Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
«Ha, mening dadam shunaqalar, — deb o‘yladi Zohid.— Mo‘’minlikni ba’zan haddan 
oshirib yuboradilar.» 
Zohidni yaxshi taniydiganlar «otasiga o‘xshagan mo‘’min-qobil bola», deydilar. Zohid bu 
ta’rifni inkor etmaydi. Ba’zan hazillashib «yuvoshligim dadamdan, jahlim chiqqanida 
ayamga o‘xshab qolaman», derdi. Chindan ham ayasi dadasiga nisbatan gapga 
chechanroq, qo‘polroq tarzda aytilsa, betga choparroq edi. Inson-ga doir fazilatu kam-
ko‘stlar ulashilganida dadasi yuvoshlikdan mo‘lgina bahramand bo‘lib, qaysarlik, 
sharttakilik kabi odatlarni peshtaxta ustida unutib qoldirganu ayasi esa «Erimga taalluqli 
bu «fazilat»larni uvol qilmayin», deb o‘ziga qo‘shib ola qolgan edi. Zohidning kichik 
singlisi tug‘ilgan damlarda qo‘shni «hovlingizni uzunasiga bo‘lingu menga soting. Puliga 
bolalaringizni katta qilib olasiz», deb avrasa, dadasi ko‘nibdi. Hovli o‘rtasiga qoziq 
qoqilayotganda gap nimada ekanini bilib qolgan ayasi noroziligini «qorning teshilgur 
boy» degan lutf bilan boshlagach, qoqilgan qoziqlar ham joyida qolaverdi. Ayasi o‘sha 
kuni zahrining hammasini qo‘shnisiga sochmadi. Eriga ham ozgina olib qoldi. Xotinining 
odatini yaxshi bilgan er zahar kosasi bo‘shagunicha toqat qildi, oxiridagi javobi esa juda 
qisqa bo‘ldi: «Yer talashma, xotin, bitta odamga ikki quloch yer yetarli». Zohid bu 
gapning ma’nosini ulg‘ayganida angladi. 
Tabib to‘g‘ri aytadi: dadasi uni avaylaydi. Zohid otasining bu odatini bilar, «faqat mening 
dadamgina mehribonlar» deb ham o‘ylardi. «Deyarli barcha ota-ona farzandiga shu 
qadar mehribon, mana, hatto ko‘zingizga ajalning o‘qiday ko‘rinuvchi Asadbek ham 
farzandlarining taqdiridan qayg‘urib Moskvada yuribdi», deb ko‘ringchi, siz bilan murosa 
qila olarmikin? 
Bir oz jim yurishgach, tabib undan: 
— Ota-onangizga qarab hech «uf» deganmisiz? — deb so‘rab qoldi. 
Zohid kutilmagan bu savoldan ajablandi: 
— Ochig‘ini aytsam... esimda yo‘q, — dedi ikkilangan tarzda. 
— Ha, esimizda bo‘lmaydi, — dedi tabib jiddiy ohangda. Bir gaplari yoki buyurgan ishlari 
yoqmay «uf» deb qo‘yamiz ba’zida. Ota-onasining o‘limini kutadiganlar oldida bu arzirli 
narsa emasga o‘xshaydi. Qariganda odam injiq bo‘lib qoladi. Bir kuni sog‘ bo‘lsa, uch 
kuni bemorlikda o‘tadi. Hatto hozirgina ovqat yegani, qorni to‘qligi ham yodidan 
ko‘tarilib «ochman» deb noliydi. Aqlsiz farzandlar shunisiga chidasholmaydi. Aqlsiz 
deganimning sababi: qari ota-onaga yaxshimi-yomon qarash — Ollohning ulug‘ bir 
sinovi. Balki eshitgandirsiz, rivoyatga ko‘ra bir odam qari otasidan bezib, qopga solibdi-
da, «dashtu biyobonga tashlab kelaman», deb yo‘lga otlanibdi. Charchab, dam olishga 
to‘xtaganda qop ichidagi otasi nuqul kularmish. «Ota, men sizni bo‘rilarga yem qilish 
uchun olib ketyapman, nega kulyapsiz?» deb so‘rabdi o‘g‘il. Shunda otasi «Menam 
otamni qopga solib olib ketayotganimda ayni shu yerda to‘xtab, dam olgan edim, 
o‘g‘lim», debdi. Rivoyat- ning qisqaligini qarangu chuqur ma’nosiga e’tibor 
bering. 
— Ha, — dedi Zohid, — Rivoyat emas, haqiqatga yaqin gapga o‘xshaydi. Bolaligimda 
ayam shunga o‘xshagan cho‘pchak aytib berardilar. Bir oilada qari otaga yaxshi 
qarashmas ekan. O‘zlari chinni kosalarda taom ichishsa qari otaga eski, yog‘och kosada 
ovqat berisharkan. Bir kuni kichkina o‘g‘iltoy yog‘och o‘yayotganmish. «Nima 
qilyapsan?» deb so‘rashsa, bola «sizlarga kosa o‘yyapman, qariganinglarda shu kosada 
sizlarga ovqat beraman», deb javob bergan ekan. 
— Yaxshi, yaxshi, buni eshitmagan ekanman, — dedi tabib. 
— Ayam buni ko‘p marta aytganlar. O‘shanda boshqa cho‘pchakni bilmas ekanlar, deb 
o‘ylabman. 
— Ayangiz dono ekanlar. Bu haqiqatni miyangizga singdirganlar. Ota-onaga bemehr 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling