Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Bundan xavotirlanmang, ayriliq bo‘lmaydi, oyi. Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda 
olib qolmoqchi emas. Ularning maqsadi qizlarini Vatanga uzatish. Shu yo‘l bilan Vatanga 
qaytish. 
— Qizlarini uzatib, o‘zlari yolg‘iz qolishadimi? 
— Oyi, hali ularning gaplarini tushundingizmi? Ularda hamma narsa bor. Faqat Vatanlari 
yo‘q. Vatansiz yashash ular uchun juda og‘ir. Biz buni tushuna olmaymiz. Vatan deyilsa 
ular qizlar tugul jonlarini ham berib yuborishga tayyorlar. «Biz Vatan hajrida kuyib 
o‘tyapmiz, farzandlarimiz kuymasin», deyishadi. Agar tarozining bir pallasiga 
farzandlaridan ayrilish azobi, boshqa pallasiga Vatan hajri dardi qo‘yilsa, dard bosib 
ketadi. Ular shunaqa odamlar. Biz o‘qishni tugatish bilan qaytamiz. 
— Xudo o‘sha kunga yetkazsin, ishqilib. Lekin... dadanglar nimagadir qaytishga 
shoshilmanglar, deganday bo‘ldilar. 
— Nima uchun? 
— Bilmadim, bolam... balki o‘zlari ham shu yoqlarga kelib yashamoqchidirlar. Ishlarini 
bilasan-ku... U yoqlar notinchmi, deyman? 
Manzura erining maqsadini aniq anglamagan edi, shu bois mavhumroq ohangda aytdi. 
Onasidan eshitgan yangilik o‘g‘il uchun kutilmagan edi. Bunda Said Muzaffarxonning 
niyati boshqa, unda Asadbekning umidi bo‘lak bo‘lsa?! Biri Vatanga intilsa, ikkinchisi esa 
qochmoq, yiroqlashmoq ilinjida... Samodagi qora bulut parchalarining biri manfiy, 
ikkinchisi musbat quvvatga ega bo‘lsa, yaqinlashmoq onlarida chaqin chaqnaydi, olam 
ostin-ustun bo‘lganday tuyuladi. Shu xayolga borib, Abdusamadning yuragi uvishdi. 
O‘ziga-o‘zi tasalli berish maqsadida: 
— Oyi, siz noto‘g‘ri tushungandirsiz? — dedi. 
Manzura o‘g‘lidagi o‘zgarishni sezib, xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi: 
— Ha, bolam, xato tushungandirman. Adanglarni bilasan-ku, ochiq-sochiq gapirmaydilar. 
Bu yoqqa kelishlari... Yo‘q, kelmaydilar. Eski hovlilarini sog‘inib turadilar-ku... Bu 
yoqlarga butunlay kelarmidilar... Yo‘q, kelmaydilar. 
Chindan ham Manzura Asadbekni noto‘g‘ri tushungan edi. «Men o‘g‘illaringning o‘sha 
yerda o‘qib, o‘sha yerda ishlashlarini xohlayapman», deganida o‘zining ham ko‘chib 
borishini nazarda tutmagan edi. Garchi o‘sha suhbatda Asadbek uch-to‘rt yilda 
qaytishadi, deya gapini yumshatgan bo‘lsa-da, Manzuraga egalik qilgan xavotir iskanjasi 
bo‘shashmagan edi. Chuvrindi kuzatayotganda «Tilla taqinchoqlarni ko‘proq olavering, 
balki o‘sha yerda asqotar, balki uch-to‘rt oy o‘sha yerda qolarsiz», deganida eri aytgan 
«uch-to‘rt yil»ni eslab cho‘chib tushdi. «Zaynabni keyinroq yuboramiz», devdilar. Sekin-
sekin hammamiz ko‘chib o‘tarkanmiz shekilli» deb ham o‘yladi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda 
Asadbek oilasining o‘sha tomonlarda yashashini istab qoldi. Lekin o‘zining ham ketishi 
sira rejasida bo‘lmagan. Ayniqsa, xastaligi aniq bo‘lib, Hosilboyvachcha qiliqlarini 
boshlagan damda ketishni o‘ylashi mumkin ham emasdi. Uning birdan-bir niyati — 
oilasining tinchi va farovonligi edi. Bu niyati Manzuraga, alhol o‘g‘liga-da qorong‘u edi.
3 
Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikonzor 
kabi tuyuldi. Oilasidan ilk karra uzoq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak 
yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan 
Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyuldi. Uy isib ketib, nafas olishga arzirli 
havo qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. Yuziga 
salqin shabada urilib, orom oldi. Tashqarida maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan, 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling