Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet124/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
tepayotganingda «qimor o‘ynama», deb uruvdim. Shu barmoqlarim qaqshayapti. Sen 
o‘sha shapaloq uchun meni kechir. Mendan rozi bo‘l, toychoq. Rozi bo‘lmasang, 
barmoqlarim qaqshayveradi. Do‘zaxda ham kuyib qaqshaydi... 
Urgani yodida... Ularga non bergan bu bir qo‘lli odamning orqasidan so‘kkani ham esida. 
Ammo... o‘ng qo‘li bilan urmagan edi. Chap qo‘li bilan qulog‘ini ayamay burab, orqasiga 
astaroq tepgandi. 
— Esingga tushdimi, kechirdingmi? — dedi Shorasul aka ko‘zlarini ochib. Ko‘zlarining 
qorachig‘i xuddi kulga ko‘milganday zo‘rg‘a ko‘rinib turardi. 
— To‘g‘ri urgansiz o‘shanda. Men sizdan kechirim so‘rashim kerak. 
— Men sendan roziman. Sen o‘zing uchun ham, otang uchun ham mendan rozi bo‘l, 
bolam. — U yana ko‘zlarini yumib ingradi. — Otang rozi bo‘lmaydi mendan. Esingdami
otangni olib ketishgandan keyin men ikki hafta senlardan o‘zimni tortib yuruvdim. 
O‘shanda men ham so‘roq berayotuvdim. Men ojizlik qildim, qo‘rqoqlik qildim. Otangni 
«Bu xalq dushmani emas», deya olmadim. Otang rahmatli «nemisning hammasi fashist 
emas, yaxshilari ko‘p, ilmda, madaniyatda ilg‘or», degan ekan. Shu gapni aytmagan
deya olmadim... Xudo urushda qo‘limni olmay, tilimni, ko‘zimni, qulog‘imni ola 
qolmaydimi?.. Shuncha o‘qlar bekorga yog‘ilib turganida bittaginasini yuragimga sancha 
qolmaydimi?.. Barmoqlarim qaqshayapti... Ha, shu barmoqlarim bilan qo‘l qo‘yib 
berganman o‘sha xatga. Shuning uchun qaqshayapti. Barmoqlarim do‘zax olovida 
kuyishini boshladi. 
Asadbek chap qo‘lning sovuq barmoqlarini siladi. 
— Adam tirik bo‘lganlarida sizni kechirardilar, gina saqlamasdilar. O‘sha xatga qo‘l 
qo‘ymaganingizda ham baribir qamashardi, siz bundan siqilmang. 
Bu gapdan keyin Shorasul aka ko‘zlarini ochdi. Butkul o‘zga ohangda, o‘zga mavzuda 
gap boshladi: 
— Ma’rakaga kuyovning bir tiyini ham aralashmasin. O‘zimning haloldan topib, atab 
qo‘yganim bor, Jalil oshnang biladi. Keyin... shu uyni Jalil og‘ayningga xatlab bera 
qolsammikin? Katalakda yashamay, mahallaga ko‘chib kela qolsin, xo‘pmi? 
Bu fikr Asadbek uchun yangilik emasdi.To‘xtaxonni ko‘chirish taklifini aytganida Shorasul 
aka «Qo‘y uni, yaxshisi oshnang Jalil ko‘chib kelsin», degandi. Asadbek o‘sha suhbatni 
eslab: 
— Aytaman-ku... lekin ko‘nmaydi u shalpangqulog‘ingiz, — dedi. — Meni eshakka 
o‘xshatadi-ku, asli o‘zi eshshakdan ham battarroq qaysar. 
— Bu gaping to‘g‘ri. — Shorasul aka chuqur nafas oldi. — Unda Sohib sariqqa xatlab 
berasan. O‘n ikkita bolasini qayga joylashni bilmay garang, u boyaqish. 
Asadbek uning maqsadini anglagani uchun ham «To‘xtaxon-chi, qizingiz 
turavermaydimi?» deb so‘ramadi. 
— Endi sen boraver, men charchadim, ozgina dam olvolay. 
Asadbek Shorasul akaning barmoqlarini yana ohistagina silab qo‘yib xayrlashdi-da, 
o‘rnidan turdi. Ostonaga yetganida Shorasul akaning ovozini eshitdi: 
— Xudo senga shirin-shirin nevaralar bersin, nevaralaringning to‘ylarini ko‘r. Otang 
ko‘rmagan baxtni Xudo senga nasib etsin... 
Asadbek bu duoni eshitib, orqasiga o‘girildi. Shorasul aka bo‘ynini burib, uning izidan 
mo‘ltillab qarab turgan edi. Bu holatni ko‘rib Asadbekning ko‘ngli yanada vayron bo‘ldi, 
ko‘zlariga yosh keldi. U ayni damda bir soatgina ilgari pochtachining o‘ligini qabrdan 
chiqartirib tashlataman, deb hukm yuritayotgan diydasi qattiq rahmsiz odam emasdi. 
Agar hozir Jalil o‘sha ahddan so‘z ochguday bo‘lsa «Gaping to‘g‘ri, oshnam, o‘likda nima 
gunoh, yotgan yerida yotaversin», deb chekinishi tabiiy edi. 
Asadbek dahlizga chiqqach, Jalil bilan To‘xtaxonni ko‘rib, o‘rtog‘iga savol nazari bilan 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling