Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
odamlar bilib qo‘yishsin», degach, bordi. Asadbek borguniga qadar Kesakpolvonning 
yigitlari ishni boshlab yuborishgan edi. Kesakpolvonning ta’biri bilan aytilganda
«profilaktika ishlari»ning ikki kun avval boshlanganini Asadbek o‘sha yerga borganida 
bildi. Isitgich quvuriga bog‘lab qo‘yilgan uy egasi urib-kaltaklanmagan, lekin ikki kundan 
beri qultum suvga zor bo‘lib, sillasi tamom qurigan edi. Yon xonadagi xotini, ikki o‘g‘li, 
ikki qizi ham shu ahvolda edi. 
— Asad, bularingga aytgin, suv berishsin, — dedi uy egasi zorlanib. 
— Ko‘p suv ichsang siyib qo‘yasan, — dedi Kesakpolvon tirjayib. — Bek, bu akaxoningga 
aytyapman, hozir suvning narxi oshib ketgan. Berkitgan tillalarini chiqarsin, to‘ydirib 
sug‘ormagan — nomard! 
— Asad, buning valdirayveradi, menda tilla yo‘q. Topganimni bitta o‘zim yemayman-ku, 
yuqoridagilarning qanchasiga sochaman. Tilla bo‘lsa o‘shalarda bo‘ladi. Men borimni 
berdim, boshqa yo‘q. 
— Qancha berdi? — deb so‘radi Asadbek. 
— O‘ttiz ikki ming, yana xotinining uzuk-puzuklari... O‘, maraz, sen meni laqillatsang 
ham Bekni laqillataman dema. Berganing bitta tishimning kavagida yo‘q bo‘lib ketadi. 
Hozir ko‘chaga chiqib «restoran kattasining uyida shundan boshqa pul yo‘q ekan», 
desam odamlar ishtonini yechib orqasi bilan kuladi. 
— Asad, menda boshqa pul yo‘q. Hech bo‘lmasa kennayingga suv berlaring, bechora 
kasal. 
— Ana ko‘rdingizmi, bechora kennayim kasal ekanlar. Sizga kennayimnig jonlari kerakmi 
yo molmi? — dedi Asadbek, uning zorlanishlariga e’tibor ber- may. 
— Bek, xotinini qo‘yaver. Bu marazning qizlari yetilib qolibdi. Buqachalarimni arang 
ushlab turibman. Shilimshiq, akangga anavi ashulangni aytib ber-chi. Bek, quloq sol, 
bunaqangi allambalosini eshitmagansan. 
Deraza yonida turgan yigit sovuqqina ishshayib qo‘yib, sozlanmagan g‘ijjak ovozida 
xirgoyi qildi: 
— Tog‘da quyon otdim, iyagi yo‘q. 
Qizlar kuylak kiyibdi, jiyagi yo‘q. 
Jiyagi yo‘q yerlaridan qo‘lim solsam, 
Bilqillaydi qo‘sh anori, suyagi yo‘q... 
— Dod, jonginangdan akang! — Kesakpolvon shunday deb tizzasiga urganicha qiyqirdi. 
Uy egasi «shu kichkinagina jasadga bunchalik ko‘p zulm sig‘ishi mumkinmi?» deganday 
unga tikilib qoldi. Qandaydir g‘oyibona ovoz unga «Mumkin, sen o‘ylagandan ko‘proq 
hajmda sig‘adi», dedimi, talvasaga tushib, endi najot ko‘zlari bilan Asadbekka boqdi. 
— Bek, nima desang de, buqachalarni qo‘yib yuboraman. Qizchalarni bi-ir sug‘orishsin, 
— dedi Kesakpolvon. 
— Yo‘q! Asad, sen bilan kelishuvimiz bor. Men aytganingni berib keldim. Meni himoya 
qilishga va’dang bor. 
— Sen g‘irrom o‘ynading. 
Asadbek unga doim «siz»lab gapirardi, hurmatini joyiga qo‘yardi. Hozirgi sensirashidan 
zulm bobida sherigiga yaqinlashganini ma’lum qildi. Buni fahmlagan uy egasi so‘nggi ilinj 
bilan uni insofga qaytarmoqchi bo‘ldi: 
— Asad... 
Kesakpolvon uning gapini uzdi: 
— «Asad» dema! Nima, bu sening o‘rtog‘ingmi?! «Bek aka», de! 
Uy egasi bir yutinib olib, amrga bo‘ysundi: 
— Bek aka, shartimizda bunisi yo‘q edi. Uyingda borini berasan, demagansiz. 
— Demagan bo‘lsam, endi deyman. Xo‘sh, qani tillalaring? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling