Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 Kesakpolvon nafrat qanday izhor qilinishini bilmas edi. Otasi qamalganidan beri bunday xorlik tuzini tatib ko‘rayotgan Asadbek qochmoqchi bo‘ldi. Ammo sinf rahbarining omburday qo‘llari qulog‘ini burab, joyidan jildirmay qo‘ydi. Bolalarning ayrimlari unga yaqinlashib, tap tortmay tupurdilar. Ayrimlari esa qo‘rqa-pisa «tuf» deb o‘tdilar. Sinf rahbari istamayroq tupurganlarni to‘xtatib, nafratni astoydilroq izhor etishga majburladi. Shu zaylda nafratlar izhor etilib bo‘lingach, sinf rahbari Kesakpolvonga qarab: — Sen-chi? — dedi. Dushmanlar ro‘yxatiga tushib qolmaslik uchun Kesakpolvon ham tupurdi. Bu dunyoning ajabtovurligi shundaki, valadi zino halolga, o‘g‘ri to‘g‘riga tupurdi! Kesakpolvon boshqalarga qo‘shilib «nafratini izhor» etdi-yu, «Hali bu abjag‘imni chiqarmasa edi», deb qo‘rqdi. Tanaffus paytida sinfning zo‘ri bo‘lmish Asad bolalarni chertmadi ham, so‘kmadi ham. Hovliga chiqib, daraxtga suyanganicha ma’yus holda turaverdi. Ertaga qichishi mumkin bo‘lgan yerini bugun qashib qo‘yishni o‘rganayotgan Kesakpolvon unga qo‘rqibgina yaqinlashdi. — Og‘aynichalish, sen mendan xafa bo‘lma. Agar tuflamasam mendan ko‘rardi. Asadbek o‘ziga nisbatan yoshi ham, bo‘yi ham qisqa bu bolaga bir qarab oldi-yu, indamadi. — Peroni sen olmagansan. Otang dushman bo‘lgani uchun... — Mening otam dushman emas! — dedi Asadbek o‘qrayib. Uning mushtlari tugilib, vajohati o‘zgardi. Bolalar tupurayotganda bunaqa holga tushmagan edi. — Men dushman demadim-ku! Ular shunaqa deb o‘ylasharkan-da. Sinfda bir narsa yo‘qolsa yo sendan, yo mendan ko‘rishadi. Men detdom bolasiman. Demak, men ham yomonman. — Yomonliging to‘g‘ri. Peroni sen olgansan. — Yo‘-o‘q, olganim yo‘q. — Olding. O‘zim ko‘rdim. — Ko‘rgan bo‘lsang... unda nimaga aytmading? — Men sotqin emasman. Senga o‘xshagan o‘g‘ri ham emasman... — Meni o‘g‘ri deyapsanmi?.. Ha, mayli, o‘sha perosini men oldim. Berib tur, desam bermadi. Bermagandan keyin olaman-da. Agar o‘zi yo‘qotib qo‘yganida ham baribir bizdan ko‘rishardi. Undan ko‘ra o‘zimiz olganimiz yaxshi emasmi? Ma, — u shunday deb cho‘ntagidan pero chiqarib uzatdi, — egasiga ber. Yana qamatib yurmasin. — O‘zing ber. — Men nima deb beraman? — O‘g‘irladim, deysan. — Sendan ko‘rishyapti, o‘zing berganing yaxshi. — Men bersam, men o‘g‘irlagan bo‘lib chiqaman. Kesakpolvon bu gapni eshitib, birpas o‘ylandi-da, «Gaping to‘g‘ri, shu yerda tur», deb nari ketdi. Turdialiev degani doimo ozoda kiyinib, bo‘yniga shohi qizil galstuk taqib yuruvchi nimjonroq bola edi. Kesakpolvon uni chaqirib, panaroq joyga boshladi. Ammo juda xilvatga o‘tishdan o‘zini tiydi. Asadbekning shu tomonga qarab turganiga ishonch hosil qilgach, avval yaxshilik bilan gap boshladi: — Peroyingni Asad o‘g‘irlaganini ko‘rdingmi? — Yo‘-o‘q, — dedi Turdialiev. — Bo‘lmasa direktoringga kirib ayt, peroimni yo‘qotib qo‘ygan ekanman, topdim, de. — Senga nima? Seni o‘g‘ri qilmadik-ku? — O‘g‘ri menman! — Kesakpolvon shunday deb uning kekirdagiga chang soldi: — Yo aytasan, yo o‘lasan! Men detdom bolasiman, a? Aytasanmi yo yo‘qmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling