Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
ishonmaydi. 
O‘rtog‘ining bu yo‘nilmagan gaplari yoqib, jilmayganida yo‘tal tutdi. Jalil unga qarab 
turib: 
— Hali ham tuzalmabsan-da, ukamga chiqib aytay, sut qaynatib bersin, — dedi. 
Kerakmas, — dedi Asadbek. 
— Shotirlaringga ayt, dori-pori bersin bo‘lmasa. 
— Hozir uyga ketaman, qo‘yaver... O‘zing bormisan? Oshnam Krasnoyarda kasal edi, 
o‘likmikin, tirikmikin, bir xabar olay, demaysan? 
— Sen o‘zing dumingni tutqazasanmi hech? Boloxonadagi shotirlaring aytishmadimi, 
necha marta bordim. Bir borganimda Manzura ham yo‘q ekan. Yana bir borsam, 
Germaniyaga ketibdimi? Tinchlikmi o‘zi? 
— Ha... o‘g‘illarini sog‘ingan-da. — Asadbek to‘ydan og‘iz ochsa, gina-yu malomatlar 
yog‘ilishini bilib, gapini qisqa qilib qo‘ya qoldi. 
Uchta cholni olib, Qo‘qonga borib keldim. Sobitxon salom dedi senga. 
— O‘zi sog‘mi? 
— Ancha yaxshi. Qo‘ltiqtayoqda yuryapti. 
— Qo‘qonga ketyapman, deb aytsang o‘larmiding? 
— O‘zingni ko‘rmasam, arvohingga aytamanmi? Nima, bormoqchimiding? 
— Borsam-bormasam, aytsang moshina to‘g‘irlab berardim. 
— Obbo... Moshin bitta sendagina bormi? Sening moshinang bo‘lmaydi bunaqa ishlarga. 
— Nega? 
— Seniki minnatli. Sen burnining tagiga soch qo‘ygan qurruqlaringdan bittasiga 
buyurasan. U xo‘p, deydi-yu, ammo ichida ming‘irlaydi. Bizga bunaqasi ketmaydi. Bizga 
xolis xizmat kerak. 
— Sobitxon bilan ancha gaplashgandirsan? 
— Gaplashdik. 
— Og‘ayningiz kasal bo‘lsa, sal shirinroq gapiring, demadimi? 
— Dedi. Sen qanaqasan o‘zing, kasal bo‘lsang kasalga o‘xshab yot. Sen o‘zingga 
yopishgan kasalga ham qasam ichirvorasan. Kasallikning ham hurmati bo‘ladi. Izzat qilib 
yotsang, ikki-uch kun mehmon bo‘ladi-yu, ketadi. Senga o‘xshab itni gijgijlaganday 
oyoqda yursa, kasal irillab, suyagini g‘ajib yotaveradi. Sen endi gapni aylantirma. 
Isitmang ko‘tarilgani uchun chaqirtirmagandirsan meni? Nima darding bor, ayt. 
— Sen sassiq bir odamsan, senga gapirgan odam baraka topmaydi-yu, men dardimni 
aytaymi? Senga birov yarasini ko‘rsatsa, malham qo‘yish o‘rniga tuz bosasan. 
— Tuz ham dori, og‘ayni, bu — bir. Sassiq bo‘lsam ham kuningga mengina yarayman, 
bu — ikki. Sening mendan boshqa do‘sting yo‘q, bu — uch. 
— Bekor aytibsan. 
— Agar shuni bilmasang — g‘irt ahmoqsan! Atro-fingdagilar do‘stmi senga? He, yo‘q... 
ular do‘st emas, ular MANFAAT. Atrofingdagilar ishi bitgunicha eshakni ham tog‘a deb 
turishmaydimi? O‘sha eshakning jiyanlarini o‘zingga do‘st deb bilasanmi? 
Bu gaplarni eshitib, Asadbek asabiylashdi. Uni bu safar jahlini qo‘zg‘otgan narsa — 
haqiqat edi. Chin do‘sti yo‘qligini uning o‘zi ham bilardi. O‘zi bilgan haqiqatni boshqa 
odam tilidan eshitish malol keldi. 
— O‘chirasanmi, yo‘qmi?! — dedi u ovozini balandlatib. 
— Bo‘pti, o‘chirsam o‘chirdim. Endi sen gapir. 
Asadbek unga olayib qaradi. Bir necha daqiqa burun ko‘rishni istayotgan odam endi uni 
chaqirtirganiga pushaymon bo‘ldi. 
— Ketaver, gapim yo‘q... ko‘rgim keluvdi. 
— O‘zi keldi yor-yor, o‘zi ketdi yor-yor... Bizning ish shu-da. Gaping bo‘lmasa ketdim, 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling