pti, chek, yorilib o‘lsang, yana tovoningga qolib yurmay, — Jalil shunday deb 
derazani qiya ochdi-da, yoniga stul qo‘ydi. — Shu yerda o‘tirib chek, uyni sasitma. 
Kesakpolvon bir-ikki tutatdi-da, Jalilga qaramagan holda so‘radi: 
— Asad... Krasnoyarda kasal bo‘libmidi? 
— Ha... — dedi Jalil uning bu holatiga tushunmay. — Nimaga so‘rayapsan? 
— Do‘xtirlar ko‘rishdimi, nima deyishdi? 
— Shamollagan ekan. Bir hafta yaxshi qarashdi. 
— Bir hafta... Shamollagan odamni bir hafta qararkanmi? 
— Nima demoqchisan? 
Kesakpolvonning mujmalligi Jalilning g‘azabini qo‘zg‘atdi, ayni chog‘da xavotirga ham 
soldi. 
— Bekning yo‘tali menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon sigareta burqsitib. 
— Yo‘tali ancha cho‘zildi... Menga qara, sen nega mijg‘ovlanyapsan? Maqsadingni ayt. 
— Maqsadmi?.. Okaxonim, hammaga aql o‘rgatasiz, duch kelganni bobillab so‘kib, 
qopasiz-u, oshnangizning ahvolini bilmaysiz. 
— Gapni cho‘zma, deyapman! 
— Bekning kasali og‘ir. Tuzalishi qiyin bo‘lgan kasaldanmish. Lekin u yashiryapti. 
— Tuzalishi qiyin?.. Qanaqa kasal? 
— Qanaqa kasal?! — Kesakpolvon jahl bilan o‘rnidan turdi-da, barmog‘iga qistirib turgan 
sigaretini tashqariga otdi. — Galvarsmisiz? Yo merovmisiz? Kasali — rak! Endi 
tushundingizmi? 
— Sen... bola, valdirama! — deb baqirdi Jalil. — Yomon nafas qilma! 
— Yomon nafas emish... Yomon nafas emas bu. Do‘xtirlarning xulosasi shunaqa. Bu 
Krasnoyardayoq ma’lum bo‘lgan. 
— Bekor aytibsan! Ma’lum bo‘lganida men bilardim. 
— Katta ketmang. Buni faqat ikki kishi biladi: Asadu Mahmud. 
— Sen-chi? Sen qaerdan bila qolding? 
— Uchinchi odamdan... do‘xtirdan. 
— Olib kel o‘sha do‘xtiringni. 
— Yo‘q, u kelmaydi, kelolmaydi. 
— Nega? 
— U «Hech kimga aytmayman», deb qasam ichib, so‘ng qasamini buzgan. Bek qasamini 
buzganlarni kechirmaydi. Bu gap oramizda qolsin, a? 
— Ishonmayman. 
— Ishonmasangiz ham bir ishni qilish kerak. Bek o‘limni bo‘yniga olganga o‘xshaydi. U 
ahvolidan boshqalarning xabar topishini istamayapti. Uning hozir birdan-bir sirdoshi — 
Mahmud. Nega ming yillik qadrdoni — siz emas, men emasman, nega Mahmud? 
— Uni yaxshi ko‘radi. Ukasiga o‘xshatadi... 
— Yaxshi ko‘rishini bilaman. Lekin Mahmud-chi? Nega u hech bo‘lmaganda siz bilan 
meni ogoh qilmayapti? Fikri buzuq u bolaning! Bekning o‘limi — uning to‘yi bo‘lishi 
mumkin. U Bekning o‘rnini egallashni niyat qilgan. Shu sababli mendan yashiradi. 
— Bu endi o‘zlaringning ishlaring. Asadga bir nima bo‘lsa o‘sha zahoti bir-birlaringning 
go‘shtlaringni yeyishni boshlaysanlar. Ammo bilib qo‘ylaring: hammang xor bo‘lib, qirilib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling