Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
109 O‘sha kezlari bir birodarimning akasi uylanadigan bo‘lib, to‘yda xizmat qildik. To‘yda xizmat qilish o‘zimga ham yoqardi. O‘zimni katta odam his qilib, bir-ikki qultum shaytonning suvidan ham tatib turardim. O‘sha to‘yda bir ulfat menga keragidan ortiqroq xizmat buyurdi. Nazarimda ular meni kalaka qilayotganday tuyulib, aytganlarini bajarmay qo‘ydim. Ularga bu malol keldi. Bittasi chaqirib, so‘kdi. Men javob qaytardim. Xullas, to‘y oxirlagach, ko‘chaga chaqirishdi. Tap tortmay tashlashdim. To‘rt yigitga bas kelolmadim. Mashinalariga bosib, ovloq bir joyga olib borishdi. Urishdi. Xullas, qo‘l- oyoqlarimni bog‘lab... yechintirishdi... Shunda insoflirog‘i ularni to‘xtatdi. Qo‘l-oyog‘imni yechdi. Mashinada yana gap talashib, olishib ketdik. Shunda qo‘limga mixburagich tushib qoldi. Ey-y... — Botirov bosh chayqadi. — Shaytonga bandi bo‘lganingda ko‘zingga hech narsa ko‘rinmas ekan. Menga xayrixoh bo‘lgan, qo‘l-oyoqlarimni yechgan, og‘aynilarini insofga chaqirgan yigitning biqiniga sanchib olsam-a... Ular yaralangan og‘aynilarini kasalxonaga eltib, meni mahallamga olib kelib rosa tepkilashdi. Uyga bir ahvolda kirib bordim. Adam rahmatli safarda edilar. Akam, onam yuvib-tarab, yaralarimga malham qo‘yib, yotqizishdi. Bir hafta o‘rnimdan turmadim. Sal o‘zimga kelgach, milisaga olib ketishdi. — Bir haftagacha sizga hech kim hech narsa demadimi? — Yo‘q. — Siz do‘xtirga ham uchramadingizmi? — Yo‘q... Men u yigitlarning nayrangini tushunmabman. O‘zimga kelib olishimni kutib turib, so‘ng milisaga aytishgan-da. Mayli, men ulardan xafa emasman. Zulm qildimmi, jabrini tortishim kerak edi. Men o‘shanda qozilardan ranjigan edim. Hozir ulardan ham xafa emasman. Roziman, hammasidan. — Nimaga? — deb ajablandi Zohid. — Axir ular adolat qilisha olmas edilar. Odam adolat qilmog‘i uchun musulmonsheva bo‘lishi shart. Haq yo‘lida turishi kerak, yuragida iymon nuri, tilida Ollohning zikri bo‘lishi kerak. Busiz qanday adolat qilsin? Bunaqa odamlarga mening rahmim keladi. Ollohdan ularni isloh qilmog‘ini so‘rab duolar qilaman. — Demak, sizga birinchi safar tuhmat bo‘lmaganmi? — Yo‘-o‘q... Bir jihatdan qamalganim yaxshi natija berdi. Qamoqxonada ko‘zim ochildi. Shukrki, iymonli odamga duch kelib, Haq yo‘lini tanidim. Shaytonga qullik qilmaydigan bo‘ldim, nafsim bilan jihodga kirishdim. Bilmadim, birodar, siz bunga tushunarmikinsiz... ammo men baxtimni o‘sha qamoqda topdim. «Bema’nilik, — deb o‘yladi Zohid. — Qamoq — jazo. Baxt topadigan joy emas. Buning esi og‘ib qolganga o‘xshaydi». — Gaplarim bema’niga o‘xshaydi, a? — dedi Botirov xuddi uning fikrini uqqanday. — Ammo Haq yo‘lidagi har qanday odam gapimni tasdiq etishi mumkin. Birov pul topsa, birov katta mansabga yetishsa, birov yaxshi ko‘rgan qiziga uylansa.... baxtimni topdim, deydi. Ular — adashgan bandalar. Baxtning chin ma’nosini anglamaydilar. Eng ulug‘ baxt — Haq yo‘lini topish, o‘zini, butun olamni yaratgan Robbisini taniy boshlash emasmi? Bu baxtdan benasiblik nimani anglatadi, bilasizmi? Zohid so‘roq qilishi lozim bo‘lgan bu mahbusning gaplarini tinglay turib, bobosini esladi... ...Sadaqayrag‘och kabi o‘sgan oq o‘rik... Supaga to‘shak to‘shalgan. Bobosi... ko‘zoynakning singan bandi o‘rniga ip tortib qulog‘iga ilgan. «Qani, do‘ngpeshonalar, o‘tiringlar-chi, eshitinglar-chi...» Hozir bobosi shunday deb chorlaganday bo‘ldi. So‘ng ko‘p marta takrorlagan gaplarini aytdi: «Olloh taborak va taolo insonlarni sinamoq uchun bu dunyoga yuborgan...» «Bu yigit ham sinovni gapirdi. Sinovdan kim o‘tadi? Faqat shu yigitga o‘xshaganlarmi? Biz-chi? Men adolat izlab gangib yuribman. Topamanmi uni? Topganim — sinovdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling