O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti musiqatarix I
Download 73.62 Kb.
|
Sattorov Hikmat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: S.Do’stov Buxoro - 20 2 2 REJA
- Alisher Navoiy”
- Zulmatdan ziyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI M u s i q a t a r i x i fanidan Kurs ishi Mavzu: Sayfi Jalilning “Zebuniso”, Mutal Burhonovning “Alisher Navoiy”, Rashid Hamroyevning “Zulmatdan ziyo” operalarining musiqiy-nazariy tahlili va tasnifi Bajardi: H.Sattorov Ilmiy rahbar: S.Do’stov Buxoro - 2022 REJA: Кirish. S. Jalilning “Zebuniso” operasi haqida. M. Burhonovning “Alisher Navoiy” operasi haqida. R. Hamroyevning “Zulmatdan ziyo” operasi haqida. Xulosa. Adabiyotlar ro’yxati. Operaning adabiy asosi - librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o‘z ifodasini topadi. Turli vokal ansambl (duet, trio va b.) larda qahramonlarning o‘zaro munosabatlari o‘z aksini topadi. Xor esa ro‘y berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta o‘rin egallaydi: vocal shakllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qismlarda vaziyatning mazmunini ochib beradi. Operaning tuzilishi uning g‘oyaviy maqsadiga, sujet xususiyatlariga va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq. “Zebuniso” Alisher Navoiy nomidagi akademik, katta opera va balet teatr jamoasi 1987 yili kompozitor Sayfi Jalil, shoir Uyg’un librettosiga yozgan “Zebunniso” (“Samarqand Ushshog’i”) nomli operani tomoshabinlarga havola qildi. Operani librettosi Uyg’unning 1982y. “SHarq yulduzi” jurnalini № 2,3 sonlarida chop etilgan va o’zbekiston milliy drama teatrida sahnalashtirilgan “Zebunniso” drama asosida yozilgan. Opera janrni qonun xususiyatiga binoan asar qisqartirilgan va librettoga ariya, arioza, vokal – ansamblg’ va xor nomerlarga shehrlar bastalangan. Mazkur tarixiy – beografik, lirik – drama operada XVII asrda Hindistonda hukumdorlik qilgan shoh Avrangzebni qizi, mashhur shoira Zebunnisoning hayoti va ijod taqdiri ifodalanadi. Opera qatnashchilari: Zebunniso – shoira, soprano; Uning otasi shoh Avrangzeb – bariton; Roziy – hind shoiri, Zebunnisoning sevgilisi – tenor; Akbar – shohni o’g’li, Zebunnisoning akasi – tenor; Roja Ram – Akbarni do’sti – bpriton; Muhammad Said – Zebunnisoning ustozi, shoir va olim – bas; Nargiz - kanizagi – soprano; Jahonoro begim – Zebunnisoning ammasi – metsosoprano; Ziynatunniso – Zebunnisoning opasi, shoira – soprano; Amirxon – Avrangzebni vaziri – tenor; Mulozimlar, soqchilar, saroy ayonlari, raqqosalar va boshqalar. Operani qisqacha mazmuni. Voqea XVII asrda Hindistonda o’tadi: Zebunniso va Roziy - ikki shoir – bir birlariga ko’ngil qo’yadilar. Ularning sevgi muhabbatlari saroyda oshkora bo’ladi. Bunga shoh Avrangzeb mutlaqo qarshilik ko’rsatadi. U qizini o’z vaziri Amirxonga turmushga uzatishga ahd qilgan. Zebunniso otasini taklifini va buyrug’ini rad etadi. Amirxonning tavsiyasi bilan shohni o’g’li Akbarni, uning do’sti Roja – ramni va shoir Roizni urushga jo’natadi. Vazir Amirxon ularni orqasidan o’zining uch navqiron yigitlarni o’ldiradi. Bu noxush xabarni shoh (qayg’u - yig’i bilan) qizigv xabar beradi va Amirxonga turmushga chiqib, ota taxtini saqlab davlatni boshqarishni va saroyga qaytishini taklif qiladi. Zebunniso “Mening tojim shehriyat! ” deb taklifni rad etadi. Ya’ni, lirik – dramatik operada sodir bo’ladigan voqealar asosan ikki bosh personaj – Zebunniso va uning otasi shoh Avrangzeb atrofida mojoro markazlashtirilgan. Mazkur tarixiy – biografik mavzuda yozilgan opera “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi operalarni anhanalari asosida yozilgan. Asarning lirik – dramatik ruhi musiqiy til bilan hamohang. Mana shu xususiyat voqelikni idrok etib kompozitor Sayfi Jalil (1932 - 2003) lirik – shoira Zebunnisoning ruhiy olamiga hamohang ravishda musiqa bastalagan. Mazkur opera ikki parda, to’rt ko’rinishdan iborat. Asar musiqiy muqaddima bilan boshlanadi. Mashhur “Samarqand ushshog’i” ashulani kuyi asosida yozilgan “Leyttema” orkestr sadosida jaranglaydi. Mazkur “Leyttema” operani dramaturgiyasini rivojlanish jarayonida muhim rolg’ o’ynaydi. Ya’ni, sevgi – muhabbat bilan bog’liq sahnalarda sodir bo’layotgan uchrashuvlardan oldin orkestrda namoyon bo’lib musiqiy dramaturgiyasini jipslashtiradi va operani oxirida “Samarqand ushshog’i” so’zi bilan to’liq jaranglaydi. Bu “Leyttema”dan tashqari Zebunnisoning va otasi Avrangzebni “Leyttema”lari bor. Ular ota – bolani to’qnashuvlari bilan bog’liq sahnalar oldidan kirish musiqada namoyon bo’ladilar. I – parda, I – ko’rinish Dehli shahrida, Zebunnisoning qasrining go’zal bog’ida o’tadi. Zebunnisoning dugonasi Nargiz boshlik bir – talay qizlar bog’da sayr qilib, bir – birlari bilan o’ynashib, ikki ovozli “O” vokalizda tez harakatli yalla – (xor) aytib raqsga tushadilar. Qizlarni jozibali va jo’shqin yallasiga Zebunniso ham jo’r bo’ladi. Qizlarning davrasi avjiga chiqqan bir paytda shoir Roziy kirib keladi va qizlar tezlikda g’oyib bo’ladilar. Zebunniso va Roziy ikki shoir (o’hangdor rechitativ) samimiyat bilan uchrashadilar. Ular jo’sh urib kelayotgan his – tuyg’u sirli muhabbatlarini dilbar, go’zal, latofatli duetda bir – birlariga izhor etadilar. Duet ikki taktli kirish musiqadan so’ng, shunday boshlanadi: Mazkur duetni Zebunniso va Roziy quyidagi so’zlar bilan davom etadilar: Roziy – “Ko’rgali husningni zoru mubtalo bo’ldim senga”, Zebunniso “Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim senga”, Roziy “E, ko’ngil tarki nasihat aylading, ovora bo’l!, Zebunniso “Yuz balo yetmasmi, men ham bir balo bo’ldim senga”, Roziy “Ha, Navoiy bu g’azalni bizga atab yozganday!”, Zebunniso “Ulug’ shoir huddi bizning ko’nglimizni bilganday!”, Roziy “Bu ishq majnun qilmasin deb oqibatta meni ham, vahimalar girdobida qovrilamen, yonamen”, Zebunniso “Oh, Laylining taqdiriga o’xshamasin taqdirim”, Roziy “Ha, Farhod ham, Qays ham sevgi sharobidin totolmay, sipkarishga majbur bo’ldi, firoq, hijron zahrin... Siz malika, men bir oddiy fuqaromen, shoirmen...”, Zebunniso “Odamlarni ajratmaydi sevgi shohu gadoyga! Muhabbatning huzurida shohu gado barobar” , Roziy “Yor vasliga yetib bo’lmas! Qulog’imga chalindikim, seni boshqa birovga bermoqchimish otangiz”, Zebunniso “Faqat o’ligimni beradi!” Otam yurtga shoh. Men esa o’z ko’nglimning shohimen! , Roziy “Bunga gumon qilmayman... Ammo, otang rozi bo’lmas...”. Zebunniso “Men rozimen, kifoya!”. SHu so’zlarni jozibali, milliy ruhda bastalangan duetda ikki navqiron, yorqin istehdod sohiblari Zebunniso va Roziy boshlariga qandayin mushkul tushsa ham, bir – birlariga sodiq qolishga ahd – paymon qiladilar. Mazkur re – minorda yozilgan duet operani musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida asosiy ziddiyat (konflikt)ni bunyodga kelishiga sababchi negizidir. CHunki opreda sodir bo’ladigan qarama – qarshiliklar shu ikki yoshlarni taqdirlari bilan chambarchas bog’langan. Zebunnisoning qasriga ammasi Jahonaro begim, opasi Ziynatunisso, dugonasi Nargiz va qizlar kirib keladilar va Roziy tezda chiqib ketadi. Ammasi, “Uzoqlashgan kim ediki? Zebunniso “Ha, shoir Roziy”. Opasi Ziynatunisso va Nargiz, fursatdan foydalanib, Zebunnisoning shaniga, hazil toyifada, turlicha piching, qistirma so’zlar otishadi. Jahonaro begim “Qizlar bo’ldi endi, gap tarqalib ketmasin!, Yaxshisi o’ynaglar, raqs bilan yallarlar aytinglar”. To’rtta raqqosa qizlar orkestr jo’rligida, o’rta harakatli (Andantino), turkcha lirik raqsni ijro etadilar. Bu raqs to’xtovsiz tez harakatli (Allegro) ikkinchi turkcha raqs musiqaga o’tib ketadi. Orkestrga kiritilgan doyra va nog’ora sozlarning jo’shqin – jazavasiga barcha qizlar o’ynao’dilar. Jazoir xalq kuyi asosida yozilgan ikki ovozli vokaliz xor bilan davra nihoyasiga yetadi. Zebunnisoning huzuriga ustozi, shoir va olim Muhammad Said tashrif buyuradi. Ular dars qiladilar. Zebunniso ustozi yodlashga bergan Lutfiyni , Navoiy va Boburni shehrlarini ohangdor rechitativda bayon qiladi. Ustozi “Borakallo!” deb hursandchiligini izhor etadi. Zebunniso “Menga juda yoqib qoldi Bobur bobomizni bir bayti “Bori elga yaxshilik qilg’inki, andin yaxshi yo’q, kim deg’aylar dahr aro qoldi falondin yaxshilik”. Ustozi “Ha, bobongiz Bobur Mirzo juda yaxshi aytganlar, olam mahno yotur bu so’zlarning mag’zida”. Zebunniso, hayajon bilan yurtda sodir bo’lgan notinch – ziddiyatlar uni vijdonini qiynayotganini “Ballada” izhor etadi: Zebunniso mazkur balladada shoh Avrangzebning o’z davlatida xalqlar o’rtasida urush qilib, shafqatsizlik bilan insonlarning nohaq qonlari to’kilishiga sababchi otasidan norizoligini ustoziga izhor qiladi. Ustozi esa, uni yupatish niyatida “Bu so’zlarni eshitgudek bo’lsa agar otangiz, g’azablanur, xafa qilur sizni ham”. Zebunniso “Ha, bilaman, otam qaytgan bobolarning yo’lidan Bobur Mirzo fazilati mutlaqo yo’q otamda, hamma ayb o’zida”. SHu payt mulozim kirib, “Otangiz sizni zudlik bilan saroyga yetib kelsin dedilar” deb Ustoz bilan birga chiqib ketadi. Zebunnisoning resitativi va balladasi dramatik jihatdan tahsirchan. Ayniqsa ballada orkestrning ......... cholg’ular guruhini jo’rligida shoirani jafo chekish ruhiy holatini yaqqol gavdalantirishda orkestrni barcha partiyalari avj nuqtasida jaranglashlari diqaatga sazovordir. Zebunniso bog’da yakka o’zi hovuz yonida kursiga o’tirib o’ychan – g’amgin holatda, ashula shaklida bastalangan “Sensan sevarim” mahyusli – lirik ariyada shoir Roziyga bo’lgan ishqiy – muhabbat his – tuyg’usini va davlatda sodir bo’lgan nohush ziddiyatlardan yurak – bag’ri ezilgan holatini izhor etadi. Orkestrning vazmin suratda, bir maromli largo (m - 40) tempo harakatli, mahyus – iztirobli kuylashiga, bir – navda yozilgan akkordlar fakturada jo’r bo’lib tebranishi ariyaga alohida mahno beradi. Ulug’ shoir Lutfiy g’azaliga yozilgan mazkur ariyani ijro etib, xayolga cho’milgan Zebunnisoning huzuriga xayirlashgani harbiy kiyimda akasi Akbar do’sti Roja – Ram bilan kiradilar. Ular muloqotda bo’ladilar. Savol – javob jarayonida Roja – Ram Zebunnisoning shehriyatiga maftun bo’lganini izhor etadi. Zebunniso ham “Xabarim bor sizni ham shehrlaringizdan”. U forsiy tilda o’z g’azalidan o’qib beradi va valg’s tempida bastalangan “Tong qizlari” qo’shiqn ijro etadi. Unga ofarinlar izhor etadilar. Nima uchun sizlar harbiy kiyimdasilar? Zebunnisoning savoliga ular shohni buyrug’i bilan urushga ketayotganliklarini aytadilar. Zebunniso “Vo ajab, bu dahshat! Bu dahshat!”. Akbar “Singlim, otamiz boshlagan urushda, musulmon ham hind ham birday xonavayron bo’lmoqda, sen tashvishlanma, biz omon qaytamiz” deb xayirlashadilar. Zebunniso esa chuqur hayoliy o’yga cho’miladi. U shu holatda otasining huzuriga ketadi. II – parda, II – ko’rinish. SHoh Avrangzebni saroyida o’tadi. Bu ko’rinish kirish musiqa bilan parda ochiladi. SHoh Avrangzeb vaziri Amirxon bilan mayishab qilmoqdalar. Kanizak – raqqosalar birin – ketin hindcha, turkcha va arabcha raqslarni ijro etadilar. Mulozim Zebunnisoni saroyga kelganidan xabar beradi. Zebunniso otasini huzuriga tahzim qilib kiradi. Kanizak – raqqosalar chiqib ketadilar. Amirxon esa boshqa xonada bekinib, ota – bolani o’rtalarida bo’layotgan gaplardan xabardor bo’lib turadi. Ota – bola bir – birlari bilan salom – alaykum odobni saqlab, otasi asosiy maqsadiga o’tadi. Orkestr sadosini jo’rligida, ohangdor rechitativda ularning muloqotlari namoyon bo’ladi. SHoh Avrangzeb “Qiziga yig’lamsirab” dardini shunday izhor etadi: Zebunniso (javoban) “O’zingizni begunoh deb o’ylaysiz, aybingizni bo’yningizga olmaysiz!” Otasi “Yo’q, yzq, yo’q!” Bo’ynimgav oladigan gunohim yo’q! Aybim yo’q! Bu so’zlarni eshitgach Zebunniso quyidagi balladada uning gunohini eslatadi: Bu achchiq gaplarni eshitgan ota g’azablanib “Haqoratning chegarasi bo’ladi! Gaplaringda zahar bor!” deb hovuridan tushadi va qiziga shunday deydi “Qizim, Zebunnisobegim, malikam nabiralar ko’rmoqchiman jon qizim. To’xtamasin naslimiz jon qizim, vazirim amirxon yomonmi? Uning senga ishqi tushmish, o’ylab gapir. Unutma sen shoh qizimsen. Umidingni uz Roziydin, men uni qatl eturman”. Zebunniso otasini iltimosiga shunday javob berib “Undin o’lim osonroq, men ham shu on keturman!” deb chiqib ketadi. Avrangzeb vaziriga “Ha... eshitdingmi? E, Xudoyim...” Vazir Amirxon “Eshitdim. Roziyni jangga yo’llang, shahid bo’lsin!” deb chiqib ketadi va shoh chuqur hayolga cho’miladi. II – parda, III – ko’rinish Zebunnisoning xosxonasida o’tadi. Qisqa 14 taktli kirish musiqa sadosi bilan sahna ochiladi. Uning huzuriga ammasi Jahonaro, opasi Ziynatunniso, dugonasi Nargiz va qizlar tashrif buyurishadi. Ularga otasi bilan bo’lgan gaplarni va vazir Amirxonga turmushga uzatmoqchiligini va bu taklifni rad qilgani to’g’risida Zebunniso izhor etadi. Ammasi “E, Xudoyim! Nima balo, shoh aqildin ozdimi?” Opasi “SHohimiz firibgarning tuzog’iga ilinganga o’xshaydi! Hamlari bu ofatdan saqlasin”. SHu payt harbiy kiyimda xursandchilik bilan Roziy shohim muruvvat qilib, jangdan omon qaytsang, to’yni boshlab yuboramiz deydi. O’tirganlarning barchasi hayajon bilan tashvishga tushadilar. SHu payt harbiy kiyimda Akbar va Roja – ram ham xayirlashgani kiradilar. Ular qisqa muddatda muloqotda bo’lgach, xayirlashib chiqib ketadilar. Ayollar kuzatib qolishadi. II – parda, VI – ko’rinish Voqea kunning ertasiga o’sha sahnaning o’zida o’tadi. Zebunniso dugonasi Nargizga “Qani sozni qo’lingga ol tasalli ber ko’nglimga! Oz bo’lsa ham unutaylik dardimizni kuy tinglab. Nargiz setorni qo’lga olib hindcha kuy ijro etadi (mazkur hind kuyi fonografiya yozuvida jaranglaydi). Uning fonida Zebunniso forsiy tilda shehr o’qiydi. U, shehrni orqasidan, Roziyni eslab quyidagi ariozoni ijro etadi: Mazkur re minorda yozilgan ariozoda Zebunnisoning ichki dunyosi, sevgi – muhabbati ancha kuchayganidan dalolat beradi. U Roziy bilan bo’lgan ayriliq azob – uqubat, psixologik holatini lirik – dramatik ohanglar bilan izhor etadi. Bu lirik – dramatik ariozo orkestr partiyalarida turli garmonik vositalar bilan boyitilib, kompozitsiya mukamal ravishda, monolit sahnani hosil qiladi. SHu payt Jahonaro begim va Ziynatunnisolar xonaga kirib ariozoni oxirini tinglashadi. Ular samimiy ko’rinishlardan so’ng Jahonaro begim “Har xil gaplar, mish – mishlar, biri, biridin mashhum gaplar”. Ziynatunniso “Sovuq xabar”. SHu payt favqulotda, kutilmagan shoh Avrangzeb bilan vazir Amirxon kirib keladilar. Avrangzeb “Bizni holi qoldiringlar!”. Hamma xonadan chiqib ketadilar. SHoh Avrangzeb katta monologda (yig’lamsirab) sodir bo’lgan noxush xabar bilan birga qizini vazirga turmushga chiqib ota meros taxtni egallashni izhor etadi. Zebunniso bu noxush xabarlarni otasidan eshitgan “Dod, dastingdin, zolim, falak, meni tirik o’ldirding! Roziyni ham o’ldirdilar!, alvido, alvido!”. Otasi “Qizim bo’ldi yuragimni ezma, ayb! Menda ayb! Saroyga qayt, toju taxtni senga topshirmoqchimen. Avlodimda sndin bo’lak taxt sohibi qolmadi”. Zebunniso “Meni aslo qiziqtirgan emas davlat toju, taxt! Mening taxtim ilmu urfon, mening tojim shehriyat! Ilmu urfonga shehriyatga beray qolgan umrimni!”. So’zni to’rt ovozli xor jo’r bo’lib qaytaradi. Zebunniso bilan otasini o’rtalaridagi rechitativlar bilan shohni manologi va xor katta dramatik sahnani tashkil qiladi. Dramatik fojeaviy xabarni kuchayib borishi – manashularning hammasi ovoz va orkestr partiyalarida zo’r avj nuqtasiga olib keladi. Ya’ni, mazkur sahnada sodir bo’lgan kayfu ruhiyat, tafovu., qarama – qarshilik (kontrast)lar hammasi ovozli nutq ifoda vositalari bilan, shuningdek sahnadagi vaziyatga qarab jo’r bo’lib boradigan orkestr yordamida juda yorqin tasvirlab berilgan. SHoh Avrangzeb mahyus, boshini quyi solib, asta sekin chiqib ketadi. Zebunniso hayol og’ushida, shu payt ammasi, opasi va qizlar kiradilar, ular mashhur bobolari istiqot qilgan go’zal shaharni hayollaridan o’tkazadilar va uzoqdan asta – sekin “Samarqand ushshog’i” ashula so’zi bilan jaranglaydi. SHu bilan opera tugaydi1. Operaning butun kompozitsiyasi asosan, yuqorida zikr qilganimizdek, shoira Zebunniso bilan otasi shoh Avrangzebning o’rtalarida sodir bo’lgan qarama – qarshilik (konflikt)ning musiqiy dramaturgiyasi zo’rayib borishiga asoslangan. Operani librettosida ayrim nuqsonlar bo’lishiga qaramasdan kompozitor S.Jalil musiqani birinchi o’ringa qo’ygani tufayli musiqa bilan dramatik voqealar bilan bir butun yaxlit bo’lib ketgan msiqiy sahna asar bunyodga kelgan. Operada, albatta simfonik orkestr muhim rolg’ o’ynaydi. SHunday qilib, S.Jalil orkestrning beqiyos imkoniyatlaridan, mukammal ravishda, ishtirok etuvchi personajlarning individual musiqiy xarakteristikalari bilan cheklanmaydi, dramatik vaziyatning talablariga muvofiq ansambllarga, raqs – xoreografiu nomerlarga ham orkestrning rang – barang jaranglashiga ehtibor bergani sezilarlidir. SHu bilan birga operani musiqiy dramaturgiyasidagi bahzi nuqsonlarni ham tahkidlab o’tish lozim. Ayniqsa, oxirgi ko’rinishning birinchi sahnasida tempo harakat yetishmasligi sezilib qoladi. Spektaklning dastlabki uch ko’rinishi va to’rtinchi ko’rinishining boshidagi sahnalarda shoh Avrangzeb bilan o’g’li Akbar va uning do’sti Roja – Ramlarning o’rtalarida ro’y bergan qarama – qarshilik noaniq. Nima uchun gunohi noaniq o’g’lini otasi urushga chorlraydi. Anashu masala librettoda va musiqiy dramaturgiyada o’z ifodasini topa olmagan. Ya’ni, Zebunniso bilan otasi shoh Avrangzebning o’rtalaridagi ihtilof sababli anglashilmay qoladi. Opera “Zebunniso”ning librettosini yozishda shoir Uyg’un tarixga murojaat qilish bilan birga operaga to’qima obrazlar va voqealar kiritgan. SHoira Zebunnisoning hayot taqdiri haqida Ortiq mo’minovning “Fan va turmush” jurnalining 3 – son 1989 yilda chop etilgan “Boburiylar sulolasidagi ayollar” katta maqolada Zebunniso haqida shunday yozadi: “Boburiylar avlodining yana bir vakilasi Zebunniso – begim edi. U Mumtoz Mahalning nabirasi, Jahonaroning jiyani, shoh Avrangzebning qizidir. Hindistondagi o’zbek ayollari orasida yetishib chiqqan dastlabki shoira Zebunniso begim 1639 yilda Dehli shahrida tavallud topgan. U kuchli shehriy istehdod egasi bo’lgan lirik shoira, husnda tengsiz, mahrifatparvar ayol edi”. Mamlakatdagi notinch hayot, saltanat uchun kurashning avj olishi Zebunniso dunyoqarashini o’zgartiradi. Uning qalbini g’am – alam egallaydi. Avrangzeb qiziga Dehlidagi Salimgarhi qo’rg’onidan chiqishni cheklab qo’yadi. Zebunniso hayotining oxirigacha yolg’iz o’tadi. Unga uylanish uchun juda ko’p kishilar og’iz solgan, ularning aksariyati shahzoda, boyvachcha va shoirlar bo’lgan. O’z zamonasining ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Zebunnisoni sevib qoladi, unga: “Ey gul badanli qiz, seni pardasiz – ochiq ko’rish, husn va latofatingga yetishish orzusidaman” deb “Sovchi xat” yuboradi. Zebunniso esa unga: “Bulbul chamanda meni ko’rganda, gulning bahridan kechadi, budparastlar meni ko’rganda, butga sajda qilmasdi, gulning hidi o’z gulbargiga yashiringandek, men so’zda yashiringanman, kimning meni ko’rmoqqa mayli bo’lsa, meni so’zda – shehrda ko’rsin” deb javob qaytargan. Ko’pchilik sovchilarni esa otasi rad etgan. Zebunnisoning sevgisi haqida shunday rivoyatlar bor: Zebunniso begim Sulaymon shukuh ismli bir yigitni sevgan, ammo yigit Avrangzebga mahqul tushmaganligi sababli qatl ettirilgan. Bu fojea bag’oyat iztirobga solganidan malika turmush qurmay o’tgan. Aytishlaricha, u odamlarning nega turumushga chiqmaysiz, degan savoliga: “Mening rafiqam ham kitob, baxtim ham kitob, jannatim ham kitob” deb javob bergan. Zebunnisobegim butun hayotini san’at va ilmga bag’ishlangan, hukmronlik bilan otasi qozona olmagan shuhratni u go’zal g’azallariyu odobi bilan qozongan. U shoir Mirzo Bedilning qiziga murabbiylik qilgan, uni kamolotga yetkazgan. Zebunniso o’z davri anhanasiga ko’ra, turkiy, fors va arab tillarini bilgan. SHu tillarda shehrlar bitgan. “Mahfiy” tahallusi bilan ijod qilgan. Zebunnisoning “Devoni Mahfiy” deb atalgan kitobi Hindiston, Afg’oniston, Pokiston va Turkiyada shuhrat qozongan. U 1702 yilda hayotdan ko’zyumgan. Zebunnisobegim Dehlidagi “Zarzari” qabristoniga dafn etilgan”. “Alisher Navoiy” Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston respublikasi davlat Akademik katta opera va balet teatr jamoasi 1990 yili 25 noyabrda “Alisher Navoiy” nomli operani tomoshabinlarga havola qildi. Operani musiqa muallifi Mutal Burhonov, librettoni kompozitor o’zi, dramaturglar: Izzat Sultonov va Otaqo’zi Uyg’unlarning shu nomli dramasi asosida yozgan. Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi bobo kamolimiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag’ishlangan bu tarixiy – biografik opera XV asrda sodir bo’lgan ziddiyatli voqealar bilan chambarchas bog’liq. Mazkur sahna asarini premg’erasini tomoshabinlar qizg’in olqishlar bilan kutib olishlari tarixiy voqeaga aylanib ketgan edi. Kompozitor ulug’ shoirni asarlarini, doimiy ravishda, mutolaa qilib keldi. Opera yozishdan avval u dastlab A.Navoiyning shehrlariga romanslar yozdi. 1943 yili Hamza nomidagi o’zbek davlat Akademik drama teatri sahnasida qo’yilgan “Alisher Navoiy” nomli dramaga musiqa bastaladi. 1968 yilda esa shoir Abdulla Oripov bilan hamkorlikda ulug’ shoir tavalludining 525 yilligiga bag’ishlab “Alisher Navoiy”ga qasida nomli vokal – simfonik poema kabi asarlari bilan murakkab opera yozishga zamin yaratdi. Operada ishtirok etuvchi qahramonlar: A.Navoiy – shoir, (bariton); Guli – go’zal yosh qiz, (soprano); Husayn Bayqaro – shoh, (bas); Majiddin – ikkinchi vazir, (tenor); Qul Muhammad – hafiz, Gulini otasi, (tenor); A.Jomiy – ulug’ shoir, (bariton); Abdul – Malik – A.Navoiyning xizmatkori, (rechitativ); Darvish Ali – A.Navoiyning akasi – binokor, (tenor); Jaloliddin – A.Navoiyning do’sti (tenor); Behzod – ulug’ rassom, (tenor); Sohib doro – shoir, (rechitativ); Hosiyat – Gulini onasi, (metstso soprano); Gulini enagasi, (metstso soprano); SHayx – diniy arbob (bas); Muzaffarbek, (rechitativ); Musofir chol (tenor); Turdi polvon (bas); CHol – xalq vakili (tenor); Munajjim (astrolog, tenor); Mulozimlar: saroy xizmatchilari, sozandalar; Birinchi va ikkinchi beklar (rechitativ); Mo’min Mirzo – X.Bayqaroning nevarasi yosh; Madina – Gulini dugonasi; Gulini dugonalari; Sozanda – xonandalar, raqqosalar, xor. Xalqlar: o’zbek, tojik, afg’on, hind, kurd, turkmanlar. Alisher Navoiy dramadan shu nomli operani librettosi quyidagicha farq qiladi: drama 5 parda, 2 ko’rinishdan iborat. Opera esa 3 parda, 6 ko’rinishdan iborat. Dramaning g’oyasi, mazmuni ishtirok etuvchi asosiy qahramonlarni hatti – harakatlari, ijobiy va salbiy obrazlarni to’qnashuvlarini negizi saqlangan bo’lsada, lekin makkor 2 – nchi vazir Majiddin va bastaor - hofiz Qul Muhammad obrazlariga boshqacha urg’u berilgan. Navoiy , Guli, Husayn Bayqaro, Darvish Ali, Jaloliddin va boshqa ishtirokchilarning munosabatlari, to’qnashuv muhitlari ham o’rinli o’zgartirilgan. Operaga sayyoh chol obrazi kiritilgan. Bular hammasi operaning dramaturgiyasini uyg’unlashtirgan va kuchaytirgan. Asarning badiiy – g’oyaviy mohiyati, A.Navoiyning faqat shehriyat sultoni bo’lib chegaralanib qolmasdan, uning butun hayoti muqaddas Vatanga faol xizmat qilish, katta – katta bino va inshootlar qurish, go’zal bog’lar yaratish, shular bilan birga davlatga va xalqqa xiyonat qiluvchi xudbin - yovuzliklarga qarshi kurashlari bilan chambarchas bog’langan. A.Navoiyning “Odami ersang demagil odami, oniki yo’q xalq g’amidin g’ami” otashin hikmatli so’zi opera g’oyasining asosiy negizidir. Mazkur so’z sahna pardasining peshtoqiga shior qilib yozib qo’yilgan. I – parda I – ko’rinish Operani qisqa mazmuni: Alisher Navoiyning Hirot shahrining tashqarisidagi bog’i. U g’amgin holatda yangi shehrlarini mutolaa qilmog’ida tinglagan Guli ko’rinish beradi. Navoiyning “Nechun barvaqt turib o’zing tanho yurubsan” savoliga Guli: “Sahar chog’i turib, g’azaldin eshitmoq odatim” deb javob beradi. Ular duetlarida g’azallarga madhiya o’qiydilar. Uzoqdan qizlarningNavro’zga atalgan xor qo’shiqlari eshitiladi. Guli tahzim bilan chiqib ketadi. Navoiyning do’stlari: Jomiy, Sohibdoro, Behzod va Qulmuhammad kiradilar. Mushoira boshlanadi. Qulmuhammad Navoiy shehriga bastalangan yangi ashulani aytadi. Ofarinlar izhor qilib do’stlar xayirlashadilar. Navoiy dargohiga notanish sayyoh chol tashrif buyuradi. Ularning o’rtalarida jiddiy savol – javob sodir bo’ladi. CHolning savollari Navoiyni chuqur hayolga soladi. Ular xayirlashishadi. Usto Jaloliddin keladi. U vazir Majiddin qurilishlarga mablag’ va ish haqini bermay qo’ygani va uning josus ekanligini fosh qiladigan maktubni shoirga beradi. Navoiy Jaloliddinga qurilishlarni davom ettirishni iltimos qiladi va o’zi esa maktubni sultonga yetkazishini aytadi. I – parda II – ko’rinish SHoh Husayn Bayqaroning yozgi qasrida Navro’z bazmi o’tadi. Arab, hind, ispan va boshqa elchilar, saroy ahli, beklar, Munajjimlar tashrif buyurishgan. Navro’zga bag’ishlangan ommaviy xor, Oygulni Lola raqsi, birin – ketin arabcha, afg’oncha, ispancha, yakka raqslar, Navoiy g’azaliga bastalangan ashulani Qulmuhammadni ijrosida va yana Navro’z nomli xor jaranglashi avjiga chiqqan paytida chopar kirib, H.Bayqaroga noma topshiradi. Hirotda Darvish Ali boshchiligida xalq isyon ko’targani bayon etilgan. Hamma tarqaladi. Majiddin, Munajjim va beklar “Darvishali Navoiyning inisi” bahonasi bilan shoirni SHahanshohga dushman, deb ig’vo boshlaganlarida Navoiy kirib keladi. Majiddin va beklarning “Isyonchilar ustiga qo’shin torting” davolariga qarshi Navoiy “Yurtni tinchitishni menga topshirsalar” deb shohga murojaat etadi. SHoh bu taklifga rozi bo’ladi. Navoiy yana bir taklifim bor “vazir Majiddin saroydan uzoqlashtirilsin” deb vazirni xonlikda ayblovchi maktubni H.Bayqaroga beradi. U maktub bilan tanishgach Majiddini kallasini oling, deb buyruq beradi. Navoiy tezlik bilan chiqib ketadi. Bu fursatdan foydalanib Majiddin makkorlik bilan xatni qalbaki deydi va isbot qilishga muhlat oladi. Hamma tarqaladi. Tanho qolgan H.Bayqaro may icha boshlaydi. Kayfi baland SHohning chaqiruviga Majiddin kirib katta qadahda may uzatadi va Guli ismli go’zal qiz topganligini aytadi. Unga bu xabar xush keladi. U yana may ichadi va uxlab qoladi. Majiddin o’zi tuzgan farmonga SHohni qo’lidagi muhrni bostirib oladi va endi Navoiydan uch olishga ishonch hosil qilib, chiqib ketadi. II – parda III – ko’rinish Bastakor – hofiz Qulmuhammadning daladagi hovlisi. Guli Navoiy g’azallarini mutolaa qilmoqda. Uzoqdan qizlarning xor – qo’shig’i eshitilmoqda. Ular bu yil Gulining to’y bo’lishini eshitib, hovliga tabriklagani kirishadi. Qizlar davra qurib, qo’shiq yallalar aytib raqsga tushib, o’yin – kulgilari avjiga chiqqan paytda, favqulotda vazir Majiddin tashrif buyuradi. Qizlar tezda tarqaladilar. SHohni nomidan Majiddin Guliga sovchi bo’lib kelganini aytadi. Bu xabardan Qulmuhammad qattiq hayajonga tushadi va norozilik bildiradi. Makkor vazir “agar qizingni shahanshohga uzatmasang Navoiy qatl bo’ladi” deydi. Bu so’zlarni pinhona eshitgan Guli, Navoiyni saqlab qolish uchun, o’zini roziligini beradi. Bu so’zni eshitgan Makkor vazir chiqib ketadi. Qulmuhammad bu noxush voqealardan Navoiyni xabardor qilishga otlanadi. Yolg’iz qolgan Guli chuqur qayg’u ila fig’on chekadi. II – parda IV – ko’rinish Hirot shahrida Darvesh Ali rahbarligida xalq isyon ko’targan. SHohni saroyi arki oldida SHayxulislom, Xo’ja Muzaffar, Xo’ja Ubaydullo va boshqa amaldorlarning isyonchilarni to’xtatish yo’lidagi pand – nasihatlari bexuda ketadi. SHu payt Navoiy yetib keladi va Majiddin va beklarni xalqga noxaq solingan xirojni bekor qilingani to’g’risidagi SHoh farmonini o’qib beradi. SHuningdek Xo’ja Muzaffar va Xo’ja Ubaydullo nohaq ishlari uchun o’z mansablaridan bo’shatiladi. Lekin xalq Muzaffarga o’lim talab qiladi. Bunday talabni kutmagan Navoiy uni zindonga tashlashga buyruq beradi. Beklar tahlikaga tushadilar. Xalq esa shoirning adolatparvarligidan mamnun bo’ladi. SHu payt tashvishli holatda Qulmuhammad, Sohib – Doro va Behzod kelib Navoiyga “Baxtga qarshi vazir Majiddin hayot” ekanligini aytishadi. Navoiy yuz bergan mudhish voqeadan xabardor bo’lgach Gulini qutqarish uchun tezlik bilan yo’lga otlanadi. II – parda V – ko’rinish Saroy harami. Zaxar ichib to’shakda bemor yotgan Guli jafo chekadi va enagaga iltimos qilib, Navoiyga – “Guli oru – nomusini saqlab dunyodan o’tdi ” deng deydi. Enaga bu muhabbatdan voqif bo’lgach, tezda shohni ham xabardor etishga oshiqadi. Hayajonda Navoiy kiradi. U Guli sof ekanligiga ishonchi bilan unga tasalli beradi. SHu payt motam libosida H.Boyqaro kirib keladi va do’sti Navoiyga bo’lib o’tgan mudxish voqealar tafsilotini so’zlab beradi va sizlarni muhabbatlaringdan mutlaqo bexabar edim. Makkor Majiddin qilmishiga yarasha o’lim jazosini oldi, deydi. Navoiy bu xabarlardan dahshatga tushadi. Navoiy H.Boyqaroga ishonib xato qilganligidan nadomat chekadi va vazirlik mansabidan voz kechadi. Hayotdan ko’z yumgan Gulini ohista ko’tarib shoh dargohini tark etadi. Boyqaro g’aflatda qoladi. II – parda VI – ko’rinish Hirotni tashqarisidagi “Qabriston” erta tong. Musaffo osmonda yulduzlar birin – ketin so’nmoqdalar. Guli dafn etilgan. Qurhon tilovati tugagach, “Qabriston” darvozasi oldida marosimda qatnashgan Soxibdaro, Behzod, Abdumalik va odamlar Qulmuhammad va Navoiyga tahziya bildiradilar. Navoiy : “Ko’p bevaqt kelibman bu olamga ” – deb fig’on chekadi. Tog’ ortidan quyosh nurlari tarqaladi, asta – sekin olamni yorita boshlaydi. Bu hol Navoiy ko’ngliga istiqbol nuri bag’ishlaydi : - “oftob nur sochar, daryo ob – hayot, Adolat dushmanlari bo’lur barbod ! Xalqlar birlikni ko’rar doim. Avlodimiz baxtli bo’lsin doimo ”. SHoirning qalb so’zlari xalq orasida madad topadi (xor) so’nmas sen quyosh... So’nmas sen quyosh, so’nmas sen quyosh ! Operani voqeasi 15 – asrda, SHoh Husayn Boyqaro hukmdorlik davrida, Hirot shaxrida o’tadi. Mazkur opera tarixiy voqealar yo’sinida davlat ishlari bilan bog’langan bo’lsada lekin shoirning shaxsiy xayoti, Guliga bo’lgan muhabbati fojiali voqealar bilan chambarchas bog’lanib ketadi. SHuning uchun bo’lsa kerak M.Burxonov ulug’ shoir, davlat va jamoat arbobi A.Navoiy hayotining eng dramatik davrini musiqa sadolari bilan ifodalashga dahvat qilgan. Operaning umumiy musiqiy kompozitsiyasi dramaturgiyasi muallif tomonidan jiddiy o’ylanganidan dalolat beradi. Ya’ni operani musiqiy dramaturgiyasi o’ziga xos vazifalarni to’la – to’kis ifodalashda, dramatmik voqelar, ishtirok etuvchi qaxramonlarni bir – birlari bilan munosabatlari ohangli va ohangsiz (sekko) rechitativlar, ariya, arioza, vokal – ansambllar, ommaviy – xor va raqs musiqalari bir – birlariga uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladilar. Kompozitor opera voqealarini sahnadan – sahnaga o’zgarib borishiga, hamda asosiy qahramonlarning obrazlari, ularni munosabatlari, to’qnashuvlari, har bir sahnaning umumiy koloriti, tafsiloti musiqiy sado vositalari bilan ifodalangan va kuchaytirilgan. Bularni hammasini samaradorligini oshirishda simfonik orkestr muhim vazifani bajaradi. Opera simfonik orkestr sadolari bilan qisqa muqaddima bilan boshlanadi. Unda A.Navoiy, Guli, H.Bayqaro va Majiddinlarning har – birlarini obrazlariga xos xarakterli quyidagi leyttemalar ifodalaydilar: Garchand bu zikr qilingan leyttemalar operani musiqiy dramaturgiyasini jipslashtirish va rivojlantirish jarayonida muhim rolg’ o’ynaydilar. Operani ijtimoiy g’oyasini namoyon qilish niyatida kompozitor hayotning achchiq – chuchugini, yillar davomida, boshidan kechirgan sayyoh – chol obrazini kiritgan. Asarning 1 – nchi ko’rinishini oxirlarida A.Navoiy huzuriga notanish cholning kirib kelishini shoir samimiylik bilan qarshi oladi. CHol bilan shoir o’rtalarida (rechitativ holatda) o’tadigan savol – javob muloqot va ayniqsa sayyoh cholning: “Adolat izlab, adolat izlab kezdim ko’p mamlakatlarni, shuncha yil yashab topmadim haqiqat”, so’zlari bilan boshlanadigan hikoyat – ariyasiga javoban shoir “Biz vatanni obod etib, xalqni shod eturmiz. Vatan bog’ bo’lsa, bog’boni sultonimiz!”. Bunga javoban chol “Men shohlarga ishonmayman. Siz xalq mehriboni. Ammo oltin qafasdasiz”. CHolning mazkur ariyasi A.Navoiyning diqqat ehtiborini yanada oshiradi va chol bilan xayirlashgandan so’ng chuqur hayolga cho’miladi. Operani barcha tarkibiy qismlari, sahnalarni bir – birlari bilan bog’lanishlari, sodir bo’layotgan voqea – muhitlari har – bir qatnashuvchi qahramonlarning hatti – harakatlari, his – tuyg’ulari xilma – xil, rang – barang musiqiy sadolar bilan bog’langan va tahriflangan. Bu jihatdan operada rechitativlar juda katta ahamiyatga ega. Ular ariyalar, duetlar, trio, kvartet vokal ansambllar, ommaviy xor, raqs kabi musiqiy nomerlarni bir – biriga uzviy bog’lab, spektaklni yaxlit bir butun qiladilar. Opera rechitativlari milliy so’z intonatsiya urg’ulari, iboralari bilan sug’orilgani uchun mahnodorlik kasb etgan. Misol sifatida anashu nuqtai nazardan qaraganda A.Navoiyning eng yovuz xiyonatkor va ayyor vazir Majiddin bilan to’qnashuvlari, Husayn Bayqaro bilan bo’lgan munosabatlar, Majiddin bastakor Qulmuhammadning xonadonida favqulotda sovchilikga kelgandagi jiddiy to’qnashuvlarda ishlatilgan rechitativlar, rechitativ – monologlar tomoshabin – tinglovchini befarq qoldirmaydi. Bunga simfonik orkestr ham barcha rechitativlarni mazmun – mahnodorligini va umumiy taassurotni kuchaytirishda muhim rolg’ o’ynaydi. Operada ishtirok etuvchi ulug’ shoir A.Navoiy, Guli, uning otasi bastakor – hofiz Qul Muhammad, shoh H.Bayqaro va makkor vazir Majiddin kabi asosiy qahramonlarning musiqali xarakteristikalari, sahnada sodir bo’laturgan voqea – muhit vaziyatlar bilan bog’liq holda goh yagona ariyada, goh vokal ansambllarda, yoki xor sadolari va rechitativlar tufayli tasvirlanadilar. SHu bilan birga ularning xatti – harakatlari, his – tuyg’ulari tabiatlari, niyatlari turli sahna ko’rinishlarda, dramatik qaziyatga qarab o’zgarib boradi. Bunga ulug’ shoir A.Navoiyning musiqali xarakteristikasi yorqin misol bo’la oladi. Uning katsfu ruhiyati, murakkab obrazi, asarni dramatik vaziyatlarini o’zgarish jarayonlari bilan uzvty bog’langan. CHunonchi 1 – ni ko’rinishdagi A.Navoiyning tong otish paytida “Ey, nasimi subh, ahvolim diloromimga ayt” misra bilan boshlanadigan, ashula shaklda bastalangan, shirali – ohangdor, original ariyada shoir go’zal tabiatni, bashariyatni, sevgi – muhabbatni lirik kayfu ruhiyati bilan tarannum etadi. Orkestrning torli, yog’ochli cholg’u, arfa va ayg’on rubobi sadolari jo’rligida jaranglaydigan bu ariyani faqat Guli pinhona tinglaydi Ariya tugagach Guli ko’rinish beradi va shoirning – “Nechun barvaqt turib o’zing tanho yuribsan?” savoliga Guli: “Sahar chog’i turib, g’azaldin eshitmak odatim” deb javob beradi. Rechitativ bilan boshlangan savol – javob ularning ohangdor duetiga aylanib ketadi. Mazkur duetda Guli va Navoiy g’azallar tufayli mehr vafo va go’zal saodat bog’larga madhiya o’qiydilar. Undan so’ng ohangdor rechitativ bilan ular bir – birlariga bo’lgan mehr – muhabbatlarini izhor etadilar. Guli Alisherga murojaat etib deydi: “Alisher, chindanam sher siz! Faqat... ko’p dushmaningiz. ... zulmatning kuchi, haqiqat nurini so’ndirg’uchi ko’p. Faqat ... zanjirband shersiz, men sizni ranjitdim...” Navoiy javoban “Yo’q aslo! Meni sher deding. Ajab, zanjirband sher deding. CHekma g’am, ko’nglingni shod et! Mana, yangi bayoz, ko’rganda yod et! Qilib to’y, so’ng bo’lurmiz birga doim”. SHu payt, sahna orqasida, uzoqdan Navro’zni tarannum etayotgan qizlar xor qo’shig’i eshitiladi. Guli Navoiy bilan xayirlashadi. Sahna orqasida jaranglayotgan xor davom etadi va uning fonida Abdulmalik xabar qiladi. Navoiyning dargohiga ulug’ shoirlar: Jomiy, Sohibdaro, ulug’ rassom K.Behzod va bastakor – hofiz Qulmuhammad tashrif buyuradilar. Mushoira boshlanadi. Ularning iltimoslariga binoan Qulmuhammad Navoiyning yangi g’azaliga bastalagan ariyani ijro etadi. Bu ashula shaklida bastalangan milliy ohangdor, keng intervalli, katta diapazonli, rubob va orkestrni jo’rligida jaranglagan ariya mehmonlar bilan shodu – hurramlik bilan xayirlashadi. Ammo yuqorida zikr qilingan musofir sayyoh cholni “Siz oltin qafasdasiz” va Gulini “Faqat zanjirband shersiz!” degan so’zlari Navoiyning fikr – yod hayolidan hech ko’tarilmaydi. SHu payt mehmor usta Jaloliddin kirib keladi va u mablag’ yo’q bino – qurilishlari to’xtab qolgani va vazir Majiddin josus ekanligidan, hujjat bilan xabardor qiladi. U, Jaloliddinga qurilishlarni davom etishga dahvat etadi va Majiddinni josuslikda ayblovchi maktubni Sultonga yetkazajagini aytadi. SHu davrdan boshlab Navoiyning kayfiyati og’irlashib fojiali voqealarga duchor keladi. Ya’ni, bunga vazir Majiddinning makkorligi tufayli yovuz niyatlari bilan shoh H.Bayqaroni aldashi, shohni nevarasi Mo’min Mirzo va mehmor Jaloliddinni qatl qilgani, Gulini xaramga olib kelishi va u oru – nomusini saqlab, zahar ichib dunyodan ko’z yumishi, motam libosida H.Bayqaro bo’lib o’tgan mudhish voqealar tafsilotini Navoiyga bayon qilishi va ularning do’stlik rishtasi uzilishlari sabab bo’ladi va Navoiy dahshatga tushib, H.Bayqaroga ishonib xato qilganligidan nadomat chekadi va vazirlik mansabidan voz kechadi. “Hirot qabristoni” darvoza yonida Gulini tahziyasiga tashrif buyurganlar bilan judolanishda shunday deydi: “Ko’p bevaqt kelibman bu olamga” – deb fig’on chekadi. Operada kompozitor Guli obraziga katta ahamiyat bergan. Ya’ni, tomoshabin – tinglovchining butun diqqat – ehtibori go’zal qiz Gulining A.Navoiyga bo’lgan muhabbati va fojiona qismatiga qaratilgan. Navoiy va Gulining bir – birlariga bo’lgan sevgi – muhabbatlari (I - ko’rinishda) yuqorida zikr qilingan ularning tong otish paytida uchrashganlarida: “Menga jon baxsh etar oltin g’azallar” misrasi bilan boshlanadigan duetda yaqqol o’z ifodasini topgan. Bu duet va ularni muloqot – rechitativlari tinglovchini rom qiladigan musiqiy intonatsiya ibora bo’yoqlar va orkestrning fakturasi garmonik vositalar bilan boyitilishi tufayli mukammal ravishda jaranglaydi. Gulini obrazi, xususan, 3 – ko’rinishda o’zining chin insoniy va vafodorlik fazilatlari bilan namoyon bo’ladi. Uning beg’ubor qiz vafodorlik fazilatlari bilan namoyon bo’ladi. Uning beg’ubor qizlik davri, muhabbat – him – tuyg’u kechinmalari, sevimli yori Alisherga mangu sadoqati, makoor vazir Majiddinning yovuz niyatidan Navoiyni saqlab qolish uchun o’z – o’zini qurbon qilishga tayyorligi shu ko’rinishda namoyon bo’ladi. Operaning umuiy rivojlanish jarayonida bu sahna ahamiyatini alohidav tahkidlamoq darkor, chunki uning mazmuni va musiqiy dramaturgiyasi muhim rolg’ o’ynaydi. Bu sahnadagi o’zbek xalq qo’shiq – yallalar yo’lida bastalangan, so’zana tikib o’tirgan qizlar: “Sarvi zebo sen Laylo, Laylo! Oromijon sen Laylo, Laylo!” so’zlar bilan aytiladigan o’ta go’zal – shirali davra qo’shig’i, ularning yana bir xor qo’shiqlari jo’rligidagi ommaviy qizlar raqsi, undan so’ng “Jondan aziz ko’rar seni yor, yor, jon Guli” so’zlar bilan aytiladigan xor – qo’shiq bilan qizlar Gulini muborakbod etadilar. Bu xorni ijrosida Gulini dugonasi Madina yakkaxon xonanda (solist) bo’ladi. SHodu hurramlik bilan to’lib – toshgan qizlar davrasi, makkor vazir Majiddinning favqulotda sovchi bo’lib kelishi bilan qizlar tumtaraqay bo’ladilar. Vazir Majiddin Gulini otasi Qul Muhammadga maqsadni lo’nda qilib: “Bastakor, boshingga baxt qushi qo’ndi. SHahanshoh seni padar, qizingni malika qilgusi xabarni keltirdim” – deydi. Qulmuxammad g’azab bilan vazirning xabarini rad qiladi, lekin makkor, xudbin Majiddinning: “O’z nabirasi Mo’min Mirzo bilan Navoiynining do’sti Jaloliddinni o’ldirgan shox , rashq orqali Navoiyni ham qurbon etar!” – degan so’zini eshitgan Guli nido etadi: “Tegmang, ulug’ shoirga! Agar men sham ersam, u bir quyoshdir! Mayliga , men balo shamo’iriga qalqon bo’lay! ”. Kompozitor shu muxit-vaziyatda Guli , onasi (onasi) Hosiyat, otasi Qul – Muhammad va Majiddinlarning har birini fikr – munosabatlarini jozibali vokal – kvartetda yaqqol tasvirlagan. Ya’niy: Guli “Nechun tug’ding meni , baloga mubtalo, motamsaroni ?”, Xosiyat : “Jon bolam, faqat baxting tilayman”, Qul –Muxammad: “Zulm shohi razil dastingga lanat! ” , Majiddin : “Yuragingga bu zaharli shashtar!”- so’zlari bilan boshlangan kvartetda xor bir shaxs o’z fikrini bayon qiladilar. O’zi yakka qolgan Guli qayg’u- xasratini “Dod, dastingdan falak! Faryod dastingdan falak !” jazal usulli rechitativda bu so’zlarni takrorlab , quyidagi ariyani ijro etib , ariyani oxirida shu rechitativ yana takrorlaydi. Mazkur ashula shaklida bastalangan (solg’ minor) mahyusli drammatik ariyasida Guli sevgi muhabbatini tarannum qilib, ariyadan avvalgi jadalli rechitativi, ariyadan so’ng (si bemolg’ minor) yanada dramatik xolatda qaytariladigan rechitativda, o’zini qurbon qilib, Navoiyni o’limdan qutqarishida, zulmga qarshi faryod qiladi. Bu rechitativ va ariya dramatik jixatdan tahsirchan. Bunga Gulini ruhiy holatini mukammal ravishda gavdalantirishda simfonik orkestr partiyasi ham diqqatga sazovordir. Operani 3 – nchi ko’rinishda Gulini boshiga tushgan kulfat, 5 – nchi ko’rinishda fojia bilan tugaydi. Ya’ni, shoh X. Boyqaroni saroy haramiga , makkor vazir Majiddin, majburan keltirilgan Guli Alisherni deb o’zini qurbon qilishga chorlab zahar ichadi. To’shakda bemor yotgan holatdagi og’ir o’y hayollari , Navoiyning ishor qilgan “to’y bo’lur, birga bo’lurmiz” so’zlarini eslab chin muhabbatiga yetisha olmaganligi sababli chuqur iztirob chekishlari qayg’uli – dramatik ariyada “Dod , faryod , zolim falak!” va enagasiga murojaat qilib “ Ayajon , Navoiyni ko’rsangiz ayting : ” Siz uchun Guli , oru nomusini saqlab , dunyodan o’tdi , deng “ , rechitativda namoyon bo’ladi. Gulining dunyodan ko’z yumib ketishiga axd qilganligi va o’lim oldidan bu xayajonli ariya va rechitativning eng tahsirchanligi birgina vokal partiyasida emas , unga orkestrining garmonik fakturasining to’lqinsimon ohang bilan mustaqil jo’r bo’lib borishidadir. Enaga muhabbatdan voqif bo’lgach, tezda SHohni ham xabardor etishga oshiqadi. Xayajonda Navoiy kiradi. U Guli sog’ ekanligiga ishonchi bilan unga tasalli beradi. SHu payt motam libosida Husayn Boyqaro kirib keladi va do’sti Navoiyga men sizlarni muhabbatingizdan bexabar edim , deb bo’lib o’tgan mudxish voqealar tafsilotini so’zlab beradi. Majiddin qilmishiga yarasha o’lim jazosini oldi , deydi. Navoiy H.Boyqaroga ishonib hato qilganligidan nadomat chekadi va vazirlik mansabidan voz kechadi. Dunyodan ko’z yumgan Gulini oxista ko’tarib shoh dargoeini tark etadi. H.Boyqaro g’aflatja qoladi. SHu 5 – nchi ko’rinishda sodir bo’lgan voeqalar, ariya va rechitativlar juda kengaytirilgan katta monolog – sahnani tashkil qiladi. Operada ijobiy obrazlardan yana biri Gulini otasi Qulmuxammad I va II ko’rinishlarida mashhur bastakor – hofiz sifatida gavdalansa, boshqa uch ko’rinishlarda esa spektaklda sodir bo’ladigan voqea – muhitlarini bir – birlariga uzviy bog’lanishlarida ota vazifasini ado etadi. Kompozitor mashhur bastakor – hofiz obrazini A.Navoiyning g’azallari bilan aytiladigan, o’zbek xalq ashula yo’lida bastalangan katta diapazonli, murakkab, rang – barang, jozibali, milliy ruh bilan sug’orilgan, original ariyada namoyon qiladi. Qulmuhammadning bu ikkita ariyasi operaning butun oqimida g’oyat yoqimli, lirik ohangdorligi, tinglovchini rom qiladigan intonatsiyalar va simfonik orkestrga kiritilgan ud, afg’on rubobi, g’ijjak va doyra cholg’ular sadolari bilan boyitilganligi orqali tahsirchan. Bu ikki ariya operaning mazmun dramaturgiyasida asosiy negiz bo’lmasalar ham, lekin o’rinli vazifani bajaradilar. Qulmuhammad o’zining birinchi ariyasini Navoiy huzuriga tashrif buyurgan (I – ko’rinish) do’stlari: Jami, Sohibdaro, Behzodlar uchun aytsa, ikkinchi ariyasini (II – ko’rnish) SHohning yozgi qasrida Navro’zga bag’ishlangan bazmda ijro etadi. Ariyani daromad va avj qismlarini oxirida to’rt ovozli xor so’z jumlalarini takrorlab jo’r bo’ladi. Operada ishtirok etuvchi shoh H.Bayqaro va makkor vazir Majiddinlarning musiqali xarakteristikalari ariya va asosan quruq va ohangdor rechitativlar, hamda vokal – ansambllarda namoyon bo’ladi. Masalan: so’zga chechan, yolg’onni ishlatishda hiyla – nayrangga usta, makkor vazir Majiddinning kirdikorlarini (II – ko’rnish bazmning oxirida ) Navoiy fosh qilib ketgandan so’ng, o’limga mahkum qilingan Majiddin: “Kalomullo ursin, menda gunoh yo’q!” deb ond ichganidan so’ng shoh o’z hukmini bekor qiladi va ichkilikka berilib “Kimga ishonay, kimga?” so’zi bilan boshlanadigan ariyasida qattiq iztirob chekishi tasvirlanadi. SHoh kayf holatda uyquga ketadi. Bundan foydalanib Majiddin shohning sevimli nabirasi Mo’min Mirzoni va binokor usta Jaloliddinlarni qatl qilishga tayyorlangan farmonga shohni qo’lidagi muhrni bostirib oladi va niyatiga yetadi. Gulini, shoh qaramiga majburan keltirib, o’zi esa Yodgorbek tomon qoshiga qaror qiladi. Sotqin Majiddinning shafqatsizligi, xoinligi va ayyorligi turli ohangli rechitativlarda va yuqorida zikr qilingan yagona kvartetda (III – ko’rinish) o’z ifdasini mukammal ravishda topgan. Yuqorida tilga olingan asosiy qahramonlarning musiqiy “portret”lari operadagi ommaviy sahnalarda sodir bo’layotgan voqea – muhitlari bilan uzviy bog’langan. Operani ommaviy sahnalarda ikki ovozli xotin – qizlar va erkaklar, hamda to’rt ovozli aralash xorlar turlicha vazifani bajaradilar. Ya’ni operani II – nchi, IV – nchi va VI – nchi ko’rinishlaridagi ommaviy xorlar goho sodir voqeada sustlik, goho aktiv ishtirok etadilar. Lekin ular ariyalar, vokal ansambllar, raqs o’yinlar va bog’lovchi rechitativlar bilan birga operaning dramatik to’qimasiga payvasta bo’lib jaranglaydilar. Masalan: I – nchi ko’rinishida, sahna orqasida uzoqdan A.Navoiy va Guli duetlarining oxirida eshitiladigan “Bahor keldi, ochildi gullar, har yonda bulbullar sayrashurlar u yon bu yonda” so’zlar bilan aytiladigan qizlar xor qo’shig’i Navro’z bayrami kirib kelganidan darak beradi. Ikkinchi ko’rinishda esa, shoh H.Bayqaroning Hirot tashqarisidagi yozlik qasrida to’rt ovozli aralash xor: “Navro’z, Navro’z! Xush kelding Navro’z” so’zi bilan aytiladigan yorqin xor qo’shiq bayramona muhitni yaratadi. Bu xordan so’ng Oygul raqsiga yana xor jo’r bo’ladi. Bazmni ozirida bastakor – hofiz Qulmuhammadning, yuqorida zikr qilingan, ikkinchi ariyasini “Yor, yor – ey, go’zal yor – ey, Navoiy senga yor bo’lsin” so’zlariga xor jo’r bo’ladi. Bu ariyani tugalishida yana Navro’zga atalgan xor jaranglaydi. Operada ommaviy sahnalardan yana biri III – nchi ko’rinishni birinchi yarmi butunlay Qulmuhammadning dala xovlisida qizlar davrasida o’tadi. Guli Gulzorda o’tirib, Navoiy bergan shehriy devon kitobni mutolaa qilmog’ida (sahna orqasida) uzoqdan “Sarvi zebo sen Laylo, Laylo oromijon sen Laylo, Laylo” so’zi bilan boshlanadigan ikki ovozli xor qo’shiqni qizlar takror – takror ijro etib Gulini oldiga kirishadi va bo’lajak to’y bilan muborakbod qilishadi. Qizlarning davra xor – qo’shiqni davom etib, raqsga tushadilar, Madina esa yakka ovozda xorga jo’r bo’ladi. Qizlarning davra xor – qo’shiqni davom etib, orkestrga qo’shilgan nog’ora sadolarida, raqsga tushadilar, Madina esa yakka ovozda jo’r bo’ladi. Qizlarning davra qo’shiq – raqslari avjiga chiqqan paytda, favqulotda vazir Majiddinni kelgani Gulini onasi Xosiyatxon xabar berishi bilan qizlar tumtaraqay bo’ladilar. SHu muhitda sodir bo’lgan voqea III – nchi ko’rinishda izhor qilingan. Operani dramaturgiyasini rivojlanish jarayonida Hirot shahrining arki oldida (IV – nchi ko’rinish) Darvish Ali boshchiligidagi isyon ko’targan xalqning “Noinsoflar! Beiymonlar!” so’zi bilan boshlanadigan unison ovozli erkaklar xor – qo’shiq muhim rolg’ o’ynaydi. Ya’ni, vazir Majiddin qurilish ishlarini to’xtatib, ish haqini to’lamay qo’ygani sababli isyon ko’targan xalqni, SHayxulislom, Ho’ja Muzaffar, Xo’ja Ubaydullolar, xalqni tinchitish uchun pand – nasihatlar qilishlari behuda ketadi. CHunki xalq ularga ishonmaydi, qo’zg’olon – olomon, qichqiruv avjiga chiqqan paytida A.Navoiy yetib keladi va shohni oliy farmonini o’qib, xalqni tinchitishga harakat qiladi. Lekin xalq, begunoh kishilarni o’ldirgan Muzaffarga o’lim talab qiladilar. Bunday talabni kutmagan Navoiy xozircha Xo’ja Muzaffarni zindonga tashlashga buyruq beradi. Beklar esa taxlikaga tushadilar. Xalq esa shoirning adolat parvarligidan mamnun bo’ladi. SHu payt tashvishli- xayajon xolatda Qulmuxammad , Sohibqaro va Behzod “Baxtga qarshi Majiddin hayot” ekanligini xabar qiladilar. Navoiy yuz bergan mudxish xabarni, tezlik bilan Gulini qutqarishga otlanadi. Ushbu saxna sodir bo’lgan butun voqea tafsilotlari, qatnashuvchi ayrim shaxslarning axvollari, xis-tuyg’ulari, shu muxitdagi ruhiy kechinmalari, Xatti – harakatlari musiaqada yaqqol ifodalangan. Ya’ni, marsh harakatlari ommaviy unison xor, o’zgaruvchan usullar bilan boyitilgan SECEO (quruq oxangsiz) rechitativlar orkestirning sadolari bilan uzviy bog’langan holda muzikani rivojlanib borishi , mukammal ravishda , mantiqiy ifodasini tovgan. Operani finali (6-nchi ko’rinish) Hirot shaxrining tashqarisidagi “Qabriston”. Tong payti, sof osmonda yulduzlar birin – ketin so’nmoqdalar. Gulini dafn etish marosimida qatnashgan odamlar (Qurhon tilovati tugagach) “Qabriston” darvozasi oldida , Qulmuxammad va Navoiyga tahziya bildirishlarida mungli (yopiq ovozda) xor , tog’ ortidan quyosh nurlari asta-sekin olamni yorishishishiga, juda o’rinli jaranglaydi. Ayniqsa , bashariyatga, so’nmas quyoshga atab ,ko’tarinki ruxda aytiladigan bu ommaviy xor qo’shiqni uzoq-uzoqlardan aks – sado berib , takrorlanishi tinglovchida katta taassurot qoldiridi. Bu o’rinda, chuqur musibatga cho’kkan A. Navoiy va Qulmuxammadga va ularning do’stlari – Soxibdoro , Bexzod , Abdulmaliklar: Navoiyning “Ko’b bevaqt kelibmiz bu olamga” so’zini do’stlari ham bu so’zni takrorlaydilar. Navoiy ularga qarab : “Ammo ... basharningbaxori kelur. Saodatayyomi kelur , oftob nur sochar, adolat dushmanlari bo’lur barbod!” so’zlari bir necha bor xorni aks- sadolarida takrorlangandan so’ng opera xorni avj nuqtasida “Qaydasan quyosh! So’nmas sen, quyosh!” rechitativlar orqali simfonik orkestr sadolari bilanko’tarinki ruhda opera tugaydi. Umuman, operada zikr qilingan ariyalar, vokal ansambllar va xorlar, rechitativlar, orkestr sadolari bilan payvand bo’lishlari tufayli musiqiy dramaturgiya yaxlit rivojlanadi. Ya’niy, operada qatnashuvchi har bir qaxramon o’zining individual musiqali xarakteristikasiga ega bo’ladilar-da ular sodir bo’lgan voqea- muhiti bilan uzviy bog’liqdir. SHu bilan aytish joizki, operani birinchi va to’rtinchi ko’rinishlarning temp usul sado xarakatlari bir oz cho’zilganga o’xshaydi, qandaydir dinamik harakat yetishmaydi. Operani dramaturgiyasining tahsirchvnligi, dinamikligi ommaviysaxnalarda hammadan ko’ra namoyon bo’ladi. Operani sahnalashtiruvchilar: dirijyor G.To’laganov, asosiy rejissyor B.Yo’ldoshev, rejissyor O.Uzoqov, rassom T.SHorahimov, baletmeyster G.Izmayilova, balet liboslari bo’yicha rassom Z.Qurish, xormeysterlar L.SHilg’krut va M.Yandrinskaya, kontsermeyterlar: S.Parkova va CH. Volox. Premg’erada ijro etgan solistlar: A.Navoiy – T.Xusanov va SH.G’ofurov, Guli – SH.To’xtaboeva va Yu.Abdullaeva, Husayn Boyqaro – A.Bozorov va SH.Ziyomuhammedov, Qulmuhammad – A.Abduqodirov va P.Mustofoev, shoir Jomiy – X.Kichinboev , T.Baxromov, Abdul – Malik – Yu.Yoqubov va X.Jo’raev, Darvish Ali – B.Rasulov va A.Abduqodirov, Jaloliddin – B.Rasulov, Behzod – N.Sinxabibi va K.Turdiev, shoir Soxibdaro – Yu.Yoqubov, Xosiyat – O. Kuchlikova va M.O’rinboeva, Enaga – O.Kuchliqova, Madina – R.Xidoyatova, G.Zokirova, Raqqosa – solistlar: M.Ahmedova va G.Xamraeva. Xor va balet, hamda Gulini dugonalari ishtirok etadilar. “Alisher Navoiy” operani premg’erasiga matbuotda quyidagi taqrizlar chop etilgan: A.Jabborov “Navoiy opera qaxramoni” , jurnal “San’at” № 7 1991 y , 2 bet A.Djabbarov “ Druzey i sobesednikov naydi”, jurnal “Muzqkalg’naya akademiya”(ilgarigi “Sovetskaya muzqka”), Moskva № I, 1992g., str 56 – 59. “Zulmatdan ziyo” Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta opera va balet teatr jamoasi (o’sha davrda yosh kompozitor) Rashid Hamroev (1937 - 1985)ning “Zulmatdan ziyo”2 nomli ilu operasini 1965 yilni oxirida jamoatchilik ko’rigiga havola qildi. Operaning librettosini atoqli shoir – dramaturg Turob To’la, ulug’ yozuvchi Oybekning “Qutlug’ qon” romani asosida yozgan. Operani premg’erasini 1966 yilni 9 yanvar oqshomida tomoshabinlar ko’tarinki ruh olqishlar bilan kutib oldilar. Ma’lumki, Oybekning “Qutlug’ qon” romanida Turkistonning 1917 yildan avvalgi tarixiy o’tmishi, iqtisodiy – ijtimoiy hayoti aks etiladi. Unda ikki yoqlama zulmdan sabr kosasi to’lgan xalqning qo’zg’olonga olib kelishi ifodalangan. Ya’ni, asarda 1916 yil arafasida o’zbek xalqi hayotining barcha tabaqa qatlamlarini ko’rsatgan. Unda insonlarni turli tabaqa va guruhlarni iqtisodiy – ijtimoiy hayotdagi o’rinlari, bir – birlariga bo’lgan jiddiy munosabatlarini qarama – qarshi kurashlari jarayonida sodir bo’lgan ikki sevishgan yosh Yo’lchi va Gulnorlarni fojiali hayot taqdirlariga zomin bo’lgan mulkdor Mirza Karimboy hamda uning o’g’li va qizi shaxsiy manfaatlarini qondirishda qilgan firibgarlik hatti – harakatlari ifodalanadi. SHoir – dramaturg Turob To’la mazkur roman asosida yaratgan librettosida quyidagi ishtirok etuvchi personajlarni kiritgan: Yo’lchi – kambag’al yigit (tenor); Gulnor – yosh cho’ri qiz (soprano); Petrov – hunurmand inson, bolg’shevik (bariton); Mirza Karimboy – dong’a chiqqan mulkdor boy (bas); Salimboyvachcha – Mirza Karimboyning o’g’li (tenor); Nuriya – Mirzakarimboyning qizi (metstso soprano); Yormat – Gulnorni otasi, boyni xizmatkori (bariton); Gulsum – Gulnorni onasi (metstso soprano); Ali Oxun – Qoranda (tenor); O’roz – dehqon (tenor); Qoratoy – temirchi usta (bariton); SHoqosim ota – Qoranda (tenor); Yuzboshi (bariton). “Zulmatdan ziyo” opera 3 parda, 10 – ko’rinishdan iborat. Operani adabiy mazmunida aks etilgan jamiyatdagi iqtisodiy – ijtimoiy tengsizlik, mulkdorboylar bilan qashshoq xalqning o’rtalaridagi g’oyaviy va hayotiy amaliy kurash musiqiy dramaturgiyaning rivojlanish jarayonida, ko’rinishdan – ko’rinishga namoyon bo’lib boradi. Ana shu muhit jarayonida Mirza karimboy bilan Yo’lchining shaxsiy uchrashuvi va qarama – qarshi kurashlari ijtimoiy darajaga ko’tariladi. Odiiy mehnatkash dehqon yosh Yo’lchi yigitni, boshidan o’tgan jiddiy sarguzashtlari tufayli uning xarakteri va g’oyaviy dunyoqarashi o’zgara – shakllanib boradi va ezilgan xalqni boylarga qarshi kurashga dahvat etadi. Operani I – nchi parda birinchi ko’rinishi, muqaddima sifatida, Turkiston gubernatorining qamoqxonasida yotgan Yo’lchi boshidan o’tgan sarguzasht voqealarni bayon qiladi. II – ko’rinishda Mirzakarimboyning ichki hovlisida qizi Nuriyaga to’y kelmoqda. III – ko’rinish boyning tashqari hovlisida qishloqdan Mirzakarimboy tog’asini yo’qlab kelgan Yo’lchiboyga o’zini tanitadi,boshiga tushgan munosabatlarni hikoya qiladi. Boy “Xudo yetkazgan” tekin xizmatchilarni Yo’lchi va uning singlisi Unsunni o’z “himoyasiga” xizmatkor qilib oladi. Ularni xizmatga kelganlariga ayrim vaqt o’tgach shunday voqea sodir bo’ladi: boyning o’g’lisi Salimboyvachcha mast (kayf) holda bachchasini quvlab to’pponchadan otadi. Bu ahvolni ko’rgan Yo’lchi Salimboyvachchani qo’lidan to’pponchani olib qo’yadi. Yo’lchini mardligini ko’rgan Nuriya zimdan sevib qoladi. Yo’lchi esa hovlida Gulnorni ko’rib sevib qoladi. 2 – parda 4 – ko’rinisha paxta dalasida Gulnor bilan uchrashib qoladi. Bu sirni payqagan Mirzakarimboy “qah - qah” urgancha deydi : “diding yaxshi ekan jiyan. Ko’nglingni to’q qilaver, qiz seniki, yaxshi ishla, kuzda to’y deb bilaver” ya’ni operani 1 – 2 – 3 – va 4 – ko’rinishlarini ekspozitsiya desa ham bo’ladi. Unda barcha ishtirok etuvchi ijobiy va salbiy obrazlar namoyon bo’ladi. Operani V – ko’rinishidan boshlab qarama – qarshi ziddiyat va kurashlar boshlanadi. Qachondir boy ota Gulnorga ham : “yaxshi ishla qizim, seni Yo’lchiga atab qo’yganman, to’ylaringda xizmat qilaman”, degan edi. Gulnor bu xushxabarlarni onasi Gulsumaga sevinib izxor etgan edi. Boyning katta hovlisida Gulnor bilan Yo’lchining to’ylari bo’lmoqda. Salimboyvachcha va Nuriyalar kelin va kuyov ustilaridan tanga sochmoqdalar. Yo’lchinni jo’ralari va Gulnorni dugonalari jamuljam bo’lganlar, qizlar esa raqs tushmoqdalar. Gulnor esa o’z honadonida nikoh oldidan hayol surmoqda. O’u payt otasi Yormat boyning qo’lidan yangi do’ppi va beqasam to’n kiyganidan xursand bo’lib, xotini Gulsumga Gulnorni xo’jayini Mirzakarimboyga turmushga berishga rozilik berganini aytadi. Gulnor va onasi qarshi turadilar, faryod ko’taradilar, lekin ne qilsinlar. 6 – ko’rinish. G’azablangan Yo’lchi boyni o’ldirishga otlanadi. Gulnor esa uni bu jinoiy ishdan qaytaradi. Ular bu dargohdan qochishga qaror qiladilar. Gulnor paranjisini olib kelishga uyga kirib ketadi. SHu paytda Nuriya paydo bo’lib Yo’lchiga ishqini yana izxor etadi. Yo’lchi uni rad qiladi va otasi Gulnorga uylantirmoqchiligini aytadi. Gulnordan darak yo’qligidan xavotirlanadi. Salimboyvachcha do’stlari bilan Gulnorni o’g’irlab ketadilar. Yormat, Mirzakarimboy mirshablar bilan Yo’lchini “qiz o’g’risi ! ” deb qamoqqa otadilar. 6 – ko’rinish qamoqda o’tadi. Bolg’shevik Petrov Yo’lchini hikoyasini diqqat bilan tinglaydi. To’satdan Yormat otani qamoqxonaga tashlaydilar. U ularga Salimboyvachchani o’ldirganini aytadi. 7 – ko’rinish Mirzakarimboyni honadonida o’tadi. Salimboyvachcha o’g’irlagan Gulnorni islovatxonaga sotmoqchi bo’ladi. Dadasi esa allaqachonoq Gulnorni topshirib kelib, unga uylanadi. Bu holga aka singil birlashib Gulnorni zaharlab o’ldiradilar. SHu sababli Yormat ota Salimboyvachchani o’ldirgan. 9 – ko’rinish qabristonda o’tadi. Qamoqdan qutilgan Yo’lchi qabr ustida. Zulm dunyosini tor – mor qilishga Gulnorni nomi bilan qasam ichadi. Petrov, Qoratoy, Alioxun kabi juda ko’p do’stlari Yo’lchi bilan xalqni zulmga qarshi qo’zg’olonga boylaydi. 10 – ko’rinish shahar hokimining mahkamasini oldida o’tadi. Mirzakarimboy shahar hoeimiga o’zbeklar bilan ruslar qo’zg’olonga ko’tarilganliklarini xabar qiladi. Hokimni buyrug’i bilan politsiya qo’zg’olonchilarni otadilar. Xalq zulm mahkamasini tor – mor qilib, unga o’t qo’yadilar. Og’ir yaralangan Yo’lchi xalqni yana kurashga dahvat qilib, o’zi qurbon bo’ladi. Birinchi ko’rinish Turkiston gubernatori qamoqxonasining yerto’lasida o’tadi va muqaddima vazifasini bajaradi. SHu hibsda yotgan Yo’lchi bolg’shevik Petrov bilan yaqindan tanishadi va do’st bo’lib qoladi. U boshidan o’tgan sarguzasht savdolarni, do’stiga hikoya qilib berishi tufayli, sodir bo’lgan voqealar va hibsga tushib qolganining sabablarini izhor qiladi. Kompozitor R.Hamroev operani ko’rinishlaridagi voqealarni, ishtirok etuvchi personajlarni hatti – harakatlarini, his – tuyg’ularini ifodalashda, anhanaviy ariya, arioza, vokal – ansambllar va xor nomerlaridan tashqari kinofilg’m uslubi vositalaridan ham foydalangan. Ya’ni, qisqa davom etuvchi ko’rinishning ketma – ket bir yoqdan ikkinchi yoqqa (skvoznoy) o’tib rivojlanish jarayonining tahmirlashda simfonik orkestr, mustaqil ravishda, muhim rolg’ o’ynaydi. SHu bilan birga kino – filg’m vositalari qo’llangan ko’rinishlarda, inqilob arafasidagi sertashvish va dahshatli muhitlarni ifodalashda hamda ishtirok etuvchi asosiy personajlarni xarakterlovchi leyttemalarni namoyon bo’lishlarida simfonik orkestr yetakchi rolg’ o’ynaydi. Opera qisqa kirish musiqa bilan boshlanadi. Orkestr sadosida qayg’uli xarakterli, umulashtirilgan “Zulm leyttema” jaranglaydi. Mazkur “Zulm leyttema” Yo’chi, Gulnor va xalq obrazi bilan bog’liq. Ularning qayg’uli ruhiy ezilish va jabr – jafo chekishlari aks etiladi. Ya’ni, leyttema Yo’lchi, Gulnor va xalqning musiqiy partiyalarida namoyon bo’ladi. SHu tema ilk bor birinchi ko’rinishda hibsda, qayg’u – jafo tortib yotgan Yo’lchi obrazi bilan bog’liq. Yo’lchi boshiga tushgan mushkil holatini do’stiga rechitativda izhor qilishdan avval “Zulm leyttema” qisqartirilgan holatda shunduy jaranglayji: Operani 5 – ko’rinishida Yormat ota qizi Gulnorni mirza Karimboyga turmushga berishga rozilik berganini xotiniga aytganda, Gulnor bilan onasi Gulsum dahshatli vahimaga tushib qolishlarida orkestr sadosida “Zulm leyttema” O’z holatidan bir oz o’zgargan holatda shunday jaranglaydi: Mazkur leyttema operani 7 – ko’rinishida, Gulnorning otasi Yormat qizi Gulnorni zaharlab o’ldirishgandan so’ng, Salimboyvachchani o’ldirib o’zini qamoqga olib kelgan chog’ida orkestrda shu tema jaranglaydi. Yormatni obrazi, hatti – harakati ana shu leyttemadan tashqi, o’zining ikkilanish xarakteri xos “Leytmotiv” ham, u Mirza Karimboy bilan qazi to’g’risidagi muloqotda namoyon bo’ladi. Mulkdor Mirza Karimboyning tili yog’lama, makkorlik obrazini ifodalovchi leyttema ham, kerakli joylarda, orkestr sadosida jaranglaydi: Mirza Karimboyning qizi Nuriya va o’g’li Salimboyvachchalarning leytmotivlari otasining leyttemasiga yaqin. Operani rivojlanish jarayonida ular sahnada paydo bo’lishlari oldidan orkestrda jaranglaydi. SHunday qilib, operada ishtrok etuvchi barcha asosiy personajlarni obrazlari bilan bog’liq leyttema va leytmotivlar musiqiy dramaturgiyani jipslashda muhim rolg’ o’ynaydilar. SHular bilan birga operada qo’llangan rechitativlar dramatik jihatdan tahsirchan. Sodir bo’lgan voqealarda va vokal partiyalar bilan bog’liq rechitativlar orkestr partiyalari bilan payvasta bo’lib rivojlanish jarayoni ham diqqatga sazovordir. Operani bosh qahramoni Yo’lchi musiqiy obrazi, dramatik vaziyatga qarab sahnaning turli ko’rinishlarida, his – tuyg’u tabiyatini turli tomonlari, ma’lum darajada o’zgarib boradi. Masalan: Yo’lchi singlisi Unsun bilan tog’asi Mirza Karimboyning xonadoniga ish izlab kelayotgan paytida, orkestrning torli guruhining jo’rlik fonida, uzoqdan asta – sekin mashhur “CHo’li Iroq” kuy nay navosi eshitiladi. Yo’lchi onasini va qio’log’ini eslab kelayotgan paytida, bu jaranglayotgan kuy uning xayolini olis – olislarga chorlaydi. Yo’lchi tog’asi Mirza Karimboyning xonadonida Gulnorni bir ko’rishdayoq zimdan sevib qolganini paxtazor dalada birga ishlash jarayonida Gulnorga bo’lgan sevgi – muhabbat ishqiy dardini katta ariyada izhor etadi. Bu uch qismli, do, solg’ va do majorda yozilgan ariya, metr – ritm va tempi 3\4, 2\4, 3\4\, 4\4 Andante, Moderato, Andanto o’zgarishlari, orkestrning past bas tessiturada, vazmin surhatda, akkordli fakturada, ayrim joylarda tremololar jo’r bo’lib borishi Yo’lchini sevgi – muhabbat dardli halovatini, mukammal ravishda aks etadi. Yo’lchi va Gulnor Mirza Karimboyning paxtazorda ish jarayonida va xonandonda uy yumushlarni bajarish bilan band bo’lsalarda, boy tog’asi kuzda ularni nikoh to’ylarini o’tkazib beradi degan ishonch hayolda umid qiladilar. Lekin ularni umidi puchga chiqadi. CHunki, Mirzakarimboy ikki yoshni to’ylarini o’tkazish jarayonida ularni aldab, Gulnorni otasi Yormat bilan kelishgan holda, to’yni buzib, o’zi Gulnorga uylanishga ahd qiladi. Kutilmagan bundayin mushkul og’ir ahvolga tushib qolgan Yo’lchi va Gulnor, bu xonadondan qochishga ahd qilishlari ularni duetlarida namoyon bo’lib, ularning shaxsiy dramasi ijtimoiy nuqtaga ko’tariladi. Mazkur duetda ikki sevishgan yoshlarni qayg’u – jafo kayfiyatlari yaqqol aks ettiriladi. Duet avval ularning qisqa – qisqa mungli ovoz bilan boshlanib, orkestrning murakkabli fakturasi bilan payvand bo’lib rivojlanish jarayonida ovozlarni yuqori tessituraga ko’tarilishi dramatik tarang avj “A” vokaliz holatda avj nuqtasida jaranglaydi. Xudbin, ablah Mirza Karimboy o’z manfaatini qondirish niyatida qilgan hatti – harakati tufayli sodir bo’lgan nohush voqea maftunkor Yo’lchini g’oyaviy dunyoqarashi va kayfiyatini keskin ravishda o’zgartirib yuboradi. Sodda Yo’lchini ko’zi ochiladi. U ana shunday vaziyatda Yo’lchi butun jahl vujudi bilan makor Mirza karimboyni o’ldirishga ahd qiladi, lekin o’zini Gulnorni o’g’irlashda nohaq ayblab hibsga qamaydilar. Qamoqda yotgan Yo’lchining Petrovga izhor qilgan har bir hikoyasi, uning ko’ngil faryodlari, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib payvand bo’lib jaranglaydi Operaning musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida IX – nchi ko’rinish ajralib turadi. Ya’ni, Yo’lchi hibsdan qochib, qabristonda Gulnorning qabri ustida: “ – Buyur azizginam, oyog’ingdaman, otlandim qirishga qotillaringni. Madad ber jonginam kurash odidan, kamar qili belimga kokillaringni ...” monologida izhor qilib, ko’z yoshi bilan, jarohatlangan qalbiga, o’zbek xalq kuyi “Girya” (yig’i) asosida yozilgan ariozada malham beradi. Monolog bilan arioza asta – sekin (lento) daromaddan nuqta tomon tebranish jarayonida do’sti Petrov, Gulnorni otasi Yormat, Qoratoy, Alioxon va zulmdiyda xalq Yo’lchini yonida bo’ladilar. Ular qalbi jarohatlangan Yo’lchi bilan birga boylarga bo’lgan g’azab – nafratlari ko’p ovozli ommaviy xor qo’shiqda aks etiladi. Mazkur monumental sahnada yakka xonanda (solist) bilan birga erkaklar ovozi, xotin – qizlarning ovozlari bilan almashib rivojlanish jarayonida, orkestrda “Zulm leyttema” paydo bo’ladi va zulmga qarshi kurashga, Gulnorni nomi bilan Yo’lchi qasamyod qiladi. Ana shu jarayon ovozli va cholg’u musiqa sadolari orkestrning tutti bilan tugaydi. Operani X – nchi final ko’rinishida marshsimon musiqa sadolarida Yo’lchi boshchiligida boylarga qarshi qo’zg’olon ko’targan xalq hokimning mahkamasining yoniga kelganda politseymeysterning buyrug’i bilan qurolsiz olomonga o’q uzadilar. G’azablangan xalq zulm mahkamasiga o’t qo’yib, tor – mor qiladilar. Og’ir yaralangan Yo’lchi kurashni davom etishga dahvat etib, o’zi halok bo’ladi. Uning qasamyodini va chaqirig’ini qo’llab – quvvatlagan xalq jadalliy kurashni ommaviy xor jaranglashi bilan opera tugaydi. Operada ishtirok etuvchi bosh qahramon Gulnorning musiqiy obrazi ham dramatik vaziyatga qarab, uning qizlik tabiati va taqdiri turli ko’rinishlarda ma’lum bo’lib boradi. U Mirza Karimboyning xizmatkori. Uning umri boy xonadonining yumushlari bilan o’tadi. Ana shu xonadonda (3 – ko’rinish) ilk bor Yo’lchi bilan tanishadi. Muhabbat dardiga duchor bo’lgan Gulnor paxtazor dalada, ish jarayonida (4 – ko’rinish) ijro etadigan uch qismli solg’ majorda yozilgan ariozada Yo’lchi yigitni sevib qolgan his – tuyg’usini, mukammal ravishda izhor etadi. Mazkur dilbar, go’zal latofatli ariozada Gulnor o’z – o’zi bilan yolg’izligini sezib (Andante) mahyus va g’amgin holatda, asta – sekin daromatda boshlab, ariozani o’rta qismida (Allegretto) tezlatgan holda avj nuqtasiga ko’tarilishda uning qalb dardi to’lqinlanish jarayoniga jo’r bo’lib boradigan orkestr juda yorqin tasvirlaydi. Yo’lchiga bo’lgan sirli muhabbatini o’z – o’zisha izhor qilib, xayolga cho’miladi. Uning hayolida, (intermediya) huddi ularning to’ylarida qizlari yallalar aytib raqsga tushmoqlari ko’nglida namoyon bo’ladi. Mirza Karimboyning hovlisida (V – ko’rinish) Gulnor bilan Yo’lchining to’ylarida kuyovning jo’ralari va alohida qizlar yor – yor aytib, ajoyib raqslari avjiga chiqayotgan bir paytda, orkestrda “Zulm leyttema” o’tadi. Gulnor hamon hayol surganicha o’z xarobasida. Uning totli ruhiy kechinmalarini “Gulnor!” degan otasi Yormatning baqirig’i uni parishon qiladi. U Gulnorni xo’jayini Mirza karimboyga xotinlikga unashib qo’yganini aytadi. Gulnor va onasi Gulsum faryod qiladilar, Gulnor xushidan ketadi. To’y buziladi. Yuqorida zikr vilingan duetda Yo’lchi va Gulnor qochishga harakat qilgan paytlarida Salimboyvachcha Gulnorni o’g’irab ketadilar va Yo’lchini ayblab (VI – ko’rinish) qamoqga tashlaydilar. Mirza Karimboy Gulnorni majbur qilib, (VIII – nchi ko’rinish) unga uylanadi. Boyning o’g’li, qizi va boshqa xotinlari yangi kelinga dillarida mutlaqo qarshilar. Ular hatto uni o’ldirishdan ham qochmaydilar. Gulnor dushmanlik ruhiy bilan sug’orilgan muhitda istiqomat qila boshlaydi. Boy Yo’lchini singlisi Unsunni uydan haydaydi. Gulnor uni himoya qiladi, lekin natija bermaydi. Gulnor nima qilishini bilmay ruhiy tushkunlikga tushib iztirob chekishida , orkestrda “Zulm leyttema” jaranglaydi. Butunlay ruhiy tushkunlikga duchor bo’lgan Gulnor Yo’lchini eslab, ezilgan yurak – bag’rini uch qismli (Andante, Allegro, Andantino) mi minorda yozilgan katta ariyada namoyon qiladi. Taqdirdan nolib ruhiy ezilgan Gulnor xastalanib qoladi. Boyning o’g’li salimboyvachcha va qizi nuriya Gulnorning tug’ib berishi va ota merosining bo’linib ketishidan qo’rqib, nuriya payt poylab, xo’rdaga zahar solib qo’yadi. Zaharlangan Gulnor o’limini anglab, o’ziga va butun boy xonadonga o’t qo’yadi. Otasi Yormat esa fojianing sababchisi salimboyvachchani o’ldiradi. Bu noxush voqeani, uyg’unlashmagan (diisonans) akkordlar va “Zulm leyttema”ni orkestrda paydo bo’lishi, tempo harakatni o’zgarishi (Fortissimo)keskin ravishda aks etadi. Ana shu musiqiy fonda Yormat otani mirshablar qamoqga olib ketadilar. Bu sodir bo’lgan noxush voqealar asosan rechitativ va orkestr sadolarida goh torli cholg’ular guruhida Gulnorning behalovatlik, tashvish harakatlari bilan tebranishlar, goh orkestrning barcha cholg’ularida motamsimon (largo) musiqa, favqulotdan bu musiqa keskin ravishda (presto) jadalliy tremololar, truba, trambon va voltornaning qattiq jaranglashlari fojiali voqealarni yong’in alangalarni, mukammal ravishda, simfonik orkestr aks etadi. Operani musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida boyni qizi Nuriyaning ariya, arioza kabi katta vokal – nomerlar bo’lmasa ham, asosan ifodali – rechitativ dialoglarda, Yo’lchi bilan gulnorning o’rtalarida raqobatli roli ozmuncha emas. Masalan: operani 2 – ko’rinishida Nuriya o’zining nikoh to’yida hushchaqchaq holatda namoyon bo’lsa, mard yigit Yo’lchini ilk bor ko’rib, uni sevib qolganini izhor etadi. Yo’lchi Gulnor bilan (4 - ko’rinish) bu dargohdan qochishga ahd qilib, Gulnor uydan paranjisini olib chiqqunga qadar Yo’lchini yonida kutilmagan Nuriya paydo bo’lib yana ishqni izhor qilib, qaysi yo’l bilan bo’lmasin uni o’z uyiga “xizmatkorlikga” olib ketishni jiddiy ravishda aytadi. Yo’lchi taklifni rad etadi va otasining Gulnorga uylanayotganini bildiradi. Ana shu rechitativ – dialogdan boshlab Nuriyaning kapalagi uchib, g’azablangan damatik holatini tez jurhatda (Allegro), shiddatli forte cholg’u musiqa aks etadi. SHu bilan birga Nuriyaning ijtimoiy – ruhiy kechinma holati ayniqsa (8 - ko’rinish)da, Gulnorni zaharlab o’ldirishida “Zulm leyttema” boshqa holatda orkestrda namoyon bo’lib, Nuriyaning murod – maqsadiga erishganini cholg’u musiqa ifodalaydi. Mazkur operada vokal va ommaviy xor nomerlar asarning musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida, finalda jaranglaydigan xalqning ommaviy xor nomerdan tashqari, qolgan barcha xor va vokal ansambllar har ko’rinishlarda sodir bo’layotgan voqealarga ruhiy – tahsirlanish yoki to’y marosimlarda ishtirok etishlar bilan namoyon bo’ladilar. Masalan: yuqorida zikr qilingan Nuriyaning (2 - ko’rinish) va Yo’lchi va Gulnorlarning to’ylarida, simfonik orkestrning jo’rligiga moslashtirilgan o’zbek xalq kuylari “Yor - yor”, “Qari – Navo”lar bir oz o’zgartirilgan holda jaranglaydilar. Umuman, “Zulmatdan ziyo” operani musiqiy dramaturgiyasining rivojlantirish jarayonida simfonik orkestr yetakchi rolg’ o’ynaydi. Ya’ni, operani boshidan to oxirigacha, vokal nomrlarga orkestr jo’r bo’lishi, turlicha tempo – ritm tebranishlarni hosil bo’lishiga qaramasdan, musiqani bir yoqdan ikkinchi yoqqacha to’xtovsiz o’tib (skvoznoy) rivojlanishi, tomoshabinning ruhiy holatini beixtiyor tarang ravishda ushlab turadi. SHuning uchun bo’lcha kerak, operada vokal nomerlarning badiiy salohiyatlari uncha ifodali – go’zal bo’lmasa ham, asarni musiqiy dramaturgiyasi baquvvat, ko’pi o’zbek operalaridan ajralib turadi. Kompozitor R.Hamroevning ijodiy yutug’i ham ana shunda. U, mazkur operasi uchun Hamza nomli Respublika davlat mukofotiga 1966 yili sazovor bo’ldi. 1967 yili “Zulmatdan ziyo” opera boshqa o’zbek opera va baletlar qatorida Moskva davlat katta akademik opera va balet teatrining sahnasida namoyish qilingan. XULOSA Operaning adabiy asosi - librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o‘z ifodasini topadi. Turli vokal ansambl (duet, trio va b.) larda qahramonlarning o‘zaro munosabatlari o‘z aksini topadi. Xor esa ro‘y berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta o‘rin egallaydi: vocal shakllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qismlarda vaziyatning mazmunini ochib beradi. Operaning tuzilishi uning g‘oyaviy maqsadiga, sujet xususiyatlariga va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq. Opera san’atning alohida turi sifatida XVI asr oxirida Florensiya (Italiya) da yuzaga kelgan. Opera keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xilIarga ega bo‘ldi: fransuz «lirik tragediyasi» va katta opera , italyan opera-seriya - jiddiy opera va buff- opera, nemis zingshpili, ingliz ballada operasi va boshqalar. O‘zbekistonda esa opera janri XX asr boshida o‘zbek musiqali dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz operasining ta’sirida yuzaga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Toshkentga gruzin, italyan, tatar, rus va ozaibayjon opera trappalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Rus opera teatri o‘z faoliyatini boshladi. 1929-yilda Muhiddin qori Yoqubov tashabbusi bilan o‘zbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari asosan musiqali dramalardan iborat bo‘lgan. Mazkur teatr sahnasida o‘zbek tilida birinchi bo‘lib M.Magomayevning «Nargiz», E.Brasilovskiyning «Er Targ‘in» operalari qo‘yildi. O‘zbek opera va balet trappasi O‘zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, o‘z faoliyatini kompozitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiy yaratgan «Bo‘ron» (1939) operasi bilan boshladi56. Bu asarning sahnalashtirilishi O‘zbekistonning musiqali teatr hayotida katta voqea bo‘ldi. Aynan, «Bo‘ron» operasi premerasidan so‘ng musiqiy dramatik teatr O‘zbek Davlat opera va balet teatri nomini oldi. Download 73.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling