Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
«Hammayoqni senga o‘xshagan ishbuzuqilar buzadi», degan edi. Hozir esa
boshqacha o‘yladi: «Bu devorlarni yiqib bo‘larmikin?..» 
Asadbek siyosatni durustroq fahm etganida «Bizlar uchun bu devorning turgani ma’qul. 
Sening bag‘ringga shamol tegmasa tegmas, biz shu devorning ichida o‘sib-ulg‘aydik, 
qanot yozdik, bizlarning himoyamiz ham shu. Agar bu devor yiqilsa, tagimizga suv 
ketadi», degan bo‘lardi balki. 
Asadbek o‘zini xushnud tutishga urinib, o‘g‘illari bilan chaqchaqlashib o‘tirishga intildi. 
Farzandlarining go‘dakligidagi qiliqlarini esladi. Jamshid ham chetda turmay, bir-ikki 
latifa aytib kuldirgan bo‘ldi. Ular tomonga qarab-qarab qo‘yuvchilar go‘yo baxtiyor 
oilaning mas’ud damlariga guvoh bo‘ldilar. Asadbekning nigohi restoran bo‘ylab sarsari 
kezib turishini sezishmadi. Asadbekka Xongireyning odamlari ularni qaysi bir burchakdan 
turib kuzatishayotganday tuyuldi. Bu gumon haqiqatga aylanayozganida Asadbek 
g‘ashlandi. Ikki soat davomida u restoranda emas, balki tikonlar ustida ishtonchan 
o‘tirganday bo‘ldi. Go‘yo amr etish huquqi Jamshidga berilganday, ijozat so‘rash nazari 
bilan unga qarab-qarab qo‘ydi. Jamshid xojasining bezovtaligini sezib «Yana ozgina 
kuting», degan iltijoli nigohi bilan javob berdi. Jamshidning maqsadi faqatgina kuzatishi 
mumkin bo‘lgan ko‘zlarni shamg‘alat qilishgina emas, balki xojasining yolg‘iz ezilish 
balosidan oz fursatga bo‘lsa-da, qutqarib turish edi. 
Jamshidning ixtiyori bilan uyushtirilgan restoran tomoshasi tugagach, u xonasiga 
yo‘nalgan xojasini to‘xtatdi: 
— Bek aka, boshqa xonaga joy tayyorlatib qo‘yganmiz. 
Asadbek bu safar noroziligini yashirmadi: 
— Ja oshirvording, bola! 
Agar Chuvrindi bo‘lganida xotirjamlik bilan «Bek aka, ehtiyot — shart!» — deb qo‘yar, 
Asadbek esa unga itoat etardi. O‘zining Chuvrindi martabasida emasligini yaxshi bilgan 
Jamshid ortiqcha gapirmadi. «Aytdim-qo‘ydim, jon shirin bo‘lsa, o‘zingizni ehtiyot 
qiling», deganday qarab qo‘ya qoldi. Hozir Asadbekka Chuvrindining o‘rni bilindi. «Bu 
bola sodiqlikka sodiq, lekin ikki dunyoda Mahmud bo‘lolmaydi», deb o‘yladi. 
Kengroq xonadagi uchta karavot bilan bitta divanga joy qilib qo‘yilgan edi. 
— Hammamiz charchadik. Tiniqib uxlashimiz kerak. Uyga ko‘zlarimiz kirtayib borsak
onang o‘zidan ketib qolmasin, — Asadbek shunday deb pidjagini yechib stul 
suyanchig‘iga tashladi-da, shimini yechmay, o‘rin ustiga cho‘zildi. O‘g‘illari ham otalari 
kabi omonat yotishgach, Jamshid chiroqni o‘chirdi. 
Bo‘lib o‘tayotgan voqealarning zamirida bir shumlik yotganini sezsalar ham, otalaridan 
so‘rashga jur’at etolmayotgan o‘g‘illar shiftga tikilgancha qimirlashmasdi. Asadbek 
«O‘g‘illarim qattiq toliqishibdi, uxlash-yapti», deb yanglishdi. Yigitlar besaranjom bo‘lsa-
lar-da, karavotni g‘ijirlatib otalarini bezovta qilgilari kelmay, xayollari oqimiga 
mayllarini berib yotishardi. Bu uch jonning joni uchun o‘zini mas’ul deb bilayotgan 
Jamshid esa «tiq» etgan tovushga ham sergak quloq tutardi. 
Tiniqib uxlab olish niyatidagi to‘rtovlonga bu kech uyqu xiyonat qildi. 
Hozir Asadbek ustiga kelgan odam uning ko‘zlari yumuq ekanini ko‘rardi. Biroq, tabiiyki, 
qalbi yumuq ekanini bilolmasdi. Abdurahmon tabibnikida ekanida, o‘lim farishtasidan 
bo‘sa olay deb turganida Tangri taolo sari ozginagina siljigan edi. Olloh esa, va’dasiga 
ko‘ra, bandasi tomon yurib, uning boshi ustidagi balo bulutini hayday boshlagan edi. 
Bundan qoniqqan Asadbek Yaratgan sari yurmoqdan to‘xtadigina emas, dunyo 
tashvishlariga bandi bo‘lib, asliga qayta qoldi. Ochilmoqqa moyil qalbi yumuqlik 
balosidan qutula olmadi. Ko‘zlari yumuq Asadbek ayni choqda yumuq qalbi bilan chora 
izlardi. 
Donishmand deb ekanki: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling