Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 — Bugun qo‘ymoqchimisan? — Maslahatga qarayman. Kesakpolvon yigit bilan gaplashib turganda Hosilboyvachchaning yigitlaridan biri unga yaqinlashdi. — Haydarjon aka, ishqivozlik bormi? — dedi u itga ishora qilib. — «Mi»sini olib tashlab gapir. Men ko‘rgan kuchukvozliklarni ko‘rish uchun yana yuz yil yashashing kerak. Keyingi paytlarda vaqt bo‘lmadi. Bo‘lmasa bitta qo‘ymas edim. — Bugun qoling bo‘lmasa, zo‘rlari qo‘yiladi. — Shuni aytyapsanmi? — Buning gavdasiga ishonmang. Po‘k hali. — Sen qaerdan bilasan? — Bilaman-da... Tirikchilik shu yerda, akaxon, — dedi yigit miyig‘ida kulib. — Bu yer... senga qaraydimi? — dedi Kesakpolvon ajablanib. — Ha... — dedi yigit aybdor boladay undan ko‘zini olib qochib. Kesakpolvon bu yer shu yigitga qaragani uchun ajablanmadi. Uning taajjubi boshqa narsaga bo‘ldi: bir vaqtlar Asadbek gullatgan bu joy qachon, qanaqasiga Hosilboyvachcha ixtiyoriga o‘tib qolgan ekan? Bu joyga xo‘jayinlik qilishga to‘la huquq ularning ixtiyorida bo‘lgani holda nechun e’tiborsizlik qildilar? Buni Asadbek biladimi yo Mahmudning xabari bormi? — Cho‘tal yaxshi tushib turibdimi? — dedi Kesakpolvon shularni xayolidan o‘tkazib. — Yomon emas. — Sen faqat men bilan salom-alik qilasan, — dedi Kesakpolvon amr ohangida. — Gap yo‘q, akaxon, dilimdagini aytdingiz, — dedi yigit itoat bilan. — Birpas qolasizmi? — Qolaman. — Kesakpolvon shunday deb itga qaradi. — Unga qo‘ymang... — Xuddi shunga qo‘yaman, — dedi Kesakpolvon o‘jarlik bilan. — Tavakkal: yo chikka, yo pukka. Sen ishingni bilib qilaver. Hozir kelaman. Kesakpolvon tashlandiq bog‘ chetida turgan mashinasiga borib piyolaga to‘ldirib konyak quydi-da, simirdi. Qaqshay boshlagan badaniga rohat yugurdi. Yarim soat ichida bu yer gavjumlashdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, «ish kuni» boshlandi. Somsachilar, hasipchilar bug‘ o‘rlab turgan tog‘oralarini qo‘ydilar. Kabobchilar qo‘ralarini o‘rnatdilar. Eski, pachoq «Zaporojets»ning yukxonasi ochildi. Butun mamlakat bo‘ylab ichkilikka qarshi kurash ketayotgan damda yukxonaga terilgan aroq-konyaklarni ko‘z- ko‘z qilish — qahramonlik namunasi edi. Agar biron kishi kelib, «Sen partiya qarorlarini nega buzyapsan?» desa u bamaylixotir ravishda «Bu yer partiyaga qaramaydi, partiyangning qarori ko‘chaning nariga betida o‘tadi», deyishi mumkin. Agar da’vogar odam yuqori idoralar nomini o‘rtaga qo‘yib dag‘-dag‘a qilsa, chorasi oson — og‘zi bitta, nari borsa ikkita shisha bilan yopiladi. Shunda ham ko‘nmasa, u holda Hosilboyvachchaning yigiti bilan ikki og‘iz «shirin suhbat» quradi. Somsachiga, hasipchiga, aroqchiga, xullas, hammasiga faqat shu yigitning so‘zi o‘tadi. Tomosha tamom bo‘lgach, hammalari u bilan bir-bir so‘rashib, valine’matlik qilayotgani uchun minnatdorlik bildiradilar. Daromad mo‘mayroq bo‘lgan kunlari «otamsiz» deyishdan qaytmaydiganlar ham bor. Bugungi daromad haqida bashorat qilishga hali erta, lekin bir narsa aniq — salomlashish chog‘ida yigit ularga xo‘jayin o‘zgarganini, shu bois «narx- navo» oshganini ma’lum qiladi. Ular noroziliklarini ichlariga yutganlari holda, shodiyonalik belgisi sifatida yana yuz so‘mdan «suyunchi» cho‘zadilar. Kesakpolvon yana bir piyolani bo‘shatgach, somsachiga yaqinlashganda yigit paydo bo‘ldi. — Zakkaz somsa, keling oka, g‘ichcha yog‘ yeysiz, — dedi somsachi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling