Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 — Yo‘q. Hozircha yuvoshgina turishibdi. — Hammasi yig‘ildimi? — To‘rttasi Krasnoyarda ekan. Asadbek Xongireyning gaplarini eslab, «Hoynahoy Kozlovga ketishgandir», deb o‘yladi- da, fikrini tasdiq etmoq uchun so‘radi: — Nimaga ketishibdi? G‘ilay aytmadimi? — G‘ilay bilmasmish. Hosil ularni uyga olib kirib, bir soatcha nimalarnidir tushuntiribdi. G‘ilayning bilgani shu. — Qachon kelisharkan? — Yo erta, yo indin. — O‘zing kutib ol. Birov bilan uchrashishlariga yo‘l qo‘yma, — u shunday deb bir-ikki qadam yurdi-da, to‘xtab buyurdi: — Krasnoyarga odam yuborsakmikin? Agar Kozlovga yopishishgan bo‘lsa, tsisternaning ishkali chiqmasin. Qishda it urishtiriladigan yaydoq maydonchada Hosilboyvachchaning yigitlari to‘planib turishardi. Ularning aksari hali o‘ttizni qoralamagan, buyurilsa olov dengizi bo‘ylab yalangoyoq yugurishdan toymaydigan yigitlar edi. Ular ajal tuniday xunuk va shum, tundan qora va zulmkor edilar. Hammalari xuddi olovday, ammo tutun kabi kekkayib, ko‘m-ko‘k osmonga bosh tortishni odat qilib edilar. Kesakpolvon G‘ilay bilan chetroqda turardi. U Asadbekning Chuvrindi bilan yonma-yon kelayotganini ko‘rib bir g‘ijindi-yu, istar-istamay unga peshvoz chiqdi. G‘ilay yangi hojasiga ergashishni ham, ergashmasligini ham bilmay, joyida qotdi. Asadbek G‘ilayga ko‘zi tushishi hamon to‘xtadi. U qizining sharmandali holda suratga olinishida G‘ilayning ham ishtiroki bor, deb hisoblardi. Shu bois avvaliga hojasiga qo‘shib uni ham o‘ldirishni istagan edi. Lekin Xongireyga borib taqaladigan masalani yechishda yordami zarur bo‘lishini inobatga olib, G‘ilayning umrini bir oz «cho‘zdi». «Hosilboyvachchani o‘rgan odamlari ushlab ketgani»ga Xongireyni ishontirishi bilan G‘ilayga hojat qolmaydi. Lekin unga qadar... Vaqti-vaqti bilan G‘ilayni ko‘rib turishga majbur. Uni har ko‘rganida qizining sharmandali holati ko‘zi oldiga kelib ezilaveradi, ezilaveradi... Boshqa chora yo‘q. To‘planib turgan yigitlar Asadbekni ko‘rishgach, o‘zga davlat boshlig‘ini sharaflashga hozirlanganday beixtiyor ravishda saf tortishdi. Aslida ham shunday edi. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, Asadbek shaytanat olamidagi «o‘zga davlat» rahbari, yigitlar esa «mag‘lub mamlakat»ning fuqarolari edilar. Moziy tiliga ko‘chirilsa, ular — qo‘mondonidan ajralgan asirlar edilar. Asirlarning taqdirini esa hamisha g‘olib amirlar hal etganlar. Agar amirning ko‘ngliga Yaratgan ozgina insof, rahm-shafqat solsa, ularning molu joni omonda, yo‘q esa talonda bo‘lganlari sir emasdir. Alhol, agar Asadbek aqliga, qalbiga zulm egalik qilsami, chaqmoqday yonib turgan bir to‘p yigit daqiqaning o‘zida bir to‘p kulga, aniqrog‘i bir to‘p murdaga aylanishlari mumkin edi. Atrofni o‘rab turgan yigitlarga birgina imo kifoya: biqinlariga tiralib turgan to‘pponchalar chiqariladi-yu, tepkilar bosiladi. Ayrimlar «Oh!» deyishga ham ulgurolmay qolishadi. So‘ng... murdalar mashinalarga ortiladi-yu, izsiz yo‘qotiladi. So‘ng...bedarak ketganlarning soni ko‘payadi. So‘ng... kimdir o‘g‘liga, kimdir eriga, kimdir akasi yoki ukasiga aza ochishni ham, umid bilan kutishni ham bilmay yillarni armonda o‘tkazadi... Yo‘q, unday bo‘lmadi. Garchi Asadbekning oyoqlari uni zulm sari yetaklagan bo‘lsa-da, inson qoni to‘kilmadi. Asadbek yigirma qadamcha berida to‘xtab, yigitlarni kuzatdi. A’yonlari uning yonida tek turganlaricha xuddi chuhralarday atrofga olazarak qarashardi. Asadbek Hosilboyvachchaning yigitlariga qarab, ularda besaranjomlik bor yoki yo‘q ekanini aniqlamoqchi edi. U tomonning xotirjam turganini ko‘rib, asta yura boshladi. A’yonlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling