Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
108 belgilayotgan tergovchi bilan ikki og‘izgina gaplashgandi. Tergovchi Zohidni tanimagani uchun shunchaki qiziqayotgan yo‘lovchilardan deb bilib, savoliga qisqa ravishda, to‘nglik bilan javob qilgan edi. Tergovchi ishini tugatib, yordamchilari bilan ketganidan so‘ng ham Zohid atrofni ko‘zdan kechirish maqsadida qolgan edi. Xayoli mashinalarning harakati bilan band Zohid sal narida bir juft ko‘zning ta’qib qilayotganidan bexabar edi. Asadbekning topshirig‘iga ko‘ra surishtirishga kelgan Halimjon Zohidning ketishini kutib turgan, so‘ng Said Qodirovga qo‘ng‘iroq qilib ogoh etgan edi. Bundan bexabar Zohid «o‘sha tergovchi tanigan ekan-da, darrov xabar yetkazibdi-da», deb o‘yladi. — Bu bir tasodifiy fojia, militsiyaning o‘zi shug‘ullanaversin, — dedi Said Qodirov ma’nodor ohang-da. — Shunaqa tasodiflar tez-tez bo‘lib tursa, bir-birlarini yeb ado qiladilar. Bizga ham yaxshi, boshimiz og‘rimaydi, — dedi Zohid. — Ularga achinmaysizmi? — Said Qodirovning bu savolidan Zohid taajjublandi. — Achinmaysizmi? Nega achinishim kerak? — Har holda ular ham odam. Bola-chaqalari yetim qolgan, axir. — Ular birovlarning sho‘rini quritishganda achinishganmikin? — Demak... achinmaysiz? — Bilmadim... balki yetim qolgan bolalariga achinarman. — Bolalari ham otalarining ishlarini davom ettirishsa-chi? — Davom ettirishsa... noiloj, otalari borgan joyga borishadi-da. — Qahringiz qattiq ekan. — Bu hayotning qonuniyati. Qahrimning qattiq yo yumshoqligiga bog‘liq narsa emas. Siz «achinmaysizmi?» deb so‘radingiz, a? To‘g‘ri, kim bo‘lsa-bo‘lsin, o‘lgandan keyin achinishimiz kerakka o‘xshaydi. Lekin men bunga boshqacharoq munosabatdaman. O‘lim — haq, shundaymi? Odam bugunmi yo ertami baribir omonatini topshiradi. Men odamning QAChON emas, QANDAY o‘lganiga qarab achinish tarafdoriman. Hayvonday umr kechirib, hayvonday o‘lim topgan odam achinishimizga arzimaydi. Aksincha, yaxshi odamning vafotidan ko‘nglimiz og‘riydi. «Yana yashasa bo‘lardi», deymiz. — O‘sha yomon odam yana ozgina yashasa yaxshi tomonga o‘zgarar balki? — Men bunaqasini ko‘rmadim. — Men ham ko‘rmadim... hozircha. Xo‘p, Ehsonovga achinmabsiz, Shokarimovga-chi? — Shokarimovgami? — Zohid «bundan ham xabarlari bor ekan-da, a?» degan ma’noda hamsuhbatiga qarab oldi-da, uch-to‘rt nafas sukut saqlagach, javob ber- di: — Yo‘q, mutlaqo achinmayman. Yana «nima uchun?» deb so‘rarsiz? — So‘rasam ham bo‘ladi. Istasangiz ayting, istamasangiz yo‘q. — Har holda bekorga so‘ramagandirsiz. Balki bu «ish» ham nazoratingizdadir? — Shunga yaqinroq. — Unda aytishim shart ekan. Achinmasligimning bir necha sabablari bor: birinchisi, o‘ynashinikida o‘ldirilgan, degan gumon mavjud. Bu gumon tasdiqlanmasligi ham mumkin. Lekin o‘ynashi borligi aniq. Demak, harom yo‘ldagi odamning qismati bundan o‘zgacha bo‘lmaydi. Ikkinchi sabab, u asadbeklarga aloqador odam. Bu tomonda ham to‘g‘ri yashamagan. — Qahringiz men kutgandan ham qattiqroq ekan,— dedi Said Qodirov bosh chayqab. — Odamiylik nuqtai nazaridan fikringiz to‘g‘ridir. Kasbimiz nuqtai nazaridan-chi? Hayotlik davrlarida kim bo‘lishlari biz uchun farqsiz, endi ular jabrlanuvchilar hisoblanadilar. Bizning burchimiz esa o‘sha jabr etganni topish. Zohid bu gapni eshitib, boshini quyiroq egdi-da: «Men og‘ir muammoga duch keldim, aqling yetsa sen javob ber», deganday beixtiyor ravishda piyolaga ikki bora chertib qo‘ydi. Loyi qalin olingan piyola bokira qizning qah-qahasiday jarang emas, tumov |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling