Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
— Adalarimizning sizga ko‘zlari uchib turgani yo‘qdir, biz bilan otamlashib yuravering. 
Yog‘och otni ham qo‘ying, bu yoqda ota bo‘lib qilib beradigan ishlaringiz chiqib turibdi. 
Xayrli ishmi, ishqilib? — Shorasul aka shunday deb Asadbekka qaradi. 
— Xayrli ishlarning dodaxo‘jasi, — dedi Jalil.— Toychog‘ingiz o‘g‘illarini uylantiryapti. 
Endi toychoq demasangiz ham bo‘ladi. Ot bo‘lib qoldi. Ozgina eshshakligi ham bor-u 
lekin sizning hurmatingizni qilib «ot» desak ham bo‘lar. 
— Toychoq, oshnangdan xafa bo‘lma, buning onasi garmdoriga bosh-qorong‘u bo‘lgan-
da. 
— Otaginam, onamni qo‘ya turing. Kelinlar qaerdan, deb so‘rasangiz-chi? 
— So‘rash uchun sen birovga gap berasanmi, qani aytaver-chi? 
— Kelinposhshalar siz yetib borolmagan naq Girmonning o‘zidan. 
— Girmondan deysanmi? — u o‘rnidan bir qimirlab olib, ajablanganini yashirmay 
Asadbekka tikildi. 
— Ha, Girmondan, lekin siz o‘ylaganday Gitlerning jiyanlari emas ular. O‘sha yerda 
qo‘nib qolgan bir o‘zbek boyning qizlari ekan. Aka-uka boja bo‘lishyapti. 
Toychog‘ingizning omadi yurib qolgan, hozir xo‘rozi ham tuxum qilyapti. Ana endi 
o‘rningizdan «bismillo» deb turasizu bir tog‘oragina norin, bir chelak nisholdani ko‘tarib, 
bo‘rdoqini sudrab Girmonga to‘y olib borasiz. Shalpangquloq bolangizdan or qilmasangiz 
yoningizga olvolarsiz, qo‘yni yetaklab yurar... 
Shorasul aka sog‘ paytida Jalil bilan uncha-buncha hazil qilib turardi. Hozir hazil 
gaplarga mayl bildirmadi. Asadbekdan ko‘z uzmagan holda Jalildan iltimos qildi: 
— Sen chiqib tur, toychoqqa aytadigan gapim bor. 
Jalil iltimos ohangidagi amrga itoat etdi. Dahlizga chiqib, eshik ortida turgan 
To‘xtaxonga «gap poylayapsanmi?» deganday qarab qo‘ydi. 
— Adangni olib kelarmishsan, rostmi? — deb so‘radi Shorasul aka, Jalil chiqib ketgach. 
— Aniq bir qarorga kelganim yo‘q, — deb javob berdi Asadbek. — Birov olib kel, deydi, 
birov bezovta qilma, deydi. Hayronman. 
— Bezovta qilmaslik yaxshi-ya... lekin olib kelganing ma’qul. Begona yurtlarda 
yotmasin... Olib kelsang... yonimga qo‘y, xo‘pmi, toychog‘im? 
Keyingi gapni yosh bolaga gapirayotganday shirin ohangda aytdi. Otasi qamalgan 
kunlari Asadbek non do‘konida umidvor bo‘lib turganida xuddi shunday shirin ohangga 
zor edi. Amaki qatoridagi bu aziz odam shirin ohangini o‘limi oldidan aytish uchun asrab 
qolganmidi? 
— Ungacha bir ish qilasan: adangning qabridan tuproq olib keluvding, a? Ozginasini 
onangning qabriga to‘kuvdingmi? Qolgani-chi? Qolgani turibdimi? 
— Ha, — Asadbek shunday deyishga dedi-yu, o‘ylanib qoldi. O‘shanda Manzura «Adasi, 
mozorning tuprog‘ini bekorga olib kelibsiz, xosiyati yo‘q, mozorga olib borib tashlash 
kerak» degan edi. Asadbek «bilganingni qil», devdi. Hozir shuni eslab «tashlab yuborgan 
bo‘lsa-chi?» deb o‘yladi. 
— O‘sha tuproqdan bir hovuchini menga ataysan. Ko‘mayotganlaringda go‘rkovga 
bersang, boshimga qo‘yiladigan guvala ustiga sochadi. U tuproqda adangning hidi bor-
da... 
Asadbek Krasnoyardan qaytganida Shorasul aka uni yo‘qlagan, tuproq olib kelganini 
eshitib: 
— Esing bormi, tuprog‘ing nimasi? O‘zini olib kelishing kerak edi, — degan edi. 
Hozir o‘sha tuproqni sog‘inyapti... 
Jalil chiqib ketmaganida bu gaplarni eshitib «E, otaginam, siz hali ko‘p yashaysiz», 
debmi, ishqilib ko‘ngilni ko‘taruvchi bir narsani aytardi. Asadbekning esa, o‘rtog‘idan 
farqli o‘laroq, bunaqa odati yo‘q edi. Kasal yotgan odamga qarab «rangingiz toza, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling