Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
«yo‘q, s’ezd adashgan, bizning shaharda banditizm bo‘lib turadi», demoqchimisan? E, 
o‘rgildim, senlardaqa kaltabinlardan. Yarim soatdan so‘ng ayblovni o‘zgartirib kel. 
— Nima deb qo‘yay? — deb so‘radi tergovchi qog‘ozlarni yig‘ishtirib bo‘lgach. 
— Balo deysanmi, battar deysanmi, o‘yla, kallangni ishlat! Shu ishing uchun davlat 
senga pul to‘laydi. Kallang po‘la bo‘lsa, bo‘shatib qo‘y, kallalilar ishlasin! 
Tergovchi yelkasiga shu kabi tavqi la’nat toshlarini ortib, nochor ahvolda xonadan chiqdi. 
Zohid esa asta yurib borib uning o‘rniga turdi. Go‘yo qolgan-qutgan la’nat toshlarini 
ortish uchun yelkasini tutdi. Rahbar unga qovoq uyub qaradi, o‘zi ham o‘tirmadi, uni 
ham o‘tirishga taklif etmadi. 
— Xo‘sh, dono yigit, qaerga borganingizni bilasizmi, o‘zi? 
— Oddiy bir idoraga, — dedi Zohid o‘zini xotirjam tutishga tirishib. 
— Siz uchun oddiydir. Ammo, — rahbar ko‘rsatgich barmog‘ini shiftga qarab nuqdi, — 
yuqoridagilar uchun oddiy emas. Sen bola, Sunnatullaevning almisoqdan qolgan ishini 
nimaga kavlashtiryapsan? Senga bu «Ish» tugallangan, yop, deyilganmi, nega 
yopmayapsan? 
— Ish hali mutlaqo mavhum. 
— Nimasi mavhum? Sunnatullaev o‘ldirildimi? Uni o‘ldirganlar ham o‘ldirildimi? Unisi 
ham, bulari ham dordan qochgan jinoyatchilarmidi? Senga yana nima kerak? Xursand 
bo‘lib yopavermaysanmi? Sen qilolmagan ishni o‘zlari qilishyapti. Bir-birining go‘shtini 
yeyapti. Yig‘ishtir, bunaqa donoligingni! 
Zohid Said Qodirovning topshirig‘ini eslab, rahbarga e’tiroz bildirdi: 
— Bu ishni yopolmayman. Meni majbur qilolmaysiz. Kerak bo‘lsa, yuqoriga arz qilaman. 
— O‘h-ho‘... zo‘rsan-ku, a?! Qani, yozib ko‘r-chi? E, senga xat-savod o‘rgatganni... — 
rahbar so‘kinib, joyiga o‘tirdi. — Mishig‘ini artolmaydi-yu, yana men bilan olishadi-ya! — 
U shunday deb stoli ustidan bir «Ish»ni olib, Zohidga uzatdi: — O‘n besh kunda javobini 
aytasan. Bor, ishingni qil. 
Zohid «Ish»ni olib burildi. Ostonaga yetganida rahbarning so‘kishi eshitildi. Zohid 
orqasiga keskin o‘girilib, ko‘zlaridagi g‘azab o‘ti bilan unga javob qildi.
3 
U xonasiga kirgach, joyiga o‘tirgisi ham kelmadi. Yuzasi choynak izlaridan dog‘ bo‘lgan 
stol ko‘ziga battar xunuk ko‘rindi. Qo‘lidagi «Ish» zil-zambilday tuyulib, stol ustiga «tap» 
etib tashladi. Qog‘ozlar qatidan yengil g‘ubor ko‘tarilib, dimog‘ini qichishtirdi. Ikki-uch 
aksa urgach, yengillashganday bo‘ldi. 
Biron ishga qo‘l urilgan mahalda yuqori martaba egalarining aralashuvlari, oqibatda ojiz 
odamday chetga chiqib qolinishi Zohid uchun yangilik emas. Akasining o‘limidan so‘ng 
bunday haqsizlikni ko‘p ko‘rdi. Odam zoti yantoqzorda yurib, oyoqlari tikonlarga 
o‘rganganday, haqsizlikka uchrayversa, unga ko‘nikib qoladi. Hatto haqsizlikka uzoq 
vaqt duch kelmasa, uni qo‘msaydi ham. Zohid haqsizlik deb atalmish to‘qayzorda 
yurganini allaqachon fahmlab yetgan, necha yilki, bu to‘qayzorda adolat gulini izlaydi. U 
bilmaydiki, to‘qayzorda gul bitmas, adashib bitgan taqdirda ham undagi to‘ng‘izlar 
yancharlar, yo‘q qilarlar. 
Zohid esa izlagani, gul deb o‘ylagani sassiq alaf bo‘lib chiqqan onlarda afsuslanadi, 
ammo ishonch bilan izlayveradi. Zohid ilm gulshani sari borayotib o‘z yo‘lini to‘qayzorga 
o‘zi burdi. U to‘qayzorda sassiq alaflarning, qamishlarning, gulni payhon qilg‘uvchi 
to‘ng‘izlarning ko‘pligidan ajablanmaydi. Uni qiynaydigan savol bitta: bu haqsizlik 
to‘qayzori qachon obod bo‘ladi? Inson farzandlari qachon adolat gulshanidan bahra 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling