Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
3 
Uloqchi buva ijozat bersa-da, Zohid tabibni kuzatgach, qishloqqa qaytmoqchi edi. Ikki-
uch kunga ijozat so‘ramoq niyatida idorasiga borib, yuqoridan Said Qodirov yo‘qlatganini 
eshitdi-yu, shashtidan qaytdi. «Bir g‘alvaga ro‘para qilmasa edi», degan xayolda tash-
qariga chiqqanida mashinasidan tushib kelayotgan rahbariga duch keldi. 
— Ahvol qalay, Shokarimovning ishi bo‘lyapti- mi? — deb so‘radi rahbar ko‘risha 
turib, so‘ng amr ohangida ilova qildi: — Tezlating, azizim, tez- lating. Hozir yana 
eslatishdi. Buguncha eslatishdi, ertaga tanbeh berishadi, indinga po‘stagimizni qoqi-
shadi. 
Rahbar shunday degach, Zohidning izohini kutmayoq idoraga kirib ketdi. «Dadam otdan 
yiqilibdilar, ruxsat bering», deb so‘rashiga hojat ham qolmadi. 
Shamolning izg‘irinli nafasidan eti junjikib, qo‘nishib oldi. 
Deraza qiya ochib qo‘yilgani uchun Said Qodirovning xonasi salqin edi. Xona sohibi 
o‘rnidan turib Zohid bilan so‘rashgach, derazani yopdi-da, «Yana shamollatib qo‘ymay», 
deb jilmaydi. Keyin qaynatgichni to‘kka ular ekan: «Sog‘intirib qo‘ydingiz-ku?» dedi. 
— Yuribmiz, davlatingiz soyasida, — dedi Zohid kinoyasiz ohangda. 
— Soyada yurganingiz yaxshi. Sillangiz qurimaydi. Bir qahva ichib olamiz-a? 
— Aqlni peshlaymizmi? 
Said Qodirov «istehzo qilyaptimi?» degan ma’noda Zohidga qaradi. Bu qarashga javoban 
Zohid jilmaydi. Kinoya qilishga undovchi asabiy holatdan holi, gapi ohangi ham samimiy 
edi. Shu bois Said Qodirov kulib, payrovni davom ettirayotgan askiyachi kabi javob qildi: 
— Mening ustozim hech mahal yanglishmagan: qahva aqlni peshlaydi, deganmi, demak, 
peshlaydi. Qizdirilgan po‘lat suvga solinsa toblanadi-ku, to‘g‘rimi? 
— G‘irt to‘g‘ri. Lekin qahva ichmaganlarning aqli... 
— Endi bu yog‘iga o‘tmang, — dedi Said Qodirov, ikki piyolaga bir qoshiqdan qahva 
kukuni solar ekan.— Yangiliklardan gapiring. Mahmud Ehsonovni eshitgandirsiz? 
— Eshitdim. 
— Xo‘sh? 
Zohid xona sohibining qarashidagi quvlik soyasini ilg‘ab, o‘zini anqovlik pardasi ortiga 
olib, dedi: 
— Avariya bo‘lganmishmi? Kimdir aytuvdi, turklar «aroba qazosi» deyishar ekan. Aroba 
qazosida qazo qilibdi, bechora. Umri shunaqa qisqa ekan-da. 
— Sizga bu qazo g‘alati tuyulmadimi? 
— Nimasi g‘alati? Kunda bo‘lmasa ham kun oralab, kun oralab bo‘lmasa ham haftadami, 
oydami bir bo‘lib turibdi-ku, bunaqa qazo? 
— Har holda Asadbekning odamlari haftada bir o‘lmayotgandir? — Said Qodirov shunday 
deb qaynatgichni to‘kdan uzib, shaqillab qaynab turgan suvdan piyolalarga quydi-da
birini Zohidga uzatdi: — Qantni o‘zingiz soling. 
Qahva ichib olinguncha ikkovlari ham bir-birlaridan so‘z o‘qlari kutganday indamasdan 
o‘tirishdi. Qahvasini birinchi bo‘lib ichib tugatgan Said Qodirov piyolasini stol chetiga 
qo‘yib, quvlik qarashiga xiyonat qilmagan tarzda mehmonga tikildi: 
— Durust, — dedi u. — Ancha o‘zgaribsiz... Yaxshi tomonga o‘zgaribsiz. Shunaqa 
befarqlik ham ba’zan kasbimizda husn sanaladi. Lekin... o‘sha qazoning ertasiga ham 
befarq qolaverganingizda yanada yaxshi edi. Tergovchiga uchrashishingiz hojatsiz edi. 
— Men atay bormadim. Tergovchini tasodifan ko‘chada uchratdim, — dedi Zohid 
qahvaning so‘nggi qultumini yutib. 
Zohid fojiani eshitgach, o‘sha ko‘chaga borgan edi. Aslida bu ishga aralashish, 
surishtirish niyati yo‘q edi. Mashinalarning to‘qnash joylarini ko‘cha xaritasiga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling