Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
81 ham hazil o‘rnida qabul qilib, xoxolab kulganicha dedi: — Sizda zarur gapim bor. Kechqurun uyingizga boraman. — Shunaqa ahvolda yuviqsiz borsang uyga kiritmayman, yana dod deb yurma. Jalil shunday deb ko‘cha tomon yurdi. Kesakpolvonning ko‘zi Asadbekning qahrli nigohi bilan to‘qnashib, sergak tortdi. — Shunaqa bo‘lib yurgandan ko‘ra o‘lganing yaxshiroq emasmi? — dedi Asadbek qahr bilan. — Bir marta maishatdan qolsang, miyangga urib ketarmidi? — Jahling chiqmasin. O‘zimcha maishat qilganim yo‘q. G‘ilaydan gap olishim kerak edimi? — Xo‘sh, nima gap olding? — Hali tayinli bir nima demadi. Lekin biz tomonga butunlay og‘di — gap yo‘q! Men uni odam qilaman. — Sen unga yaqinlashmay tur. U bilan Mahmud ishlaydi. Asadbekning bu gapi Kesakpolvon uchun kutilmagan tarsakiday bo‘ldi. Shu sababli «xato eshitdimmi yo hazillashyaptimi?» deganday unga qarab qoldi. — Nimaga baqrayyapsan? — dedi Asadbek uyi tomon yurib. — Kechagi gap boshqa edi-ku? Nima uchun endi uni Mahmudga oshiryapsan? — dedi Kesakpolvon zardali ovozda. Chuvrindi ularning tortishuviga aralashmaslik uchun o‘zini chetroqqa oldi. — Vaqti kelsa bilasan, — dedi Asadbek orqasidan ergashib kelayotgan Kesakpolvonga qaramay. Uyga kirib o‘tirgandan keyin Kesakpolvonning savol nazari bilan tikilib turganini ko‘rib, yumshoqroq tarzda izoh berdi: — Mahmud balki u bilan birga Maskovga borib kelar. — Men olib borsam-chi? — Sen avval o‘rischa gapirishni o‘rgan. «Tvoyo-moyo»dan nariga o‘tolmaysan. — Maskovda nima qiladi? — Vaqti kelganda bilasan. — Nima uchun men hamma narsani oxirida bilishim kerak. Endi men itning keyingi oyog‘i bo‘lib qoldimmi? Menga ishonmayotgan bo‘lsang ayt. Xohlasang orqamga bir tepib, ko‘chaga haydab chiqar. G‘ing degan nomard! — Sasima... G‘ilay qaerda? — Mashinada. Kirsinmi? — Yo‘q! U iflosning oyog‘i ostonamga tekkan kuni chotini yirib osib qo‘yaman, bildingmi? Sen boshlab kirsang, seni ham ayamayman. G‘azab bilan aytilgan bu tahdidning zamirida chinakam zulm mavjudligini Kesakpolvon sezdi. Ammo unga bir narsa qorong‘u edi. Hosilboyvachchani nima uchun o‘ldirdi-yu, laychasiga hayot in’om etgani holda endi bu qadar nafratlanyapti? Asadbekning Hosilboyvachchani yoqtirmasligi Kesakpolvonga ma’lum edi. Lekin uni o‘ldirish uchun shuning o‘zi sabab bo‘lolmasligini ham bilardi. Chunki Asadbek ko‘p odamlarni yoqtirmaydi. Lekin shu paytgacha yoqtirmagan odamlaridan birontasini o‘zi o‘ldirmagan edi. Kesakpolvon maishat bahonasida chindan ham G‘ilaydan gap olmoqchi edi. G‘ilay hojasining o‘limi sababini bilmasmidi yo o‘zini merovlikka soldimi, harholda tayinli gap aytmadi. Chuvrindi kirib, xontaxtaning poygak tomoniga o‘tirdi. — Bek, sen hammamizga xo‘jayinsan. Shu paytgacha aqlim yetganicha maslahat berganimda xohlaganingni olib, xohlamaganingni nari otding. Men g‘ing demadim. Maslahatimga quloq solganingda hech yomon bo‘ldingmi? Hozir jahling chiqib turgan bo‘lsa ham aytay: G‘ilayni Mahmud eplay olmaydi. G‘ilayni ham, shotirlarini ham bilaman. Ular bizning yigitlarga o‘xshashmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling