Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 bir necha hafta ilgari «Men ularning qo‘yniga ilon bo‘lib kirib, bitta-bitta chaqib o‘ldiraman», degan ekan. «Ular» degani kim, bilasizmi? — Hosilboyvachchami? Yo... Asadbekmi? — Asadbek bo‘lsa ehtimol... Ammo, nima uchun chaqib o‘ldirmoqchi edi? — Said Qodirov javob kutmay yana bir savol tog‘ini ko‘ndalang qildi: — Hosilboyvachchaning murdasi qaerga ko‘milgan? Qaerga ko‘mishgan bo‘lishlari mumkin? Zohid Said Qodirovning Elchin haqidagi gaplarini eshitib, daf’atan Anvar bilan bo‘lgan uchrashuvni, «Sunnatullaevning o‘limini Elchindan ko‘rmang», degan gapini eslab «u chaqishga ulgurdimi yo endi chaqmoqchi edimi?» deb o‘yladi. Ammo bu haqdagi fikrini Said Qodirovga bildirmadi. Said Qodirov javob kutar edi. Zohid unga qarab, javob o‘rniga yelka qisib qo‘ya qoldi. — Murdani topish kerak. — Agar maydalab yoqib yuborishmagan bo‘lsa, topsa bo‘lar. — U holda kulini bo‘lsa ham topish kerak! VII b o b 1 O‘limning muzdek labiga labini tutayotgan, o‘limning dimog‘idan ufurayotgan sovuq nafasdan eti seskanayotgan Zaynabni telefon jiringi qo‘rqitib yubordi. Undan bo‘sa olmoqni, bo‘sa nima ekan, jon olmoqni ixtiyor etgan o‘lim farishtasi ham cho‘chib, g‘oyib bo‘ldi. Uning uzoqlashishini istamagan Zaynab telefon go‘shagini ko‘tarmay picha kutdi. Telefon qo‘ng‘irog‘i to‘xtovsiz jiringlayverdi, o‘limning nafasi esa uzoqlashaverdi. U sirtmoqni bir qo‘liga olib, ikkinchisi bilan go‘shakni ko‘tardi. Go‘shak og‘ir tosh kabi tuyuldi — qulog‘iga arang olib borib «labbay» demoqchi edi, tili aylanmadi — go‘yo o‘lim bo‘sa olayotgan damda tilini muzga aylantirib qo‘ygandek edi. — Alyo, alyo, Zaynab! Zaynab!! Onasining mayin ovozi sovuy boshlagan badaniga iliqlik baxsh etdi. Jamshidning o‘limini eshitib o‘zini osgan damda ham shu ovoz unga jonini qaytargan edi. Bu nima o‘zi? Mo‘’jizami yo tush ko‘ryaptimi, yo alahsirayaptimi?.. Onasining ovozi uning muzlagan tilini ham eritdi. Beixtiyor: — Oyijon! — dedi-yu, butun vujudiga titroq yugurdi. Dunyoda to‘siqni bilmaydigan nima bor, deb so‘ralsa hech ikkilanmay «ona qalbi» deb javob berish mumkin. Na masofa, na vaqt ona qalbiga o‘z hukmini o‘tkaza oladi. Mana hozir ham Manzuraning bezovta qalbi qizining huzuriga yetib kela oldi. Zaynabning birgina xitobi — «Oyijon!» deyishining o‘ziyoq ahvolini onasiga oshkor etdi. — Zaynab, jon bolam, sog‘lig‘ing yaxshimi, senga nima bo‘ldi? — Oyijon... — Zaynab nima deyishini bilmay, kalovlandi. Hatto «yaxshi yetib oldingizmi?» degan gap ham xayoliga kelmadi. O‘zi uchun ham kutilmaganda, o‘zi ham istamagan holda ko‘krak qafasida bir faryod uyg‘onib, yuqoriga intildi. Bo‘g‘ziga yetganda esa to‘xtab, uni entiktirdi. — Zaynab, gaplarimni eshityapsanmi, nimaga indamayapsan? — Yaxshiman, — dedi Zaynab titroq ovozda. — Tobing yo‘qmi, nimaga ovozing o‘zgarib turibdi? — Shamollabman... — O‘zingga qara, jon bolam, yotishdan oldin sut qaynatib ich. — Xo‘p. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling