Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Ilohi, yomon af’olimdin parishonligim cho‘qtur, 
Va shum nafsimda pushaymonlik yo‘qtur 
Mundoq balolardan qutularg‘a umidim sendin o‘qtur... 
Shunga ko‘ra, Asadbek pushaymonlardan nari ekan, najotga ham umid yo‘q ekanini 
idrok qila olmas edi. Uning ko‘r qalbi «Ey Xudo, senga nima yomonlik qiluvdimki, menga 
bu ofatlarni yuboryapsan», deb xitob qilardi. Bandalarga qilingan yomonlik Tangriga 
qilingan yomonlik kabi ekanini esa fahm etmasdi. Hozir shu yotishida ham Xudoni 
savolga tutardi. Pushaymonlik, tavba ko‘chalariga kirmoqlikni esa o‘ylamasdi. 
Ilohi, dardu xolimni har kimga aytsam 
Rad qilsa, senga tavajjuh etgayman. 
Va agar sen rad qilsang, netgayman, 
va kimga ketgayman...* 
Asadbek dardini birovga aytadiganlardan emasdi. Afsus shuki, Tangriga yuzlanadiganlar 
safida yo‘q edi u. Nadomatkim, rad etilganlar guruhida edi... 
________________ 
* Hazrat Alisher Navoiy bitgan munojotdan. 
2 
Manzura qo‘rquv aralash taajjubini astagina «voy» deb, pastki labini tishlash bilan ifoda 
etdi-yu, bosh-qa sado chiqarmadi. «Voy adasi, u yoqda nima gap bo‘ldi, nega sochingiz 
oqarib ketdi?» deb so‘ragisi keldi-yu, mehmonlar, ayniqsa hadiksiragan qushday 
salomga shay turgan kelinlari oldida erining zaxarli gaplari otilib chiqishidan qo‘rqdi. 
Kelinlarining salomiga alik olib, har birining oyog‘iga ostiga bittadan gilam tashlagach, 
erkaklar uchun yasatilgan xonaga qarab yurdi. 
— O‘g‘illaring balo, — dedi Kesakpolvon, o‘tirishgach, — kelinlaring naq shkalatning o‘zi. 
— Ko‘zingni chaqchaytirma, — dedi Jalil uning gapini bo‘lib. Keyin uy sohibiga yuzlandi: 
— Asad, men ketdim. 
Asadbek do‘stining bu darajada shoshilishidan achchiqlandi: 
— Kelmasang ham bo‘lardi, ovoragarchilikda ancha aziyat chekkandirsan, — dedi zaxarli 
piching bilan. — Kelishingda bez-mezing tushib qolgandir, a? 
Nasiyaga gap olishni yoqtirmaydigan Jalil bu safar odatiga xilof qildi, piching o‘qlarini 
shirin, ammo tagdor so‘z bilan qaytardi: 
— Endi og‘aynijon, chillalik uy, degan gap bor. Chillalik uyga hatto it ham kirmay turgani 
ma’qul. 
Asadbek uning maqsadini uqib, Kesakpolvonga zimdan qarab oldi. Unda o‘zgarish 
sezmagach, o‘rnidan turdi: 
— O‘tirib tur. Chillalik uyga sen begona emassan. Shu bolalarning amakisisan. Men hozir 
kelaman. 
Kesakpolvon unga ergashmoqchi edi, Asadbek ostona hatlamay turib, o‘girildi: 
— Sen ham o‘tirib tur. 
Asadbek yolg‘ondan bo‘lsa-da «Sen ham amaki qatoridasan», demoqchi edi-yu, biroq, 
tili bu gapga aylanmadi. 
Asadbek hovlida turgan Halimjon bilan Jamshidga imlab qo‘yib, darvoza sari yurdi. 
Aslida uning uchun yigitlardan biri kifoya edi. Biroq, «Kesakpolvon deraza yonida turib 
kuzatayotgandir», degan xayol ikkala yigitni ergashtirib chiqishga undadi. 
U yanglishmadi: joyiga qaytib o‘tirmay deraza yonida turgan Kesakpolvon yigitlarning 
xojalariga ergashganlarini ko‘rgach, ko‘ngli g‘ashlandi, chap yuzi uchdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling