Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
yaqinlashganda tabibdan «bir pas to‘xtang, men non-pon olvolay» demoqchi bo‘ldi-da, 
«iltimosim malol kelib, peshonasi tirishmasin, hali jiyanni chiqararman», degan fikrda 
o‘tib kelavergan edi. 
Uloqchi buva ayni damda uni buning uchun g‘adablamagandi. Zohid o‘zini oqlash 
maqsadida gap izlayotganida, uni bu og‘ir yumishdan qutqarib, niyatini ochiq ayta qoldi: 
— Men sening afti-angoringga zor bo‘lib chaqirtirmadim. Jiyaning borib nima dedi? 
«Moshtabibni topib kelarkansiz» demadimi? 
Bu po‘pisadan so‘ng Zohid sal yengil tortdi. Biroq, xijolatlikdan butkul qutilmagan tarzda 
tabibga qaradi. Qo‘l qovushtirib turgan tabib «izza chekmang, shunaqasi ham bo‘lib 
turadi», degan ma’noda kulimsirab qo‘ydi. 
— Uloqchi buva, o‘tirsak maylimi? — dedi Zohid ham iltimos, ham kinoya ohangida. 
— O‘tirib nima qilasan? Sen izingga qaytib, Moshtabibni yerning tagidan bo‘lsa ham 
topib kel. Boshqa gap yo‘q. Qara, otang azob chekyapti. Sen tomosha qilib o‘tirganing 
bilan yengillab qolmaydi. 
Zohid bolaligida «amaki» deganida samovorxonada buvasi bilan oshxo‘rlik qilgan bu 
odam «buva» deyishni talab qilgan edi. Hozir Zohid shu talabga amal qilgan holda: 
— Buvajon, — dedi mehribon nabira ovozi bilan,— men sizning gapingizni hech ikki 
qilganmanmi? Moshtabib keldilar. 
— Qani? — Uloqchi buva orqasiga o‘girilib, deraza osha hovliga qaradi. 
— Taqsir, xizmatingizdamiz, — dedi Moshtabib kulimsiragan holda. 
— Senmisan? — Uloqchi buva unga tikilib qaragach, bosh chayqadi. — Senlar borib 
Moshtabibni ko‘rmagan boshqa odamni laqillatlaring. Moshtabib mening singan belimni 
joyiga solib qo‘ygan. Men uni ko‘z-larimni yumib turib ham taniyman. Sening oting
nima? 
— Abdujabbor, taqsir. 
— Ha, ana, oting ham boshqacha. Moshtabibning oti... — Uloqchi buva bir oz o‘ylandi. — 
Zokir qori edi. 
— Sal adashdingizmikin, Sobir qori emasmidi? 
— Ha, ha! Sobir qori! Taniysanmi uni? 
— U zot mening dadamlar. 
— Yo‘g‘-e, — Uloqchi buva unga yana tikildi. — Ha, o‘xshaysan. Qani otang, nega o‘zi 
kelmadi? 
— Taqsir... dadamiz dunyodan o‘tganlar. 
— Ie, shunaqami? Sen tuzukroq o‘rganib qolganmisan ishqilib? 
Uloqchi buvaning bu gaplaridan Zohid xijolat bo‘ldi. Tabib esa malol olmay javob berdi: 
— Xudo yuqtirgan darajada, taqsir. 
— Unda qarab qo‘y, choyni keyin ichaverasan. 
— Xo‘p bo‘ladi, taqsir. 
— Hoy, sen buncha meni «taqsir»lab qolding. Men senga mulla emasman. Taqsir dema. 
Men chavandozman! 
Tabib ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib «xo‘p» ishorasini qildi-da, bemorga yaqinlashdi. Zohid uning 
tirsakka qo‘l yuborganini ko‘rdi-yu, nima qilganini sezmay qoldi. Qulog‘iga «qirs» etgan 
ovoz urilib, seskandi. Otasi bir «oh» deb qo‘ydi. Tabib «Yana buyuring, taqsir» deganday 
Uloqchi buvaga qaradi: 
— Nima bo‘ldi? — dedi Uloqchi buva. 
Tirsaklari ham chiqqan ekan, solib qo‘ydim. 
— Bo‘ldimi? 
— Yo‘q, bo‘lmadi. 
— Yana nima qilish kerak? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling