Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
qorong‘usida kirib-chiqish ham ayb, degan tushuncha Asadbekda yo‘q bo‘lgani uchun 
«xalq dushmanining uyiga kirishga qo‘rqdilar», deb o‘yladi. O‘shandan so‘ng Shorasul 
aka xuddi urush yillaridagi kabi har kuni kelishni odat qildi. Faqat avvalgilardek kunduzi 
emas, shom qorong‘usida rov kelib-ketardi. «Toychoq, qalaysan?» deb boshini silab 
qo‘yardi. Odamlardan yashirincha berilayotgan bu mehr bolaning o‘ksik ko‘ngliga mal-
ham bo‘la olmas edi. 
Shorasul aka har yili farzand ko‘rardi-yu, biroq, unga baxt va’da qilib dunyoga kelgan 
go‘dak bir-ikki oygina yashab, ota-onasini hijron oloviga tashlab ketardi. Faqat to‘rtinchi 
qizi To‘xtaxon ismiga sodiq ravishda yashab qoldi. Yashashga yashadi-yu, ota-onasini 
kuydirib, qaritdi. Shorasul aka «qadrdon oshnalarimdan birining o‘g‘lini kuyov qilsam, 
kuyov emas, o‘g‘il bo‘lsa», degan niyatda yurganida oydek chiroy ochayotgan To‘xtaxon 
tushmagur bir milisa yigitga ko‘ngil qo‘yib, to‘ysiz, nikohsiz tegib olib, ota-onaning 
boshini egdi-yu, kuyov bolaning yurtiga jo‘nab qoldi. Shorasul akaning xotini bu isnodga 
chiday olmadi, shu egik boshi bilan armonli dunyoni tashlab ketdi. Xudo bu ayolning 
rahmini yedi, isnod olovida kuyib yashash azobi esa Shorasul akaga nasib etdi. Yigirma 
yilning nari-berisida u yolg‘iz yashadi. Asadbek bilan Jalil uylab qo‘yishga harakat 
qilishsa ham u ko‘nmadi. Ba’zan achchiqlanib, bu taklifni rad etib, ba’zan esa «Hozirgi 
xotinlarga ikki qo‘lli er kerak, bir qo‘lli notavonni boshiga uradimi?» degan hazil bilan 
chap berdi. 
Uch yil ilgari Jalil ukasidan «Shorasul amaking yaxshi yuribdilarmi?» deb so‘raganida 
«Bir-ikki kundan beri ko‘rinmayaptilar» degan javobni eshitib «Ko‘rinmayotgan bo‘lsalar 
yo‘qlab qo‘ysang o‘lasanmi!» deb so‘kinib, xabar olgani uyiga kirgan edi. Uch kundan 
beri isitmalab, tuz totmay yotgan bu odamning tirikmi yo o‘lik ekanini dastlab bilmadi. 
Qo‘shnilardan gina qilganida ular «Qaydam, veteranlarning shifoxonasiga 
yotmoqchiydilar, o‘sha yoqqa ketgandirlar, deb o‘ylabmiz», degan bahona bilan o‘zlarini 
oqlashdi. Shundan so‘ng Jalil Asadbekni ishga solib, Shorasul akani ko‘ndirib, 
To‘xtaxonni ko‘chirtirib kelgan edi. Militsiyadagi xizmatidan haydalib, ishining tayini 
bo‘lma-yotgan kuyov bolani Asadbek Chuvrindining limonad tsexiga joylab qo‘ygandi. 
Boshqalarga nisbatan to‘rt baravar ko‘proq maosh oluvchi «kuyov bola» qaynotasining 
bir paytlardagi yaxshiliklari evaziga bu martabaga erishganini fahmlamasdi. Shorasul 
aka taqdirga tan berganday ko‘rinsa-da, qizi bilan ham, kuyovi bilan ham gaplashmasdi. 
Bir nima deyish zarurati tug‘ilsa nabiralari vositasida ayttirardi. Shorasul akaning bu 
odatlarini bilganlari uchun ham ular nabiraning yo‘qlab kelganidan ajablanishmadi. 
Shorasul aka hamishalik o‘rni — temir karavotda emas, xona o‘rtasida, qiblaga oyoq 
qilib yotqizib qo‘yilgan edi. Buning ma’nosini tushungan Jalil orqasiga o‘girilib, ostonada 
turgan To‘xtaxonga ajablanib qaradi. 
— O‘zlari aytdilar, — deb izoh berdi To‘xtaxon. 
Jon berayotgan odam yuzini qiblaga qaratib, ibodatini qilib olsin uchun shunday 
yotqizilishini bilmaydigan Asadbek bu holatga e’tibor bermadi. Shorasul akaning ko‘zlari 
ochiq, nafas olishi ham bir meyor-da — jon berayotgan odamga o‘xshamas edi. 
— Asad, keldingmi, toychoq bolam, — dedi u tetik ovozda. So‘ng Asadbek bilan izma-iz 
kirib kelgan Jalilga kulimsirab qaradi: — Ha, shalpangquloq, senam keldingmi? Ishqilib 
Xudo senlarni bir-birlaringdan ayirmasin. Shalpangquloq, bormisan, bu dunyoda? Yuz 
so‘mlik pulday yo‘q bo‘lib ketding-ku, a? Asaddan ginam yo‘q, uning ishi ko‘p. Sen salti-
svoy odamsan, seni so‘ksam ham arziydi. 
— Nima bo‘lsa ham baloga qoluvchi Jalil-da, a? Bu toychog‘ingizni men yetaklab keldim. 
Oy chiqsa ham shunga chiqsin, kun chiqsa ham shunga, a? Bu qanaqa yotish, otaginam? 
— Bu yotishmi... Otalaringni sog‘indim. Yog‘och otga minib bi-ir yo‘lga chiqadigan bo‘lib 
turibman. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling